Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111
 
CLXIII 
Komil Fanoga erishmoq haqida Hoja Bahouddin Naqshband so’zlari 
Oliy sifatlar egasi va mo'tabar zot, haq ravshanligining shohi va to'g'ri yo'lning gul 
soluvchisi bo'lgan Xoja Bahouddin Naqshband bu iqlim uzra taxt qurgach, yo'qlik mulkda 
ham podsho bo'ldi. Bu haqni biluvchi kishi pok sayr qilish paytlarida o'z vujudini turli 
narsalarga qiyos etar edi. Ammo hamma narsadan o'zini kam ko'rib, o'zini sarvu gul 
oldidagi xoru xas kabi tutar edi.
Bir kun uning ko'ziga tozalikdan yiroq bo'lgan bir qo'tir it ko'rindi. Shayx uni o'zi bilan 
tenglashtirtb, ko'ziga yosh olgancha nola cheka boshladi. U shunday der edi: 
— Bu it vafo qiluvchilar toifasidandir, men esa unday emasman. O'zimni u bilan teng 
deb ayta olmayman. U Allohga vafodan o'zga narsani bilmaydi, men esa unga faqat jafo 
qilaman, xolos! 
Nazar egasi bo'lgan shayx shunday degach, it uning oldidan yo'l solib, o'tib ketdi. 
Tuproq ustidagi it qolciirgan izlarni ko'rgan Shayx yana nisbat qilishda davom etib, 
shunday dedi: 
— Men ortiqmanmi yoki bu iz?
Yana o'ziga o'zi dedi: 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
90
— Ey insofsiz kishi! Bu iz vafo ahli oyon'idan nishonadir, sen esa vafosizlik sari etak 
sudraysan! 
U shu mazmunda so'zini tugallagach, yer o'pib, it izlariga ko'zlarini surta boshladi. 
Haq ahli o'z vujudini ana shu xil inkor qiladi, borlig'ini shu yo'l bilan yo'qqa chiqaradi. 
Shu tarzda ularda o'zlikdan asarqolmagach, fano jomini sipqoradilar. Ular haq vujudidan 
baqo topmay, birlik jomida uning yuzini ko'rolmaganlaridan so'ng yo'qlik ahliga qo'shilib, 
mutlaq borliqqa vosil bo'ladilar. 
 
CLXIV 
Parvonalar to'dasi haqiqiy sham sharhida 
Bir kecha parvonalar jam bo'lib, shamga yetishmoqqa harakat qilishdi. Qanotlarini 
o'tda yoqishga hozirlab, "Biz izlovchilarmiz, sham nuridan nishon izlaymiz. Agar undan 
nimaiki topsak, uni izhor qilaylik. Sharh etib, asl zotining nimadan iborat ekanligini 
aniqlaylik",- dedilar. 
Bu so'z aytilgach, parvonalardan biri qanotlarini qoqib, sham haqiqatini bilish uchun 
bordi. U yuqoridan qorong'u kechada to'da bo'lib turgan parvonalar guruhini ko'rdi, 
o'rtada sham yoqig'liq turar edi. Parvona sham nuridan ko'zini munavvar qilib yona 
turib, sham haqidagi so'zlarini olamga yoydi. U sham haqida so'z yuritar, lekin boshqalar 
bundan xabardor bo'lmas, uning so'zlari boshqa parvonalar qalbiga yetib bormas edi. 
Parvona har qancha ravshan yonib so'zlamasin, eshituvchilar bundan hech naf 
topmadilar. U aytgan so'zlar foyda keltirmagach, yana boshqa bir parvona shamga 
qarab parvoz qildi. U sham bazmiga kirib borib, nuriga diqqat bilan nazar soldi. U ham 
boyagj parvonadek yonib qanchalik so'z aytmasin, parvonalar to'dasiga maqsad ayon 
bo'lmadi. 
Yana boshqa parvona ham bu ishga urinib, sham boshi atrofida ko'p aylandi. Undan 
ham murod hosil bo'lmadi, mushkil ochilmadi. 
Bundan o'zgalarga ham iztirob tushib, ular maqsadsari shitob bilan intildilar. Sham 
tevaragida ko'p qanot qoqib, har biriqanot-quyruqlarini kuydirdilar. Har biri kuygancha, 
o'zi istagan maqsadga erishdi, ammo buni sharhlash qiyin ish bo'lib, naql qilish esa 
harom hisoblanardi. Chunki kishi shu'lani til bilan sharh eta olmaydi, kuymasdan turib, 
uning mohiyatini bila olmaydi. 
Parvona bu ish haqiqatidan xabar topgach, a'zoyi badani kul bo'lib, undan asar ham 
qolmadi. U qo'rqmasdan o'zini shu'laga urgach, a'zosiga o't tushib, pok bo'ldi va o'zi 
ham shu'laga aylandi. Chunki istagan maqsadi unga ayon bo'lib, bundan ortig'ini bayon 
qilishga hojat qolmadi. Chunki u maqsad ichra nobud bo'ldi va bu fanoda ayni 
muddaoning o'ziga erishdi. U haqiqatdan xabar topdi, shuning o'zi unga yetarli bo'lib, 
boshqa so'z aytishga o'rin yo'q edi. 
Agar kishilar parvonalarning bu holiga diqqat qilsa, ularning ko'nglida ikkita fikr kashf 
bo'ladi. Birinchisi shuki, kuymasdan turib, uning mushkili ochilmaydi; sham bilan birlikka 
erishmasdan turib, murodiga yeta olmaydi. Toki fano o'tiga o'z vujudini solib, bu 
shu'lada boru yo'g'ini o'rtamas ekan, maqsad nuri uning qo'liga kirmaydi, tilagan visoli 
unga yuz ko'rsatmaydi. Ikkinchidan, bu xil chaqmoq uni otash dengiziga g'arq qilgach, 
unda so'z aytish imkoni qolmaydi, bu ish sirini so'z bilan bayon etish uning uchun 
amrimahol hisoblanadi. Bunda kuymasdan turib, elga ish ochilmaydi, kimki kuysa, 
o'zgalar uning holini bilmaydi. 
Ey Foniy! Fano haqida lof urishni bas qil! Vaslga erishmoqchi bo'lsang, yaxshisi, fano 
o'tida kuy! Sham o'tiga aylangan parvona kabi o'zingni shu'laga devonavor ur! 
Vujudingdan asar, borlig'ing o'rish-arqog'idan nishon qolmagach, maqsad ichra 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə