|
Microsoft Word ohirat ziyouz com docimom-gazzoliy -qiyomat-va-oxiratwww.ziyouz.com
kutubxonasi
36
"Bu Kunda (hech kimga) zulm qilinmas. Albatta Alloh tez hisob-kitob qilguvchi
Zotdir",
(G‘ofir, 17-oyat).
Hamma uchun katta bir Kitob olib kelinadi. Uning kattaligi sharqdan g‘arbgachadir. Unda
maxluqotlarning barcha katta-yu kichik amallari yozilgan. Alloh taolo hech bir bandasiga
zulm qilmaydi. Maxluqlarning har kuni qilgan amali shu Kitob bilan arz qilinadi. Alloh
taolo Abasa surasining 16-oyatida bildirilgan:
"Kiromin barora",
farishtalariga, ya’ni
karim va itoatkor farishtalariga amallarni yozishni buyurgan. O‘sha Kitob ana shudir.
Josiya surasining 29-oyati sharifi buni shunday ta’riflaydi.
"Darhaqiqat, Biz sizlar qilguvchi bo‘lgan barcha amallaringizni (ushbu nomai
a’molga) ko‘chirib qo‘ygandirmiz".
Undan keyin munodiy har kimni bitta-bitta chaqiradi. Hamma alohida-alohida hisob
qilinadi. Nur surasining 24-oyatida shunday marhamat qilinadi.
"U kunda – Qiyomatda qilib o‘tgan (bo‘htonlari) sababli ularning tillari ham,
qo‘l va oyoqlari ham o‘zlarining ziyonlariga guvohlik berur".
Sahih xabarda bizga bildirganki, bir kishi Alloh taoloning huzuriga keltiriladi. Haq taolo
unga: "Ey osiy banda! Sen mujrim va osiy bo‘lding", deydi. Banda: "Ey Rabbim! Men
hech narsa qilmadim", deydi. Alloh taolo: "Senga qarshi dalillar va guvohlar bor", deydi.
U odamning Hafaza farishtalari keltiriladi. U odam: "Ular men haqimda yolg‘on
gapirishdi", deydi. Bu holni Nahl surasining 111-oyati bizga ta’rif etadi:
"Har bir jon faqat o‘zini o‘ylab – himoya qilib qoladigan va har bir jon qilgan
amalining (mukofotini) to‘la oladigan, ularga zulm qilinmaydigan Kunni (ya’ni,
qiyomatni eslang)!".
"Bu kunda Biz ularning og‘izlarini muhrlab qo‘yurmiz. Bizga ularning qilib o‘tgan ishlari
haqida qo‘llari so‘zlab, oyoqlari guvohlik berur".
Shu tariqa osiylarning a’zolari guvohlik beradi va ular do‘zaxga yuboriladi. Mujrimlar (din
dushmanlari, harom ish qilganlar, namozga ahamiyat bermaganlar) o‘z a’zolariga baqira
boshlaydilar. A’zolari esa shunday deydi:
Dostları ilə paylaş: |
|
|