Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/111
tarix05.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#125805
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   111
www.ziyouz.com
кутубхонаси
89
zahotiyoq, minbarga chiqib: 
- Ey, honaqohda turuvchilar! Menga quloq berib, so'zlarimni yaxshilab tinglangiz! Men 
uchun hozir suv to'la obdastani hozirlang! Men o'zimni poklab olganimdan so'ng tahorat 
qilmoqchiman,— dedi. 
Oliy qadrli shayx bu so'zni eshitgach, unga obdasta eltib beringlar, dedi. Xcnaqohtlagi 
bir darvish katta bir chiroyli obdastani suv bilan to'latib olib keldi. U zoti past bu 
obdastani sindirib, yana bitta idish olib kelishni buyurdi. Darvish yana bir obdasta olib 
keldi. U shu zahotiyoq bu idtshni ham urib sindirdi. Darvish sbayxga bu holni ma'lum 
qilgach, shayx boring, u nechta idishni sindirsa ham olib borib beravering, dedi. 
Unga nechta obdasta olib kelgan bo'lsalar, u hammalarini birma-bir tosh bilan urib 
sindirdi. Nihoyat, undan uzr so'rab, bu yerdagi idishlaniiiig barchasini urib sindirding, 
xonaqohda yana senga keltirib beigudek bironta ham idish qolmadi, deb aytdilar. 
Shunda n dedi: 
— Agar idish bo’lmasa, orqangigizga qayting va borib bu so'zlarni shayxingizga 
aytingki, endi u o'z soqolini bu yerga olib kelsin, toki men buyurilgan farzdan qutulayin! 
Shayx bu nayosiz so'zlarni eshitgach, o'rnidan sakrab turib, u tomonga qarab yurdi. U 
shunday der edi: "Eh: qanday xush soatu baxtiyor holat! Qarang'ki, bir qassob o'g'liga 
soqol bitsayu yillar davomida u soqoliga oro berib, yuvib tarasa va vaqti kelib uning bu 
soqoli shunday bir ishga yarab qolsa! Unga bir darvish iltifot ko'rsatib, o'zini qayg'udan 
qutqarsa!". 
Shayxning bejirim oppoq soqoli bor edi. Uni hovuchiga tutamlagancha boyagi 
kishimng oldiga yo'naldi. 
Bu odani g'ofil va hayosiz, balki idroki yo'q telba bir kishi edi. U shayxdan bu xilI
fano 
xislatiui ko'rgach, endi ortiqcha aljirash uchun o'zida quvvat topmadi. Shayx oyog'i 
ostida o'zini tuprog' etib, yerga bosh qo'ygancha hushidan ketdi. 
Foniylikka erishgan solik unga nazar solib, undagi o'zlikdan asar ham qoldirmadi. 
(gumrohni shu tarzda kamolga yetkazib, misni oltinga aylantirdi. Har bir kishi rang, 
naqsh va bo'yoqdan — o'zligidan chiqmay turib, bunday ishni qilishi mumkin emas. 
Ey Foniy, sen ham haqdan ana shunday yo'qlik tila! Bu xil yo'q bo'lish bilan abadiy 
borliqni qo'lga kiritasan! 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə