Microsoft Word Moliyaviy hisob



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə49/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Jami daromad miqdori

Soliq summasi

Eng kam ish haqining besh baravari miqdorigacha

Daromad summasining 13 foizi

Eng kam ish haqining besh baravari (+ 1 so’m) o’n baravari miqdorigacha

Eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan
olinadigan soliq + besh baravaridan oshadigan summaning 22%

Eng kam ish haqining o’n baravari miqdordan (+ 1 so’m) va undan yuqori miqdoridan

Eng kam ish haqining o’n baravari miqdordan olinadigan soliq + o’n baravaridan oshadigan summaning 32%

2003 yil yanvar oyi uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i hisob- kitobi.



Soliq solinadigan daromad miqdori

Soliq summasi

(4 x 5440) = 27200 so’mgacha

Daromad miqdorining 13 foizi

27201 so’mdan (10 x 5440) = 54400 so’mgacha

3536 + 27200 so’mdan ortiq miqdorining 22 foizi

54401 so’m va undan ortiq

9520 + 54400 so’mdan ortiq miqdorining 32 foizi

Soliq Kodeksi 59-moddasiga ko’ra jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to’lashdan quyidagi jismoniy shaxslar ozod qilinadilar:



  1. To’laligicha:




  • Bojxona xizmati xodimlari

  • Mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazir- liklarning, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari xodimlari

  • O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining boshliklari, a’zolari, konsullik muassasalarining xodimlari




  1. Qisman, har bir oy uchun eng kam ish haqining to’rt baravari miqdorida:




  • O’zbekiton Qahramoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan shaxslar, uchchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlanganlar.

  • Bolalikdan nogiron bo’lganlar, shuningdek I va II gurux nogironlari.

  • Qahramon onalar

  • Afg’onistonda xizmat qilganlar, Chernobl AES dagi falokat oqibatida jabrlanganlar.

  • 2 va undan ortiq 16 yoshga to’lmagan bolali yolgiz onalar.

Ish haqidagi ushlab qolinadigan summalar faqat qonun bilan ruxsat etilgan hollarda amalga oshiriladi. Ularga ish haqi hisobidan berilgan bo’lak, daromad solig’i, ijro varaqalari bo’yicha ushlanadigan summalar, ortiqcha berib qo’yilgan ish haqi, shaxsiy uy-joy qurilishi uchun olingan ssudalar bo’yicha qarzlar, dala bog’ qurilishi bo’yicha ssudalar qarzlari, yosh oilalar olgan ssudalar bo’yicha qarzlar, kreditga olingan tovarlarning to’lanmagan qismi, ixtiyoriy sug’urta summalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektga etkazilgan zararlar uchun ushlanadigan summalar, ish haqining bir qismini ishchi va xizmatchilarning arizasiga ko’ra omonat kassaga o’tkazish, kasaba uyushmasi a’zolarining navbatdagi oy uchun a’zolik to’lovlari va shu kabilar kiradi. Ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar miqdori Moliya vazirligi tomonidan belgilanib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Daromad solig’i, o’tgan oy uchun keyingi oyning birinchi yarmidagi ish haqidan, masalan, mart oyi uchun aprel oyining birinchi yarmidagi ish haqidan ushlanadi.


Ishchi va xizmatchilardan ushlab qolingan soliqlar davlat byudjetiga o’tkaziladi, shuning uchun bu soliqlarni, ushlab qolishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Debet "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti. Kredit "Byudjet bilan hisob-kitoblar" schyoti.
Bu soliq summasi byudjetga o’tkazilganda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
Debet: "Byudjet bilan hisob-kitoblar" schyoti. Kredit "Hisob-kitoblar schyoti" schyoti.
Ijro varaqalari bo’yicha ushlanadigan summaning miqdori xalq sudi tomonidan belgilanadi va ana shu ijro varaqalariga asoslanib ushlanadi. "undan tashqari, alimentlar uni to’lovchi shaxsning arizasi asosida ham ushlanishi mumkin. Aliment ishchi va xizmatchining bir oylik barcha daromadlaridan hisoblanadi va ushlanadi.
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zida ishlayotgan ishchi va xizmatchilardan kreditga olgan tovarlar uchun ish haqidan ushlab qolingan summalarni savdo tashkilotlarining maxsus ssuda schyotiga o’tkazib turishi kerak. Bunday pullarni o’tkazish kreditga tovar olgan shaxsning ariza-majburiyati asosida amalga oshiriladi. Bunday tovarlar uchun hisob-kitobning ikki usuli mavjud.



  1. Davlat banki ssudasi hisobidan kredit bo’yicha;

  2. Savdo tashkiloti tomonidan berilgan kredit bo’yicha.

Birinchi usulda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar avval o’zlarida ishlaydigan xizmatchilarning topshiriq majburiyatlariga ko’ra kreditga sotib olingan tovarlar uchun ularning ish haklaridan navbatdagi to’lovlarni ushlab qolib, savdo tashkilotlariga o’tkazadi. Shundan keyin ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlar Davlat bankidan olingan ssudalar hisobidan savdo tashkilotlariga to’la summani o’tkazib, so’ngra bankka bo’lgan qarzni har oyda ishchilar ish haqidan ushlab qolish yo’li bilan qoplanadi.

    1. Birinchi usul bo’yicha:




  1. Davlat banki ssudasi hisobidan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlaydigan xodimlarning savdo tashkilotlari tomonidan ularga berilgan kredit bo’yicha qarzi uzildi (to’la summada) — 2000 so’m.

Debet "Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar" schyoti (Kreditga sotilgan tovarlar subschyoti).


Kredit "Ishlovchilar uchun bank ssudalari" schyoti.



  1. Ishchi va xizmatchilardan navbatdagi to’lov summasi uchun ushlab qolindi 1000 so’m.

Debet: "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti. Kredit "Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar schyoti.





  1. Xodimlardan ushlab qolingan summa Davlat bankiga bo’lgan qarzni qoplash uchun o’tkazildi 1000 so’m.

Debet "Ishlovchilar uchun bank ssudalari" schyoti. Kredit "hisob-kitoblar schyoti".


2. Ikkinchi usuli bo’yicha:
Ishchi va xizmatchilardan navbatdagi ushlab qolingan to’lov summasi hisobiga savdo tashkilotlari tomonidan berilgan qarz qisman uzildi (o’tkazildi) 2000 so’m.
Debet "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti. Kredit "Kreditorlar bilan hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektga keltirilgan zararlarni aybdor shaxslardan sud tashkilotlarining qarorlari bilan hamda yaroqsiz mahsulotlar uchun ushlab qolinganda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
Debet "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti. Kredit "Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar schyoti".
Ishchilarning ish haqi omonat kassalariga o’tkazilganda "mehnatga haqlashschyoti" schyoti kreditlanib, "Mehnatga haq to’lashyuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti debetlanadi.
Xo’jaliklarda ish haqi ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi va shuning uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning qanday uchastkalarida mehnat xarajatlanganligiga qarab ish haki ham o’sha erdagi xarajatlarga qo’shilishi kerak.

    1. Yüklə 462,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə