|
Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com docFarididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)YETTINCHI MAQOLA
KAKLIKNING UZRI
Chah-chah etib, xursand bo‘lib, noz bilan yurib, kaklik o‘rtaga kirib keldi, u go‘yo dur
konidan sarmast, mag‘rur holda kelardi. Tumshug‘i qizil, qanotlari shafaqday edi, ko‘zlari
ham qaynoq qoni tufayli qizargan edi. Gohida tog‘lar, goh o‘ngirlarda uchardi, gohida tig‘
oldiga bosh qo‘yardi.
Dediki:
- Men ko‘p vaqtlar konlarda sayr qilganman, beqiyos ko‘p gavharu oltin-javohirni
ko‘rganman. Tog‘ va o‘ngirlarda uchib yurishim gavharlarning a’losini izlashimdandir.
Gavharning ishqi dilimga o‘t solgan, bas, mana shu xush yoqadigan o‘t-olov mening
hosilimdir. Bu o‘tning tafti agar bosh chiqarsa, mayda toshni ichimda qonga aylantiradi.
Utning ta’sir etib, toshni eritib, qonga aylantirganini ko‘rgach, tosh va o‘t orasida
qolganman, mahtal bo‘lib, hayronlikda turibman. Isitma tafti ichra mayda toshlarni terib
yeyman, uyqu toshi zarbidan yurakni o‘tga to‘ldiraman. Ey suhbatdoshlarim, ko‘zlaringni
ochinglar, mening ahvolimga boqinglar. Tosh ustida uxlab, tosh yeydigan kishini nima
sababdan koyish mumkin.
Gavharni sevadigan odamning maslagi ham shundan boshqa emas. Gavhar va davlat
(mamlakat) nizom-tartibni talab qiladi. Chunki gavhar (boylik) davlat bilan bog‘liq, shu
bois davlatga berilgan odamningjoni toqqa, konga bog‘langan bo‘ladi. Men
(shuninguchun) tog‘ning sinashtasi va gavhar izlovchiman. Bir lahza tog‘ cho‘qqisi va
o‘ngirlardan xalos bo‘lolmayman. Chunki cho‘qqida gavhar koni bor. Shu sabab tog‘-
cho‘qqida gavhar izlaganim-izlagan. Ammo gavhardan, biror mohiyat - javhar
topolmadim, gavharlar ichra ho‘l gavhar (toza, yangi gavharni) ko‘rmadim. Simurg‘ yo‘li
mushkul yo‘ldir, mening esa oyog‘im toshda, gavhar bo‘lsa loydadir. Olov kabi boshimni
toshdan ololmayman, yo o‘laman, yoki gavharni ko‘lga kiritaman. Gavha-rimni odamlar
ko‘rishi kerak. Gavharsiz odamni kim ham qadrlardi?
Dostları ilə paylaş: |
|
|