|
![](/i/favi32.png) Microsoft Word nurul izoh ziyouz com docAbul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izohwww.ziyouz.com kutubxonasi
48
VITR NAMOZINING HUKMI VA O‘QILISH TARTIBI
Vitr bir salom bilan uch rakat o‘qiladigan vojib namozdir. Barcha rakatlarida Fotiha va zam sura
o‘qiladi. Ikkinchi rakatidan so‘ng o‘tiriladi va faqatgina "Attahiyotu" o‘qiladi. Uchinchi rakatga
turilgach, sano o‘qilmaydi. Fotiha "va zam sura o‘qilgach, qo‘llar quloqning yumshoq joyiga ko‘tarilib
takbir aytiladi. So‘ngra qo‘llar pastga qo‘yib yubormasdan yana bog‘lanadi. Qiyomda, rukudan avval
Qunut duosi (butun yil bo‘yi) o‘qiladi (vitrdan boshqa namozlarda o‘qilmaydi).
Izoh: Qunut duosi Imomi A’zamdan, rahmatullohi alayh, ham farz, ham vojib, ham sunnat ekanligi
rivoyat qilingan. Olimlar mazkur rivoyatlarni birlashtirib, bajarilishi farz, ishonib e’tiqod qilinish
vojib, sobit bo‘lishi (hadislarda zikr etilgani unun) sunnat deganlar.
Butun yil bo‘yi deyishimiziing sababi shuki, Hanafiy mazhabmda "Qunut "duosi o‘qishni
shofe’iylardagi "Qunut "duosiga aralashtirib yubormaslik uchundir. Ma’lumki, Shofe’iy mazhabida
faqatgina Ramazon oyining o‘n beshinchi kunidan so‘ng vitr namozida Qunut duosi o‘qiladi. Yil
davomida esa bomdod namozi farzining ikkinchi rakatida rukudan so‘ng ham Qunut duosi o‘qiladi.
Shofe’iylarga ko‘ra, Qunut duosini o‘qshi sunnati muakkadadir.
Qunut duosi
Allohumma inna nasta’inuka va nastag‘firuk. Vanu’minu bika va natavakkalu ‘alayka va
nusniy ‘alaykal xoyr. Kullahu
nashkuruka va la nakfuruk. Va naxla’u va natruku may-yafjuruk.
Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjug‘u va ilayka nas’a va nahfidu narju
rohmatak(a). Va naxsha ‘azabaka inna ‘azabaka bil kuffari mulhiq.
Ma’nosi:
"Allohim! Faqatgina sendan yordam so‘raymiz, bizni to‘g‘ri io‘lga hidoyat qiliiishgni
tilaymiz. Sendan gunohlarimizni magfirat qilishingni so‘raymiz va senga tav-ba qilamiz. Senga imon
keltiramiz va tavakkal qilamiz. Senga hamd aytamiz va doimo yaxshilik bilan zikr qilamiz. Seiga shukr
qilamiz va hsch qaysi ne’matingni inkor qilmaymiz. Kufrdan va senga xush kelmaydigan barcha
narsalardan) o‘zimizni uzoq tutamiz. Sening rizoligingga zid harakat qilganlarni tark etamiz.
Allohim! Faqatgina Senga ibodat qilamiz, faqatgina Sen uchun namoz o‘qiymiz. Faqat Sengagina
sajda qilamiz. (Amalda bizni Senga yaqinlashtiradigan narsalarni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimiz
bilan harakat qilib), senga talpinamiz. Rahmatingni umid qilib, azobingdan qo‘rqamiz. Muhaqqaq
ishonamizki, Haq bo‘lgan azobing kofirlargadir ".
Qunut duosini imom ham, iqtido qilgan jamoat ham ichida o‘qiydi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|