Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
91
tilaganingga yetasan! Bu mojaroni el bilmasa bilmay qo'ya qolsin! 
 
CLXV 
Shayx Sufyon Suriyning fanodan so 'ngra baqoga erishmoq haqida aytgan so'zi 
 
Shayx Sufyon Suriyki(Abu Abdullo binni Said, 783-y.v.e.), u din hamsuhbatlarining 
peshvosi edi, Alloh uning joyini abadul-abad nurli qilsin. U ma'rifat haqida so'z 
yuritayotgan paytda bir shogirdi so'radi: 
- Agar bir kishi Allohga yetishmoqchi bo'lsa, bu maqsadga qay yo'sinda erishadi? 
U shunday javob berdi: 
— Buning masofasini ming manzildan iborat, deb bil. Ularning har birida dard va 
ofatlar bor. Bu o't va nur o'rtasidagi yeti dengizdan tashkil topgan bo'lib, ulardan har 
binning kengligi cheksizdir. Bu dengizlardan o'tmoqchi bo'lsang, qarshingda domiga 
tortuvchi ulkan baliq namoyon bo'ladi. U shunday dahshatli baliqki, bir dam tortsa, ikki 
olamni bus-butunicha barcha xalqi (yaratilgan narsalari) bilan birga qo'shib yutib 
yuboradi. U istig'no dengizida maqom tutib, uning atrofida suzib yuradi. 
CLXVI 
Qushlarning fano vodiysi so'ngida baqo mulkidan nishon topganlari 
So'z yuziga shundayin yaxshi niqob tortilib, savol va javoblar tugadi. Bu so'zlarni 
eshitgan qushlar aql sharhlab bo'lmas darajada qiyin holga tushdilar. Ular bu ishning 
nihoyatda mushkilligini, bu jamoaning uni bajarishga qodir emasligini fahmlab yetdilar. 
Shu tufayli ular o'zlaridan umid uzib, tuganmas qayg'uga mubtalo bo ldilar. Ular 
Hudhuddan bir xil halok qiluvchi so'zlarni eshitgach, barchasining qalbidan fig'on dudi 
ko'tarildi. Balki ular bu ish siridan voqif bo'lib, bundan cheksiz vahimaga tushdilar. Bu 
vahima shu onning o'zidayoq ulaming bir qanchasini halok qildi. Jon vahimasiga duchor 
bo'lganlari yo'qlikka ketgach, qolgan qushlar hayratga cho'mgancha yo’lga tushdilar. 
Ular yillar tinim bilmay qanot qoqib, oldilariga duch kelgan balodan qo'rqmadilar. Shu 
tarzda ular o'zliklaridan chiqqunga qadar pastu baland ko'p yo'llarni bosib o'tdilar. Bu 
vo'lda ular shunchalik ko'p qiyinchiliklarga duch kelishdiki, ularni hatto yuz tuman til 
bilan ham sharh etib bo'lmaydi. Agar sening oldingga ham bu yo'l ro'para bo'lib, uni 
bosib o'tsang, undagi qiyinchiliklarni mushohada eta olishing mumkin. Ularning bu yo’lda 
qanchalik qonlar yutganini o'shanda bilasan. 
Pirovardida bu zor qushlar guruhidan ranj topgan ushbu majruh to'dadan ozchilik 
qism tanlari nihoyatda qiynalgan va jonlari o'rtangan holda maqsadga yetib kelishdi. 
Chunki yo'l cheksiz va uzoq bo'lib, unda ofat ko'p, dard, ranj va shiddat esa benihoya 
edi. Shuning uchun bu qushlardan ba'.'.ilari yo'lda jon taslim qildilar, ba'zilari og'ir 
xastalikka duchor bo'lib, yarim yo'lda adashib qoldilar. Qushlar oldidan azob-uqubatning 
achchiq shamoli esib,bu musofirlarning umr iplarini kesar edi. Yo'lda ularni baloga 
duchor qiluvchi hodisalar hadsiz-poyonsiz edi, shu sababli ular imkoniyat darajasigacha 
ko'p nobud bo'lishdi. 
Oqibatda yuz tuman ming qushdan faqat yuz minglab mashaqqatga duchor bo'lgan 
o'ttiz qushgina omon qolib, oxirgi manzilga yetib keldi. Ular shunchalik horib-charchagan 
edilarki, tanlarida hatto hayot nishonasidan asar yo'qdek edi. Jismlarida birorta ham 
butun parlari qolmagan, patlari xuddi tarasha o'tinga o'xshash parcha-parcha bo'lib 
to'zib ketgan edi. Tanlari yo'l ranjidan madorsizlangan, jonlari dard va mashaqqat 
chekishdan xarob bo'lgan edi. 
Ular kelgan manzilda oliy darajadagi bir joyni ko'rdilar. Bu yer shunday bir joy ediki, 


Lisonut-tayr. Alisher Navoiy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə