Microsoft Word ohirat ziyouz com doc



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20
"Aniqki, Bizga Yer ular (ning jasadlari)ni kamaytirayotgani (ya’ni, jasadlari 
chirib tuproqqa aylanib ketayotgani) ma’lum. Va Bizning huzurimizda (barcha 
narsani o‘z sahifalarida) saqlaguvchi Kitob (Lavhul Mahfuz) bordir (demak, 
ularni qayta tiriltirib hisob-kitob qilish Biz uchun qiyin ish emasdir)".
Bu tirilish jarayonida voyaga yetmasdan o‘lganlar voyaga yetmagan yoshda, qari holda 
o‘lganlar qari holda , yigit yoshida o‘lganlar qanaqa yoshda bo‘lsa, shu yoshda 
tiriltiriladilar. Alloh taolo arshi a’lo ostida mayin bir shamol esdiradi. Bu shamol yer 
yuzini butunlay qoplaydi. Yer yuzi xuddi changga o‘xshagan mayin qum holiga kiradi. 
Shundan keyin Alloh taolo Isrofil (a.s.)ni tiriltiradi. Quddusdagi muborak toshdan sur 
chalinadi. Sur nurdan yaratilgan bo‘lib, muguzga o‘xshagan bir maxluqdir va o‘n to‘rt 
qismdan iborat. Bir qismda quruqlikda yashagan hayvonlar sonicha teshik bor. 
Quruqlikda yashagan hayvonlarning ruhlari o‘sha teshiklardan chiqadi. Ari ovoziga 
o‘xshagan ovozlar eshitiladi va Yer bilan osmon orasini to‘ldiradi. So‘ngra har bir ruh o‘z 
jasadiga kiradi. 
Hatto tog‘larda o‘lgan, vahshiy hayvonlar yegan, yirtqich qushlar yegan insonlarning 
ruhlari ham o‘z jasadlarini topadi. 
Alloh taolo Zumar surasining 68-oyatida shunday marhamat qilgan: 
"Sur chalindi-yu, osmonlar va Yerdagi bor jonzot o‘ldi, magar Alloh xohlagan 
zotlargina (tirik qoldilar). So‘ngra u ikkinchi bor chalindi-da, banogoh ular 
(ya’ni, barcha xaloyiq qayta tirildi va qabrlaridan) turib, (Allohning amriga) 
ko‘z tutarlar".
Insonlar qabrlaridan tanalari chirigan yoki yonib kul bo‘lgan joylaridan turib ko‘radilarki, 
tog‘lar titilgan paxtadek, dengiz suvsiz qolgan, yerda na chuqurlik, na balandlik 
qolmagan. Yer yuzi xuddi qog‘ozdek tep-tekis bo‘lib qoladi. 
Insonlar qabrlarining ustida o‘tirib, yalang‘och holda atrofga hayrat va o‘ychan holda 
boqadilar. 
Sahih bir hadisi sharifda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: "Insonlar hammasi 
kiyimsiz, yalang‘och va sunnat qilinmagan hollarida hashr qilinadilar". Ammo g‘ariblikda 
kiyimsiz holda vafot etgan bo‘lsa, ularga jannat kiyimlari keltiriladi va kiydiriladi. 
Shahidlarning va sunnatga (ya’ni, islom ahkomlariga) amal qilib yashab vafot etgan 
solih kishilarning igna teshigichalik ham joylari ochiq qolmaydi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
yana bir hadislarida aytganlarki: "Ey ummatim va ashobim! Siz o‘liklarning kafaniga 
e’tibor beringlar! Chunki mening ummatim kafanlari bilan hashr qilinadilar. Holbuki, 
boshqa ummatlar yalang‘ochdirlar". Bu hadisni Abu Sufyon (r.a.) rivoyat qilganlar. 
Payg‘ambar (s.a.v.) yana shunday deganlar: "O‘liklar kafanlari bilan hashr qilinadilar". 
Bir kasal yotgan kishi o‘limi oldidan: "Menga falon kiyimni kiydiringlar" deganini 
eshitdim. So‘raganini kiydirmadilar. Ustidagi kalta bir kuylak bilan vafot etdi. Boshqa 
biror bir kafan topilmadi. Bir necha kundan keyin tushda ko‘rildi. Juda xafa holda edi. 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
21
"Senga nima bo‘ldi?" deb so‘ralganida: "Men istagan kiyimni kiydirmadinglar. Meni mana 
shu kalta ko‘ylak bilan hashr qilinishimga mahkum etdinglar" deb javob qildi. 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə