Microsoft Word Moliyaviy hisob


Ish haqi fondi, mehnatga haq to’lash shakllari va turlari



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə47/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Ish haqi fondi, mehnatga haq to’lash shakllari va turlari


Ish haqi sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektsidagi xodimlar daromadlarining eng muhim manbaidir. Lekin ish haqidan tashqari jamiyat a’zolarining daromadlari jamiyat iste’mol fondlari, davlatning sug’urtasi, nafaqa ta’minoti, maorif va sogliqni saqlash, bolalar muassasalarini saklash, sanatoriylar, kurortlarga va shu kabilarga qilinadigan xarajatlari bilan ham belgilanadi.


Ish haqi ikki turga bo’linadi: asosiy ish haqi va qo’shimcha ish haqi.
Asosiy ish haqi deb ishchi va xizmatchilarga ishlangan ish vaqti yoki bajarilgan ishlariga va mehnatkashlarning aybisiz ish to’xtab qolgan vaqtga to’lanadigan ish haqiga aytiladi. Asosiy ish haqiga tarif bo’yicha haq to’lash, ishbay ishlarning narxi bo’yicha haq to’lash, lavozimlar, oylik maoshi va ularning ustiga mukofot tarzida to’lanadigan qo’shimcha haq ish vaqtidan tashqari ishlar uchun to’lanadigan qo’shimcha haq, brigadirlarga to’lanadigan qo’shimcha haq, ishning normal sharoitidan chetga chiqish paytlaridla bajarilgan ishlar uchun qo’shimcha haq to’lash kiradi.
Qo’shimcha ish haki deb ishchi va xizmatchilarga ishlamagan vaqt uchun beriladigan to’lovlarga aytiladi. qo’shimcha ish haqi mehnat to’g’risidagi krnunchilikda ko’zda to’tilgan
bo’lib, ularga ta’til vaqtida to’lanadigan haq, davlat va jamoa topshiriklarini bajarish vaqtiga to’lanadigan haq, onalarning bolalarni emizish davri uchun to’lanadigan haq va boshqalar kiradi.
Asosiy ish haqi qo’shimcha ish haqi bilan birgalikda ish haqi fondini tashkil etadi. Unga rahbar, muhandis texnik xodimlarga va xizmatchilargamoddiy rag’batlantirish fondidan to’lanadigan mukofotlar, ixtiro tashabbuskorlik va takomillashtirish uchun to’lanadigan mukofotlar, podyomniylar (yo’l puli), sutkalik pullar, talabalarga beriladigan stipendiyalar kirmaydi.
Mehnatga to’lanadigan haqni to’g’ri belgilash maqsadida tarif tizimi qo’llaniladi. Tarif tizimi uch qismdan iborat:



  1. tarif stavkasi;

  2. tarif setkasi;

  3. tarif-malaka bildirgichi.

Tarif stavkasi deb vaqt birligi (soat, kun, oy) uchun to’lanadigan ish haqiga aytiladi. Ishchilarning tarif stavkasi ularning malakasi, mehnat sharoiti, haq to’lash shakli hamda sanoat tarmoklari bo’yicha markazlashtirilgan ravishda differentsiatsiya qilingan bo’ladi.


Ishchilarning tarif stavkasi 1- razryadli ishchilar uchun kun yoki soat bilan, qolgan razryadli ishchilar uchun esa tegishli koeffitsient bilan belgilanadi. Boshqa yuqori razryaddagi ishchilarning ish haqini aniklash uchun ularga belgilangan koeffitsientni 1- razryad ishchisining tarif stavkasiga ko’paytirish kerak.
Bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichida ishning og’ir-engilligiga qarab 1- razryadli ishchi uchun har xil ish haki belgilangan bo’lishi mumkin.
Tarif setkasi mehnatga haq to’lashda malakani hisobga olish, ya’ni har xil malakali ishchilarning ish haqida bo’lgan tafovutni belgilashda qo’llaniladi. Tarif setkasida razryadlar ro’yxati va har bir razryadga tegishli koeffitsient keltirilgan bo’ladi. Tarif koeffitsienta ma’lum razryadning stavkasi 1- razryadning stavkasidan ortiqligini ko’rsatadi. 1- razryadga 1 ga teng bo’lgan koeffitsient belgilanadi, qolgan razryadlarniki esa mehnatning malakasiga qarab oshib boradi. Sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida hozir asosan 6 razryadli tarif setkasi qo’llaniladi.
Tarif-malaka bildirgichi deb sanoatning ma’lum tarmog’ida bajariladigan ishlar turi va shu ishlarni bajarishda ishchilarning oldiga qo’yiladigan talablar ro’yxatiga aytiladi. U barcha tarif tizimining asosi bo’lib sanoat tarmoklari bo’yicha tuziladi.
Sanoatda asosan ish haqining ikki tarifi qo’llanilib, bular ishbay va vaqtbay shakllaridir.
Ishbay shaklida ishchilarning ish haqi ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori va sifatiga qarab belgilanadi. Ish haqining bu shakli sanoatda asosiy hisoblanib, u mehnat
unumdorligini oshirish imkonini beradi, chunki u har bir ishchining shaxsiy va ijtimoiy manfaatini hisobga olishni ta’min qiladi.
Ish hakining bu shaklida bajarilgan ish ishbay usulida to’lanadi. Ishbay ishlarning narxini topish uchun ishbay ishlovchi ishchilarning bir soatlik tarif stavkasini bir soatdagi ishlab chiqarish me’yoriga bo’lish kerak.
Vaqt birligida ishlab chiqarilishi lozim bo’lgan mahsulot miqdoriga mahsulot ishlab chiqarish me’yori deyiladi.
Ishbay ish haqi asosan quyidagilardan iborat: to’g’ri ishbay ilgor ishbay, akkord va ishbay mukofot tizimidan iborat.
To’g’ri ishbay tizimida ish haki ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga karab yagona ishbay ish haqi narxlarida to’lanadi va ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilish darajasi hisobga olinmaydi. Bunda ishchiga bajargan ishlariga beriladigan ish haqini hisoblash uchun uning ishlab chiqarilgan mahsuloti miqdori mahsulot birligiga belgilangan ishbay ish haqi narxiga ko’paytiriladi.
Ilg’or ishbay tizimida ishlab chiqarilgan mahsulotning belgilangan me’yordan ortiq qismiga yuqrri narxlar to’lanadi. Masalan, ilg’or ishbay tizimida ishlayotgan ishchi me’yor bo’yicha bir oyda 1000 dona mahsulot ishlab chiqarishi kerak edi. Hakiqatda, u 1200 dona mahsulot ishlab chiqargan yoki me’yorni20% ortig’i bilan bajargan.
Me’yordan 10% ortiq bajarilgan mahsulot uchun, masalan, asosiy ishbay ish haki narxidan 20% ortiq to’lash — 20% ortiq bajarilganligi uchun 30% oshiqcha to’lash mo’ljallangan.
Ilg’or ishbay tizimi sanoat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining asosan og’ir va mas’uliyatli uchastkalaridagina qo’llaniladi.
Akkord tizimida ishbay ish haki ishlab chiqarishning oxirgi natijasigina qarab hisoblanadi. Bunda ishbay ishning narxi har bir alohida operatsiyaga belgilanmay, balki hamma ish hajmiga ko’ra belgilanadi.
Akkord tizimida ishlayotgan jamoa a’zolariga beriladigan ish haqining umumiy summasi oxirgi operatsiyadan keyin texnika nazorati bo’limiga "topshirilgan mahsulot miqdoriga qarab belgilanadi. Buning uchun brigadaning har bir a’zosi tomonidan bajariladigan operatsiyalarning ishbay ish narxlarining yig’indisidan tashkil topgan mahsulot birligiga tegishli ishbay ishning narxi aniqlanib, ushbu ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdoriga ko’paytiriladi. Bu tizimining xususiyatlaridan biri shundan iboratki, brigadaning har bir a’zosi o’zining bajargan ishlarini yozib yuradi va bajargan operatsiyasi uchun ishbay ishlarning narxi unga oldindan ma’lum bo’ladi. Shuning uchun brigada a’zolari o’zlariga tegadigan ish haqini bilib yuradilar.
Hozirgi paytda bizning sanoatimizda eng keng tarqalgan ish haqi tizimi ishbay mukofot tizimidir. Bu tizimida ish hakining ishbay tizimi ma’lum ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining
yaxshilanganligi uchun ishchilarni mukofotlash bilan birga qo’shib olib boriladi. Bunday mukofotlar masalan, texnikaviy asoslangan ishlab chiqarish me’yorlarining ortigi bilan bajarilganligi, mahsulot sifatining yaxshilanganligi va shu kabilar uchun beriladi.
Vaqtbay ish haqi shaklining mohiyati shundan iboratki, unda ish haqi ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori va sifatidan qat’i nazar,xodimlarning malakasiga, ishlagan vaqtiga qarab haq to’lanadi. Ish haqining vaqtbay shakli rejalashtirish va hisobga olish juda qiyin bo’lgan yoki ish vaqtining xarajatlanishi ishlab chiqarish texnikasi tomonidan yuqori darajada reglamentga solinadigan ishlar va uchastkalarda hamda ishchilarni ishbay shakliga o’tkazish maqsadga muvofiq bo’lmagan joylarda qo’llaniladi. Bunday ishchilarga, masalan, texnika nazorati bo’limining ishchilari, mahsulot saralovchilar, ba’zi bir sozlash, tuzatish ishlarini bajaradigan va shu kabilar kiradi.
Vaqtbay ish haqi ikki xil bo’ladi: oddiy vaqtbay ish haqi va vaqtbay mukofot ish haqi.
Oddiy vaqtbay ish haqi turida ish haqining miqdori ishlangan vaqt, soatli tarif bo’yicha ishhaqi yoki belgilangan lavzimli maoshga bog’liq bo’ladi. Bunday ish haqining summasi ishlangan soatlarning sonini bir soatli tarif bo’yicha ish haqiga yoki ishlangan kunlarning sonini ma’lum lavozim uchun belgilangan maoshning bir kunlik summasiga ko’paytirish yo’li bilan topiladi.
Ish haqining vaqtbay-mukofot shaklida ishlangan vaqt uchun to’langan ish haqidan tashqari yana vaqtbay ish haqiga nisbatan mutloq summada yoki foiz bilan belgilangan mukofot ham to’lanadi. Bunday mukofotlar ishlab chiqarishning miqdor va sifat ko’rsatkichlari uchun to’lanadi. Ishchilarga to’lanadigan mukofotning bu turi ish haqi fondining bir qismini tashkil etadi. Chunki ular mukofotlashning doimiy amaldagi qoidasiga ko’ra to’lanib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moddiy rag’batlantirish fondining mahsulot tannarxiga kiritiladigan qismi hisobidan tashkil topadi.
Muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar va kichik xizmatchi xodimlarga bir oylik lavozimli maosh belgilanadi. Bunday maoshni belgilashda mazkur lavozimdagi ishning murakkabligi, hajmi, uning uchun javobgarlik va boshqa shart-sharoitlar hisobga olinadi.
Mehnatga haq to’lash xarajatlarini hisobga olish bo’yicha amaldagi "Xarajatlar tarkibi to’g’risida"gi Nizomning 1.2 va 2.1 moddalarida ushbu xarajat turlarini qaysi birini tannarxga olib borish yoki davr xarajati sifatida qaysi xarajatlar olib borish tartibi ko’rsatib berilgan.

    1. Ishlab chiqarishga aloqador mehnatga haq to’lash xarajatlari. Ishlab chiqarishga aloqador mehnatga haq to’lash xarajatlari tarkibiga kundagi moddalar kiritiladi.

      1. Amaldagi bajarilgan ish uchun yozilgan ishlab chiqarishga aloqador ish haqi, bu xo’jalik yurituvchi sub’ektda qabul qilingan mehnatga haq to’lashning shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlaridan tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

      2. Ishlar vaxta usulila tashkil etilganda, ish vaqti jamlama usulida hisobga olib borilganda va qonunlarda nazarda to’tilgan boshqa hollarda belgilangan ish vaqtidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan ishchi, xizmatchilarga beriladigan dam olish kunlari uchun to’lanadigan haq.

      3. Mehnat haqini o’rniga maxsulot berish.

      4. Tushum nizomlari bo’yicha rag’batlantiruvchi to’lovlar, jumladan ishlab chiqarishdagi natijalar uchun mukofotlar, kasb maxorati uchun tarif stavkalari va maoshlariga ustamalar, amaldagi qonunlarga binoan ishlab chiqarishdagi xodimlarga belgili muddat xizmat qilganm uchun bir marotaba beriladigan mukofotlar.

      5. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bogliq bo’lgan qoplov tarzidagi to’lovlar, xususan kunda ishlaganlik, ish vaqtidan tashqari ishlaganlik, dam olish va bayram kunlari ishlamaganlik, ko’p smenali tartibda ishlaganlik, bir yo’la ogir, zararli mehyaat sharoitida ishlaganlik uchun ustamalar, holda tarif va maoshlarga qo’shimcha haqlar.

      6. Amaldagi qonunlarga muvofiq navbatdagi va qo’shimcha mehnat ta’tillariga, o’smirlarning imtiyozli soatlariga, onalarning bolasini boqish uchun ishida bo’ladigan tanaffuslariga, tibbiy ko’riklardan o’tish, davlat oldidagi burchlarini ado etish bilan bog’liq bo’lgan vaqtga to’lanadigan haqlar.

      7. Ishchi va xizmatchilarga qisman ishhaqi to’lanadigan zaruriy mehnat ta’tillari va boshqalar.

    1. Yüklə 462,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə