Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/142
tarix25.02.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101489
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142
Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
51.Yolvorish va Alloh huzurida o‘zini haqir tutishda boshqa niyatda dangasalik yoki kibr tufayli 
boshyalang jomakorda namoz o‘qish. 
52.Ko‘ngli tortib turgan taom dasturxonga tortil paytda namozni boshlash. 
53.Fikrni chalg‘ituvchi narsalar qarshisida namoz o‘qi! 
54.O’qiyotgan oyatlarini barmoq bilan sanash. 
55.Ruku va sajdada tasbehlarni barmoq bilan sanash. 
56.Imomning ko‘rinmaydigan darajada chuqur mehrobda namoz o‘qishi. 
57.Imomning yolg‘iz o‘zi jamoatdan yarim metrcha pa joyda turishi. 
58. Oldingi safda bo‘sh joy turib, orqa safda namoz
59. Jonli narsalarning rasmi tushirilgan kiyimlari bilan namoz o‘qish. 
60. Namoz o‘qiyotgan kishining ro‘parasida, boshidan balaidda yo orqa tomonida jonli narsalarning 
rasmi bo‘lishi. 
Faqat (yuqorida sanab o‘tilgan hollarda) rasm kichik yoki boshi kesilgan yoki jonsiz narsalarning 
rasmi bo‘lsa, makruh emas. 
61.
Namozxonning ro‘parasida ichida olovi bor tandir yoki qo‘raga o‘xshash narsaning bo‘lishi. 
62.
Namozxonning ro‘parasida ichida olovi cho‘g‘ bo‘lgan o‘choqbo‘lishi (chunki bunday hollarda 
namoz o‘qiyotgan shaxs majusiylarga o‘xshab qoladi). 
63.
Namoz o‘qiyottan kishining ro‘parasida uxlayotgap kishi bo‘lishi. 
Izoh: Namoz o‘qiyotgan kishini uyaltiradigan, uni bezovta qshyudigan yoki uxlayotgailar bilan 
yuzma-yuz bo‘lib qoladigan holatlarda namoz o‘qish makruhdir. Agar bunday holatlarning yuz berish 
ehtimoli bo‘lmasa, uxlayotganlar qarshisida namoz o‘qishning zarari io‘q. Chunki hadisda Hazrati 
Oyishadan, roziyallohu anho, rivoyat qilinadi: "Qibla bilan namoz o‘qiladigan joylar orasida men 
uxlayotganimda Rasululloh, sollallohu alaihi va sallam, kenalari nafl namoz o‘qirdilar va vitr 
namoziga navbat kelganida meni ham uyg‘otar edilar, birgalikda vitr namozini ado qilar edik ".
64.
Namoz asnosida o‘ziga zararli bo‘lmagai tuproqni peshonasidan artib tashlash. 
65.
Doimo bir surani belgilab olib, boshqalarini o‘qimaslik. (Faqat o‘zi eng yaxshi bilgan yoki 
Paygambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, ko‘proq shu surani O’qiganlar, deya hurmat tariqasida 
o‘qish makruh emas). 
66.
Oldidan biror kishining o‘tish ehtimoli bor joyda sitra qo‘ymasdan namoz o‘qish. 
Sitra qo‘yish 
Oldidan inson kesib o‘tishi ehtimoli bor joyda na-Moz o‘qiydigan kishiga bir ziro’ (yarim metr) 
yoki yanada balandroq va kamida barmoq qalinligida sitra qo‘yish Mustahabdir. Sitraga yaqin turish, 
tik ro‘parasida emas, bir oz yonlama turish sunnatdir. Agar sitra uchun biror narsa toda olmasa, uzun 
bir to‘g‘ri chiziq chizadi. Hilol shaklida egri chiziq chizish mumkin, deganlar ham bor. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə