Microsoft Word Moliyaviy hisob


Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa



Yüklə 462,99 Kb.
səhifə52/83
tarix12.05.2023
ölçüsü462,99 Kb.
#109866
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83
Microsoft Word Moliyaviy hisob (1)

Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa


Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqani tayinlash va to’lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo’ladi.


Homiladorlik va tug’ish bo’yicha berilgan vaqtincha mehnatga layokatsizlik varakasi yo’qolgan hollarda nafaqa uning o’rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga layokatsizlik varakasi (dublikat) asosida beriladi.
Homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layokatsizlik varaqasida ko’rsatilgan barcha davr uchun to’lanadi.
Xodim ishdan bo’shatilishining noto’g’riligi haqida nizo ketayotgan davrda homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til berilganda, nafaqa u ishga qayta tiklangan taqdirda beriladi. Bunda homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa ayolni ishga qayta tiklash to’g’risida qaror chiqqandan so’ng, nafaqa to’lanmagan barcha mehnatga qobiliyatsizlik kunlar uchun to’lanadi.
Oliy, o’rta maxsus, kasb-xunar ta’lim muassasalarini, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga kadar homiladorlik va tug’ish bo’yicha berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqa ayol ishga kelishi lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.
Ish haqi to’lash to’xtalib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish okibatida ayol ishlamagan davrda homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa to’lanmaydi. Agar homiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til ishga qo’yilgandan keyin ham davom etadigan bo’lsa, nafaqa u ishga chiqishi lozim bo’lgan kundan boshlab beriladi.

Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlilik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalarni hisoblash tartibi.


Vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlilik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha nafaqalar barcha hollarda xodimning haqikiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqikiy ish haqiga ish joyidan, sug’urta badallari undirilib to’lanadigan jami ish haqi to’lovlari kiradi.
Sug’urta badali hisoblanmaydigan ish haqi turlari Vazirlar Maxkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-sonli karori bilan tasdiqlangan Sug’urta badallari kushilmaydigan va pensiyani hisob-lab chiqishda hisobga olinmaydigan ish haqiga qo’shiladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sug’urta badallari berilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qushilib, o’rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.
Xodim vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi sababli to’la ishlamagan, homiladorlik va tug’ish, bola uch yoshga tulgunga qadar bolaga qarash ta’tilida bo’lgan, harbiy o’quv yoki sinov yiginlarda yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun yuborilgan oylar mukofot summasi bo’linadigan oylardan chiqarib tashlanadi. Agar hisoblash uchun oydan kam bo’lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan bir qismi hisobga olinadi.
Xodim bo’lmagan mansab maoshini olgan holatlarda, nafaqa maoshning haqikatda olinadigan qismi asosida hisoblanadi.
Nafaqani hisoblab chiqarish uchun o’rtacha kunlik ish haqi mazkur bandda ko’rsatilgan ish haqi summasini vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ruy bergan oydagi barcha ish
kunlariga (jadval bo’yicha) bo’lish yuli bilan aniqlanadi. (Eslatma: Ushbu va keyingi barcha hollarda ish vaqti soatlari normasi doirasida tuzilgan ish jadvali nazarda to’tiladi).
Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani ushbu oyda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga kupaytirish yuli bilan aniqlanadi.
Shirkat xo’jaligi a’zolariga, shu jumladan mexanizatorlar va mutaxassislarga nafaqa umumiy asoslarda hisoblab chiqariladi.
Agar shirkat xo’jaligida keyinchalik hisob-kitob qilinadigan (davrlar bo’yicha, yil oxirida) avansli xak to’lash amalga oshirilsa, nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) boshlangan kungacha olingan avansdan hisoblab chiqariladi va yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilgan-dan keyin qayta hisoblanadi.
Mehnatga xak to’lash bilan berilmasdan, mehnat kunlari yozilsa va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) mehnat kunlari uchun haq to’lanadigan kungacha boshlangan bo’lsa, nafaqa eng kam ish haqidan to’lanadi va keyinchalik qayta hisoblanadi.
Ushbu koida homiladorlik va tug’ish nafaqasini hisoblab chiqarishda qo’llanilmaydi.



Yüklə 462,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə