Microsoft Word ohirat ziyouz com doc



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

O‘NINCHI FASL
Arosat maydoni "mavkif va mahshar yeri" ham deyiladi. U yerdagilarning qanday 
tartibda chaqirishlarini olimlarimiz asarlarida turlicha keltirishgan. Hadislar va tafsirlarda 
ham bu to‘g‘rida ma’lumotlar bor. Alloh taolo eng birinchi jazoga hukm qilinadiganlari – 
bu qotillardir. Va eng birinchi ajrlari beriladigan kishilar – bu iymoni to‘g‘ri bo‘lgan ko‘zi 
ojizlardir. Bir munodiy nido qiladi: "Dunyoda ko‘rishdan mahrum bo‘lganlar qaerda?" 
Keyin ularga: "Siz Alloh taoloning jamolini ko‘rishga hammadan ko‘proq loyiqsiz" 
deyiladi. Alloh taolo ularga hayo bilan muomala qilib: "O‘ng tarafga o‘tinglar", deydi. 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
39
Ular uchun bir bayroq bog‘lanib, Shuayb (a.s.)ning qo‘liga beriladi. Shuayb (a.s.) ularga 
imom bo‘ladi. Ular bilan birga behisob nuroniy farishtalar ham bo‘ladi. Ularning sonini 
Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Ularning oldiga boradilar va sirotdan xuddi 
yashindek tez o‘tadilar. Sabrda va xilmda ularning har biri Abdulloh ibn Abbos (r.a.) va 
unga bu ummat ichida o‘xshaydiganlar kabidir. 
Undan keyin: "Balolarga sabr qilganlar qaerda?" deb nido qilinadi. So‘ng cho‘tir kasaliga 
duchor bo‘lganlar va sariq kasal bo‘lganlar keltiriladilar. Alloh taolo ularga salom beradi. 
Ular ham o‘ng tarafga o‘tkaziladi. Ular uchun yashil bayroq bog‘lanib, Ayyub (a.s.)ning 
qo‘liga beriladi. Ul zot Ashobi Yaminning imomi bo‘ladi. Mubtalo bo‘lganning sifati sabr 
va hilmdir. Uqayl ibn Abu Tolib (r.a.) va bu ummatdan va unga o‘xshaganlar shundaydir. 
Undan keyin nido qilinadiki: "Islom dushmanlarining yolg‘onu tuhmatlariga aldanmasdan 
ahli sunnat e’tiqodida sobit qolgan va to‘g‘ri iymonini nomusini mukammal darajada 
muhofaza qilgan iymonli va iffatli yoshlar qaerda?". Ular ham keltiriladi. Alloh taolo 
ularga ham salom berib: "Marhabo!" deydi va xush muomalada bo‘ladi. Ularga ham: 
"O‘ng tarafga o‘tinglar!" deb buyuradi. Ular uchun ham bir bayroq bog‘lanib, Yusuf 
(a.s.)ning qo‘liga beriladi. Yusuf (a.s.) ularning imomi bo‘ladi. Bunday yoshlarning sifati 
– haromlardan, nomahram ayol va qizlardan saqlanishdir. 
Undan keyin yana bir nido bo‘ladi: "Alloh uchun bir-birini yaxshi ko‘rganlar, 
musulmonlarni sevganlar va kofirlarni, murtadlarni sevmaganlar qaerda?" Ular ham 
Alloh taoloning huzuriga keltiriladilar. Alloh taolo ularga ham: "Marhabo", deb xush 
muomalada bo‘ladi. Ular ham o‘ng tomonga o‘tkaziladi. Allohning dushmanlarini 
sevmaganlarning sifati ham sabr va xilmdir. Ular dunyoviy sabab tufayli mo‘minlarga 
hech qanday yomonlik qilmaydilar. Hazrati Ali (r.a.) va ummatdan unga o‘xshaganlar 
shundaylardandir. 
Undan keyin yana bir nido keladi: "Alloh taolodan qo‘rqib harom ish qilmaganlar va 
yig‘laganlar qaerda?" Ular ham keltiriladi. Ularning ko‘z yoshlari shahidlar qoni va olimlar 
sarflagan siyohi bilan tortiladi. Ko‘z yoshi og‘ir keladi. Ular ham o‘ng tarafga o‘tkaziladi. 
Ular uchun turli ranglar bilan bezatilgan bir bayroq bog‘lanadi. Chunki ular turli xil harom 
ish qiluvchilar orasida yashab turib, Alloh rahiymdir, kechiradi, deb aldashga harakat 
qilingani holda harom ish qilishmagandi. Turli gunohlardan saqlanib, Allohdan qo‘rqib 
yig‘lashgandi. Masalan, kimdir Allohdan qo‘rqib yig‘lagan, kimdir dunyoga aldanib 
qolmaslik uchun va boshqasi pushaymonlikdan yig‘lagandi. Ularning bayroqlari Nuh 
(a.s.)ga beriladi. Olimlar ulardan oldin o‘tishni xohlaydilar. "Ularga Alloh uchun yig‘lashni 
biz o‘rgatdik", deyishadi. 
Ahli sunnat olimlarining siyohlari bilan shahidlar qoni tortiladi. Olimlarning siyohi og‘ir 
kelib, o‘ng tarafga o‘tkaziladilar. Shahidlarga za’faron bir bayroq bog‘lanadi. Bayroq 
Yahyo (a.s.)ning qo‘liga beriladi va Yahyo (a.s.) ularning oldida ketadi. Olimlar ularning 
oldiga o‘tishni istab deyishadiki: "Shahidlar bizning ilmimizdan o‘rganib jang qildilar. Biz 
ulardan oldin borishga ko‘proq loyiqmiz". Shunda Alloh taolo lutf qilib shunday deydi: 
"Olimlar mening huzurimda Payg‘ambarlarim kabidir". Olimlarga xitoban: "Istagan 
kishilaringizni shafoat qiling", deydi. Olimlar oila a’zolariga va qo‘shnilariga, mo‘min 
birodarlariga va talabalaridan o‘zlariga tobe’ bo‘lganlarini shafoat qiladilar. 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə