Mantiqut-tayr (nasriy bayon).
Farididdin Attor
www.ziyouz.com
кутубхонаси
35
mamlakat, bu savlatu shon-shuhrat o‘sha tosh tufayli doimo mustahkam turadi. Men
dunyo va din ishida bunday mulkka ega bo‘lishni xohlamayman. Ey Podshoh
(Allohvand), men o‘z ko‘zim bilan shuni aniq ko‘rdimki, bu
mulku boylikning ofati
muqarrardir. Bu uqbo (oxirat) tarafida muxtasar qolsin. Bundan keyin hech kimga
bunday mulku boylik berma. Mening lashkar va mulk bilan ishim yo‘q.
Men zambil
to‘qishni ixtiyor etaman.
Garchi o‘sha gavhardan Sulaymon shoh bo‘lgan bo‘lsa-da, xuddi shu gavhar uni
yo‘lda bandi-qul qildi. Bu gavhar Sulaymonday
shohga nima qildiki, senga vafo qilib,
xotirjam etsa? Ul gavhar
uchun qanchalik kon qazib, mehnat qilmagin,
u bir toshdir,
xolos. Sen esa faqat Jonon yuzini ko‘rish uchun jon bergin. Ey gavhar (asl) talab,
toshdan bo‘lgan gavhardan ko‘nglingni uz va doimo yagona Javhar talabgori bo‘l!
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
Dostları ilə paylaş: