Microsoft Word ohirat ziyouz com doc



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
42
muhtojman. Uni balki mingta kishidan so‘ragandirman. Hammasi bir bahona bilan 
bermadilar", deydi. Haligi kishi bunga deydiki: "Alloh taoloning huzuriga bordim. 
Sahifamda birgina savobdan boshqa savob topa olmadim. U ham meni qutqarishga 
yetmaydi. Uni senga ehson qilaman. Uni mendan ol!" Bu odam suyungan holatda 
Allohning huzuriga qaytadi. Alloh taolo uning holini bilgan holda: "Nima qilib kelding?" 
deb so‘raydi. Bu odam voqeani bayon qiladi. Alloh taolo savobini bergan odamni 
huzuriga chaqiradi va: "Iymon egalariga mening karamim sening karamingdan
ehsondan ko‘proqdir. Birodaringning qo‘lidan ushla. Boringlar jannatga!" deb marhamat 
qiladi. 
Mezonning ikki pallasi baravar kelib, savob pallasi og‘ir kelmasa, Alloh taolo: "Bu na 
do‘zaxiydir va na jannatiydir" deydi. Shunda bitta farishta bitta sahifa olib kelib gunoh 
pallasiga qo‘yadi. Unda bitta "Uf" kalimasi yozilgan bo‘ladi. Shunda gunoh pallasi savob 
pallasidan og‘ir keladi. U odam shu sababli do‘zaxga hukm qilinadi. U ikki tarafga 
mo‘ltirab qaraydi. Alloh taolodan o‘zini chaqirishni so‘raydi. Alloh taolo uni chaqiradi va 
deydi: "Ey osiy banda! Nega seni chaqirishimni so‘rading?" U banda: "Ey Rabbim! Ota-
onangga osiy bo‘lganim uchun do‘zaxga ketayotganimni angladim. Ularning azobini 
menga qo‘shginda, ularni do‘zaxdan ozod qil!" deydi. Shunda Alloh taolo: "Ota-onangga 
dunyoda osiy bo‘lding. Oxiratda esa ikrom qilding. Ularning qo‘lidan yetaklab jannatga 
olib bor!" deb marhamat qiladi. 
Jannatga yuborilmaganlarni farishtalar hibs qilishadi. Chunki farishtalar oxirat ahkomini 
juda yaxshi biladilar. Hatto oxiratda nasibasi bo‘lmagan bir qavmga nido qilinadiki, bular 
oxiratning o‘tinlaridandir. Ular do‘zaxni to‘ldirish uchun yaratildilar. Ularga xitoban Alloh 
taolo Vas-soffat surasining 24-oyatida shunday deydi: 
"(Ammo farmonim bo‘lguncha) ularni to‘xtatib (do‘zaxga tashlamay) turinglar! 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə