Microsoft Word ohirat ziyouz com doc


Chunki ular qilmishlari haqida so‘raluvchidirlar."



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

Chunki ular qilmishlari haqida so‘raluvchidirlar."
Ular hibs qilinadilar. Toki ularga Vas-soffot surasining 25-oyatida kelganidek: 
"(U Kunda kofirlarga deyilur): "Nega bir-birlaringizga yordam 
bermayapsizlar?!" 
deyilgunga qadar shu holda qoladilar. Shu holatda taslim bo‘ladilar. 
Gunohlarini e’tirof etadilar va hammalari jahannamga yuboriladilar. Shu tariqa 
Muhammad alayhissalom ummatlaridan buyuk gunoh qilganlari keltiriladi. Yoshu qari
ayolu erkak bir joyga to‘planadi. Do‘zaxning boshqaruvchisi bo‘lgan "Molik" ularga 
qarab, shunday deydi: "Sizlar qaroqchi toifasidandirsiz. Lekin ko‘ryapmanki, qo‘lingiz 
bog‘langan va yuzingiz ham qora emas. Sizdan go‘zalroq kimsa do‘zaxga kelmadi". Ular 
esa: "Ey Molik! Biz Hazrati Muhammadning (s.a.v.) ummatimiz. Ammo qilgan 
gunohlarimiz bizni do‘zaxga yetakladi. Bizni xoli qo‘y, gunohlarimizga yig‘laylik", 
deyishadi. Shunda Molik ularga: "Yig‘langlar! Ammo endi sizga yig‘lash foyda bermaydi!" 
deydi. 
O‘rta yoshli kishilar: "Dardlarim, siqintilarim ortdi!" deb yig‘laydilar. 
Bir qari chol qo‘llarini oppoq soqoliga qo‘yib: "Oh! Yoshligim o‘tdi. Alam, dard ortdi. Zalil 
bo‘ldim, razil bo‘ldim!" deb yig‘laydi. 
O‘spirinlar: "Oh! Yoshlikning qadriga yetmadik!" deb yig‘laydilar. 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
43
Ayollar sochlarini yulib: "Ey voh! Yuzim qora bo‘ldi, rasvo bo‘ldim", deb yig‘laydilar. 
Alloh taolo: "Ey Molik! Bularni birinchi do‘zaxga tashla!" deb nido qiladi. Ular do‘zaxga 
tashlangach. "Lo iloha illalloh" deb baqiradilar. Do‘zax bu so‘zni eshitib besh yuz yillik 
masofaga qochib ketadi. (Bir narsaning ko‘pligini bildirish uchun uni katta raqamlar bilan 
aytish Arabistonda odat bo‘lgan. Yana katta raqamlar miqdor emas, ko‘plikni bildiradi.) 
Yana bir nido keladi: "Ey jahannam ularni ichingga ol! Ey Molik, ularni birinchi do‘zaxga 
tashla!" Ularni momaqaldiroq gumburlagandek bir gumburlagan ovoz eshitiladi
jahannam ularning qalblarini yoqmoqchi bo‘lganda,. Molik jahannamni to‘xtatadi. "Ey 
jahannam, ichida Qur’oni karim bo‘lgan va iymon bo‘lgan qalblarni yoqma! Rahmon 
bo‘lgan Alloh taologa sajda qilgan peshonalarni yoqma!" deydi. Bir kishi do‘zax ahlining 
ovozlaridan ham balandroq ovoz bilan baqiradi. Uni do‘zaxdan chiqaradilar. Terisi olovda 
yongan bo‘ladi. Alloh taolo undan: "Senga nima bo‘ldiki, do‘zax ahlining eng baland 
ovozda baqirgani sensan?" deb so‘raydi. U kishi: "Ey Rabbim! Meni hisob qilding. Sening 
rahmatingdan hali ham umidimni uzmadim. Sen meni eshitayotganingni bilaman. 
shuning uchun qattiq baqirdim", deydi. Alloh taolo unga: 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə