|
![](/i/favi32.png) Microsoft Word nurul izoh ziyouz com docAbul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul-Izohwww.ziyouz.com kutubxonasi
50
NAFL NAMOZLARI
Sunnati muakkadalar
Bomdod namozining farzidan avval, peshin, shom, xuftonning farz namozlaridan so‘ng, ikki rakat.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shom namozining farzidan so‘ng o‘qiladigan
ikki rakat sunnat haqida shunday deganlar: "Kim shom namozining farzidan so‘ng, hech gapirmasdan
birinchi rakatida Kofirun, ikkinchi rakatida Ixlos suralarini zam qilib, ikki rakat namoz o‘qisa, ilon
qobig‘idan chiqqanidek, gunohlaridan poklanadi.
Peshinning farz namozidan avval, Juma xutbasidan avval va Jumaning farz namozidan so‘pg to‘rt
rakat namoz o‘qish sunnati muakkadadir.
Mazkur sunnat namozlar bir salom bilan o‘qiladi.
Mandub namozlar
Mandub (ya’ni, sunnati muakkada bo‘lmagan) iamozlar quyidagilardir: Asr namozidan oldin va
xufton namozidan avval va keyin to‘rt rakat. Shom namozining sunnatidan so‘ng olti rakat namoz
o‘qish mandubdir.
Izoh: Chunki Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Kim shomdan so‘ng olti rakat nafl
namoz o‘qisa, avvobinlardan (biror gunoh ish qilib qo‘ygach, darhol orqasidan tavba qiluvchi
kishilar) hisoblanadi ", deganlar va ushbu oyati-karimani o‘qiganlar (ma’nosi): "Alloh taolo
avvobinlarni mag‘firat qiluvchi Zotdir".
Shom namozining ikki rakat sunnati ushbu olti rakat nafl namoziga kirmaydi.
Nafl namozlarga oid turli hukmlar
1.
To‘rt rakatli sunnati muakkada namozlarning avvalgi qa’dasida faqat "Attahiyyotu" o‘qiladi va
uchinchi
rakatga turganida sano o‘qilmaydi. Ammo to‘rt rakatli sunnati muakkada bo‘lmagan
namozlar esa bunday emas. Dastlabki qa’dada "Attahiyotu"ni o‘qigach, salovotlar o‘qiladi hamda
uchinchi rakatga turilganida sano o‘qiladi.
2.
Ikki rakatdan ziyoda nafl o‘qiydigan kishi faqat oxirgi rakatda o‘tirsa (ya’ni ilk qa’dani tark
qilsa), namozi istihsonan sahihdir. Chunki nafl namozlarini ikki rakat o‘qish joiz bo‘lganidek, to‘rt
rakat o‘qish ham joizdir.
3.
Kunduzi bir salom bilan nafl namozlarni to‘rt rakatdan, kechasi sakkiz rakatdan ko‘p o‘qish
makruhdir.
4.
Kunduzgi va tungi nafl namozlarni Imom Abu Hanifa rahmatullohi atayhga ko‘ra, bir salom bilan
to‘rt rakat-to‘rt rakat, Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadga ko‘ra kechasi o‘qiladigan nafl
namozni ikki rakat-ikki rakata dan o‘qish afzaldir. Fatvo imomayn nuqtai-nazarlariga berilgan.
5. Tungi nafl namoz kunduzgi nafl namozdan fazplatliroqdir (tungp va kunduzi o‘qiladigan nafl
namozlarda qiyomni (uzunroq zam sura o‘qib) cho‘zish ko‘proq sajda qilishdan (ya’ni rakat sonini
orttirishdan) fazilatliroqdir.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Namozlarning eng fazilatlisi qunuti (ya’ni
qiyomi) eng uzuk bo‘lgan namozlardir" deganlar. Chunki, uzoq muddat qiyomdy tik turish ko‘proq
Qur’on o‘qishga imkon beradi. Ko‘proq ruku va sajda qilish (rakatlar sonini orttirish) tasbehlarni
ko‘paytirishni ta’minlaydi. Albatta, Qur’on o‘qish tasbeh aytishdan fazilatliroqdir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|