Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   111
 
XCIX 
Yana bir qushning Hudhudga savoli 
Yana bir savol beruvchi shunday dedi: 
- La'nati iblis o'z makr va nayranglari bilan meni o'z domiga tushirmoq uchun qasd 
qiladi. Meni bir zum ham o'z holimga qo'ymay, ko'nglimga turli olamlarni keltiradi. Har 
lahza boshimga xilma-xil xayollar soladi, undan qutulmoqlikning hech ehtimoli yo'q. 
Undan xalos bo'lishning iloji bo'lmagani uchun aytgan ishlarini bajarishga majburman. 
Uning vasvasalaridan shunday bir nochor ahvolga tushdimki, aqlim undan qutulishga 
ojizlik qilmoqda. 

Hudhudning javobi 
Hudhud dedi: 
- Toki nafsing mavjud ekan, unda iblis yashirinib, shogirdlik qiladi. Nafs ko'nglingga 
shunchalik g'urur soladiki, undan dilingga putur yetadi. Hatto uni ko'rgan shayton ham 
hayron qolib, hayrat vodiysida sargardon kezadi. Qaysi bir ishdan nafsing o'z istagiga 
erishsa, undan shayton ham o'z maqsadiga yetadi. Agar sen o'z nafsing hukmi bilan 
biron ish qilsang, buni ko'rgan shayton irjayadi. Sen o'zingni shaytonga xor bo'ldim deb 
atama, balki u sening nafsingni o'ziga vakil qilib olgandir. Dunyoga taalluqli bo'lgan 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
55
barcha ishlar va voqealarning boshdan-oyoq shaytonga daxli bor. Haq nafsingni shunday 
yaratganki, unga yuzta shayton hunari jo bo'lgan. Nafsing shunchalik makr-hiylalar 
ko'rsatadiki, undan hatto yuzta iblis ham sharmanda bo'ladi. Sen bu yanglig' nafsga 
oshno bo'la turib, yana nima uchun shaytondan gina qilasan?! 
 
CI 
Hikoyat 
Xaraqoniy(xurosonlik shayx, 1033-33 y.v.e.) qoshiga o'z suluk va toatidan noumid 
holda bir murid kirib keldi va unga shunday dedi: 
- Iblis menga ko'p hunarlar ko'rsatib, ko'nglimga har ishda yo'lto'sarlik qilmoqda. 
Undan namozimga qusur, qilgan barcha zikru tasbehlarimga yuz xil putur yetmoqda. 
Komil murshid unga shunday dedi: 
- Ey zulmkor, jabring tig'i bilan shaytonning ko'ngli yaralandi! U ham sening 
ustingdan shikoyat qilib, jabru zulming haqida har xil so'zlar aytdi. U aytdiki: "Menga 
haq avvaldan makr bilan kishilar holini tang qilishni qismat etgan. Men odamlarni isyon 
sari boshlab boraman, ularni nuqson vodiysi tomon yetaklayman. Sen shunday bir murid 
tarbiyat qilibsanki, unda bu sifatlar mendagidan ham ortiqroqdir! Har qachon 
odamlarning eng yomoni bo'lgan ushbu muridning oldiga kelib, ko'ngliga biron-bir 
vasvasa 
solay 
desam, menga maqbul tushgan har qanday yomon ish bilan uning ko'ngli oldindan 
mashg'ul ekanligini ko'rardim. Hatto mening xayolimga kelmagan iflos ishlar ham uning 
xotirida mahkam o'rnashib olgan bo'lardi". 
Shayton sening haqingda ushbu gaplarni aytib, bizga ham ko'p "tahsinlar" o'qidi. 
Ushbu makr va hiyla-nayranglaring uchun senga ham ko'pdan-ko'p rahmat. Chunki 
shaytonning o'zi ta'lim bergan piringga rahmat deb aytib ketdi. 
Murid: 
- Shayton menga tuhmat qilibdi, aslida uning ozi meni yomon ishlar tomon 
rag'batlantirar edi,- dedi. 
Shayx esa: 
- Juda yaxshi ishlar qilib, sen shayton bilan talashmoqdasan. Men esa oralaringizda 
uzringizni eshitib, hukm chiqaruvchi hakam bo'ldim. Senga ham shaytondan yuz marta 
uyat boisin!!!- dedi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə