Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
58
Kunlardan bir kuni u bir vayronaga kirib, bangdan, odatdagidan ko'proq tortdi. Buzuq 
devorga suyangancha sirlar olamida sayr qila boshladi. O'zini xayolan go'zal gulshan 
ichra shod holda ko'rdi. Atrofida ayshu ishrat ashyolari muhayyo edi, go'yo yotgan 
maskani bir oliy qasr bo'lib, bu qasr binosi mashhur musavvir Moniy suratxonasidek 
bezatilgan emish. O'zi taxt uzra Jamshiddek xurram, yonida oftob jamolli bir gulchehra 
ham bor emish. U oliymaqom podsho ayshu ishrat bilan mashg'ul bo'lib, har lahza 
gulchehra yoridan bahra olayotgan emish. Shu xayollar bilan u o'zini koshonada his 
qilib, vayrona ichida yotar edi. 
Vayronada nishi ustida ajal zahrini saqlaguvchi bir chayon bor edi. U vayronani 
aylanish uchun chiqib, nishini har tomonga sanchgan holda u yoq-bu yoqqa yurar edi. 
Xomxayol qalandar alahsiragan holda xayoliy gulchehrasining labidan bo'sa olayotib 
edi, shu payt labiga chayonning nayzasi sanchildi. 
Qalandar beqaror holda chinqirgancha o'rnidan turdi, iztirob va alam ichra qarasa
yonida na gulshan, na qasru taxt va na xushbaxt sohibjamol bor edi. Shu tarzda uning 
behuda xayollari barham topdi, biroq u labidan ajal nishini yegan edi. Qilgan barcha 
ishlari xato ekanligini angladi, ammo bu pushaymonlik unga foyda keltirmadi. 
Sen ham o'shanga o'xshash ahvolga tushgansan, miyangni bo'lmag'ur xayollar 
chulg'ab olgan. Ammo bir kun ajal nishjni yeb, seskanganingcha g'aflat uyqusidan 
uyg'onasan. Biroq u payt qancha zoru fig'on ko'tarma, qilcha naf yetmaydi. O'shanda 
o'zingning kimdan yiroq tushganingni yaxshi anglaysan, lekin joningda ayriliq dog'i 
muhrlanib qoladi. 
 
CVIII 
Yana bir qushning Hudhudga savoli 
Yana bir savol beruvchi dedi: 
- Ey tengi yo'q! Ko'nglimni bir ishq asir etdi. Agar ma'shuqam ruxsorini bir on 
ko'rmasam, o'sha zahotiyoq olam ko'zimga qorong'u bolib ketadi. Usiz bir nafas ham 
qarorim yo'q, dard va g'am chekmakdan boshqa ilojim yo'q. Yuziga nazzora qilish 
mening maqsadimdir. Vaslini ko'rgach, ko'nglim orom topadi. U bilan shunchalik 
ulfatmanki, shu sababli undan ayrilish menga mashaqqat tug'diradi. Agar uning yoqimli 
ovozini eshitmasam, ruhim qushi jismim bilan vidolashadi. Ko'nglim hijronida xasta, 
hayotim vasliga bog'liqdir. Undan judo bo'lsam jonimga alam yuzlanadi, tunu kun 
ko'nglim 
ishi 
faryod chekmoq bo'lib qoladi. Bir daqiqa ham undan ayrila olmayman. Undan ayrilganim 
— o’lganim! U sanam ishqin nechuk tark etay men?.. Ayrilib undan qayonga 
ketgaymen?! 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə