Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/184
tarix24.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#159823
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   184
mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com

www.ziyouz.com
кутубхонаси
72
KITIYLIK ZENON 
(Miloddan avvalgi 346-264 yillar)
Qadimiy yunon faylasufi Zenon ko‘hna Kiprning to‘qqiz asosiy shaharlaridan biri 
bo‘lmish Kitiy shahrida tug‘ilib o‘sdi. Uning otasi Mnasey savdogarlik bilan shug‘ullangan. 
Zenon kiniklardan biri — faylasuf Kratetdan va Megar maktabining namoyandalari 
Stilpon va Diodordan, keyinroq Aflotunning izdoshi Polemondan tahsil oldi. 
Zenon yoqimsiz tashqi qiyofaga ega bo‘lgan. Manbalarda yozilishicha, uning bo‘yni 
qiyshiq, o‘zi esa o‘ta oriq va novcha bo‘lib, oyoqlari gavdasiga nisbatan yo‘g‘onroq edi. U 
o‘zining notavon va majruh qiyofasidan doimo uyalib yashagan. Faylasufning sinchkov 
chehrasi, jiddiy nigohi va ajinlar kesib o‘tgan manglayi har qanday odamning diqqatini 
tortardi. U doimo xomush qiyofada yurar, chehrasidan achchiq istehzo arimasdi. U doimo 
odamlardan o‘zini olib qochar, loaqal bir tomondan bo‘lsa-da, odamlardan xoli qolish 
uchun ko‘chadagi o‘rindiqning ham eng chekka qismiga borib o‘tirardi. 
Zenon falsafaning nozik jihatlari haqida o‘zicha tasavvurga ega edi. U Kafisiy ismli 
naychining imkon boricha qattiqroq ovoz bilan kuy chalishga urinayotgan shogirdi 
yelkasiga qoqib: «Ezgulik kuchda emas, balki kuch ezgulikdadir», degani haqidagi 
voqeani so‘zlab berishini xush ko‘rardi. 
Zenon alohida bir teran zakovat egasi edi. Uning asarlaridan bizgacha faqat 
sarlavhalaru qo‘lyozmalar parchalarigina yetib kelgan. U falsafa faniga birinchi bo‘lib 
«katalepsis» (tushuncha) atamasini olib kirib, olamni ikki asosiy nuqtai nazardan 
anglash g‘oyasini ishlab chiqdi va ularni quyidagicha atadi: 
1. Bizning hukmimizdagi narsalar. 
2. Hukmimizdan tashqaridagi narsalar. 
Zenon falsafiy qarashlarga oydinlik kiritishda noma’lum narsalarni aslida ma’lum, 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə