Microsoft Word ohirat ziyouz com doc


"Parvardigoring fazlu rahmatidan faqat adashgan kimsalargina noumid



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

"Parvardigoring fazlu rahmatidan faqat adashgan kimsalargina noumid 
bo‘lurlar", ya’ni, Hijr surasining 56-oyati karimasi bilan xitob qiladi. "Bor, seni 
mag‘firat qildim",
deydi. 
Yana bir kishi do‘zaxdan chiqadi. Alloh taolo: "Ey bandam, do‘zaxdan chiqding. Qaysi 
amaling bilan jannatga kirasan?" deb so‘raydi. U banda: "Ey Rabbim! Men ojizman, 
ozgina narsadan boshqa narsa so‘ramayman", deydi. Unga jannatdan bir daraxt 
ko‘rsatiladi. Alloh taolo: "Sen ko‘rgan shu daraxtni senga bersam, boshqa narsa 
so‘ramaysanmi?" deb so‘raydi. U odam: "Ey Rabbim! Izzat va jaloling haqqi, boshqa 
narsa so‘ramayman", deydi. Alloh taolo: "Bu Mendan senga hadya bo‘lsin", deydi. U 
daraxtning mevasidan yeb, soyasida dam olgandan keyin, undan ham go‘zalroq boshqa 
bir daraxt ko‘rsatiladi. U odam haligi daraxtga maxliyo bo‘lib qoladi. Alloh taolo: "Senga 
nima bo‘ldi? Senga bu daraxt yoqib qoldimi?" deb so‘raydi. Banda: "Ha, ey Rabbim!" 
deydi. Alloh taolo: "Senga uni ham bersam, boshqa narsa so‘ramaysanmi?" deb 
so‘raydi. Banda: "So‘ramayman, ey Rabbim" deydi. U daraxtning mevasidan yeydi
soyasida dam oladi. Undan ham go‘zalroq bir daraxt ko‘rsatiladi. U odam bu daraxtga 
ham mahliyo bo‘lib qoladi. Alloh taolo: "Senga buni ham bersam, boshqa narsa 
so‘ramaysanmi?" deb so‘raydi. Banda: "Izzat va jaloling haqqi, so‘ramayman, ey 
Rabbim", deydi. Shunda Alloh taolo rozi bo‘lib, u mo‘min bandasini mag‘firat qiladi va 
jannatga kiritadi. 
Oxiratda bo‘ladigan Allohning qudratini ko‘rsatadigan ishlardan biri: Bir kishi Allohning 
huzuriga keltiriladi. Alloh taolo uni hisob-kitob qiladi. Savob va gunohlari tortiladi. U 
kimsa hozir Alloh taolo faqat meni hisob qilyapti, deb o‘ylaydi. Ammo unday emas. 
Chunki bu paytda hisobini faqat Alloh taolo biladigan miqdordagi kishilarning hisobi 
qilinadi. 
U yerda bir kishi ikkinchisini ko‘rmaydi. Biri ikkinchisining so‘zini eshitmaydi. Chunki har 
kim Allohning pardalari ostidadir. Subhonalloh, bu qanday buyuk quvvat va qudratdir. 
Bu haqda Alloh taolo Luqmon surasining 28-oyatida marhamat qilgan: 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə