Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


Mavzu XIX. MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/114
tarix30.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114244
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114
iqtisodiy statistika

Mavzu XIX. MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH VA
 
TANNARX
STATISTIKASI 
Reja: 
 
1. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari. 
2. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish harajatlari va ularning turlari 
3. Korxonalarda mahsulot tannarxi statistikasi 
1. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari.
 
Mahsulot ishlab chiqarishni korxonalar miqyosida o‘rganiladi. Korxonalar 
tegishli birlashmalarga, vazirliklarga birlashadi va mamlakat miqyosida jami 
ishlab chiqarilgan mahsulot aniqlanadi. Har bir korxonadagi ishlab chiqarish 
jarayoni statistikaning ob’ekti hisoblanadi. Korxonada ishlab chiqariladigan 
mahsulotlar quyidagicha guruhlanadi: 
1.
 
Tugallanmagan ishlab chiqarish – bu ma’lum ishlab chiqarish 
jarayonidan o‘tgan, lekin ishlab chiqarishning barcha jarayoni tugamagan, shu 
korxonada mahsulot ishlab chiqarish davom etadigan mahsulotlarga aytiladi. 
Bunday mahsulotlar standart talablariga javob bermaydi. 
2.
 
Yarim tayyor mahsulotlar – korxonaning biror sexida ishlab 
chiqarish jarayonidan o‘tgan, lekin shu korxonada ishlab chiqarish jarayoni davom 
etadigan yoki chetga sotsa ham bo‘ladigan mahsulotlarga aytiladi. Yarim tayyor 
mahsulotlarga qo‘yilgan talabga javob berishi lozim. 
3.
 
Tayyor mahsulotlar - korxonadagi barcha ishlab chiqish jarayonidan 
o‘tgan, standart talabiga tayyor mahsulot sifatida javob beradigan va tayyor 
mahsulot sifatida qabul qilingan mahsulotlardir. 
Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar natural (kg, metr, dona,…), 
shartli natural va pul qiymatlarida ko‘rsatiladi. Natural ko‘rsatkich ishlab 
chiqarishning asosiy iqtisodiy ko‘rsatgichi. Ayniqsa bir xil mahsulotlar ishlab 
chiqaruvchi korxonalarda bu ko‘rsatkich keng qo‘llaniladi. Masalan: ko‘mir qazib 
olish, elektr energiya ishlab chiqarish va h.z lar. Lekin ayrim mahsulotlar turlari 
bo‘yicha natural ko‘rsatkich ishlab chiqarishni aniq ifodalamaydi.
Konserva zavodida mahsulotlar turli hajmidagi bankalarda ishlab 
chiqarilgan bo‘lsa, (10l, 3 l, 1, 0,5.) bunday paytlarda ishlab chiqariladigan 
mahsulotni to‘g‘ri ifodalash uchun natural ko‘rsatkichni o‘tkazish koeffitsenti bilan 
shartli natural ifodaga o‘tkazamiz. Lekin bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi 
korxonalar juda kam. Bundan tashqari birlashmalar bo‘yicha, xududlar bo‘yicha 
ishlab chiqarishning rivojlanishini o‘rganishimiz lozim. Shuning uchun ham ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar pul ifodasida, summasida ko‘rsatiladi. Pul ifodasida 
mahsulotlar yalpi chiqarilgan mahsulotlar, tovar mahsuloti va sotilgan mahsulotlar 
turlariga bo‘linadi. 
Yalpi mahsulot korxonaning barcha sexlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, 
tashqariga sotilgan yarim tayyor mahsulotlar ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatining 
yig‘indisidir. 


126 
Tovar mahsuloti hisobot davrida ishlab chiqarilgan va sotish uchun 
mo‘ljallangan mahsulotdir. Tovar mahsuloti ishlab chiqarish va aholi shaxsiy 
istemoli uchun sotilgan yoki sotish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar qiymati 
yig‘indisidir. Tovar mahsulotiga sotishga mo‘ljallangan yarim tayyor mahsulotlar, 
chetga ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati ham kiradi. Tugallanmagan ishlab chiqarish 
qiymati tovar mahsuloti bo‘la olmaydi. 
Sotilgan mahsulot korxona tomonidan haridorga sotilgan yoki ko‘rsatilgan 
xizmatlar qiymatining yig‘indisidir. 
Sof mahsulot – ishlab chiqarish jarayonida hisobot davrida (bir yilda) 
yangidan yaratilgan qiymatdir. Sof mahsulot hajmidan ishlab chiqarish vositalari 
qiymatini ayirib tashlanganiga tengdir. 
Mahsulot ishlab chiqarish uchun 3ta element mehnat qurollari, mehnat 
predmeti va inson mehnati birgalikda faoliyat yuritishi lozim. 
Shuning uchun ham har qanday mahsulot ishlab chiqarish uchun xom-ashyo 
materiallar, asosiy vositalarning eskirishi va xodimlarga to‘lanadigan ish haqi 
harajatlari bo‘ladi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə