|
Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com docFarididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)TO’QQIZINCHI MAQOLA
BURGUTNING UZRI
Mag‘rur bosh ko‘tarib, burgut qushlar o‘rtasida paydo bo‘ldi va ma’nilar asrori yuzidan
pardani ko‘tardi. Lashkaru askaridan va kuloh-tojidan g‘ururlanib lof urardi. Dedi:
- Men shahriyorim qo‘liga qo‘nish, ya’ni unga mahram bo‘lib xizmat qilish shavqi bilan
jo‘shib, boshqa odamlardan ko‘zimni yumganman (ularga e’tibor qilmayman). Oyog‘im
podshoh qo‘liga tegsin deb ko‘zimni kuloh ostiga berkitganman. O’zimni odob qoidalariga
shunday o‘rgatganmanki, darveshlarday riyozat chekkanman. Toki bir kun shohimning
yoniga olib borsalar va xizmat rasmu qoidasidan ogoh etsalar, deb kutib o‘tiribman.
Shunday ekan, men Simurg‘ni sog‘inib tushimda ko‘rishim mumkinmi, u tomon azmu
iroda qilishimga hojat bormi? Rizqimni o‘z shohimning qo‘lidan olaman, dunyoda mana
shu hayot menga kifoya. Yo‘lga tushishga asosim yo‘q, chunki shoh qo‘lida izzat-
ikromim bor. Kimki sulton dargohiga munosib-dir, sulton oldida nimaiki desa ma’qul va
maqbuldir. Men agar sulton e’tiborini qozonib, shunga munosib bo‘lsam, bu bepoyon
vodiylarni kezishdan afzal emasmi? Aftidan, men shoh yuzidan bahra olib, uning
dargohida umrimni shodu xurramlikda o‘tkazurman. Gohida shohni sog‘inarman, gohida
shavqida ov bilan mashg‘ul bo‘laman.
Dostları ilə paylaş: |
|
|