Microsoft Word ohirat ziyouz com doc


"(Ey insonlar), sizlarni (barchangizni avval boshda) yaratish ham, (Qiyomat



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

"(Ey insonlar), sizlarni (barchangizni avval boshda) yaratish ham, (Qiyomat 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
44
kunida) qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni (yaratish va qayta tiriltirishning) 
o‘zginasidir (ya’ni, shu qadar osondir). Zero, Alloh Eshitguvchi, Ko‘rguvchidir."
Janobi Haqning bu qavlida sirlar bor. Bu sir zamonsiz va makonsiz bo‘lish siridir. Chunki 
Alloh taoloning mulki uchun, af’oli uchun va ishlari uchun had va g‘oya yo‘q. 
Subhonalloh, Uning fe’llaridan hech biri boshqa ishlarni qilishga mone’ bo‘lmaydi. 
Ana shunda bir kishi o‘g‘lining oldiga keladi va: "Ey o‘g‘lim! Men seni kiyintirdim, sen 
kiyim kiyishga o‘zing qodir emasding. Senga suv va taom berdim. Bu ishlardan sen, 
albatta, ojiz eding. Bolaligingda seni muhofaza qildim, chunki sen o‘zingni zararli 
narsalardan muhofaza qila olmasding. Mevalar yeging kelganda, sotib olib berdim. 
Senga dinni, Iymonni o‘rgatdim. Seni Qur’on mudarrisiga jo‘natdim. Lekin mana, 
qiyomatning shiddatini ko‘ryapsan. Gunohlarimning ko‘pligini ham bilasan. Ozrog‘ini sen 
bo‘yningga ol! Toki gunohim kamaysin. Savobingdan bitta savob ber. Mezonim u sababli 
og‘ir kelsin", deydi. O‘g‘li undan qochadi va shunday deydi: "U bitta savobga men 
sendan ko‘ra ko‘proq muhtojman". 
Shu tariqa farzand bilan ona o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tadi, er xotin ham bir-birlari bilan 
shunday suhbatlashadilar. Aka-uka bir-biri bilan shu tariqa gaplashadilar. Bu holatni 
Alloh taolo Abasa surasining 34-35-36-oyatlarida shunday ta’riflaydi: 
"U Kunda kishi o‘z og‘a-inisidan ham, onasi va otasidan ham, xotini-yu, bola-
chaqasidan ham qochur!"
Hadisi sharifda shunday deyiladi: "Insonlar qiyomat kuni yalang‘och holda hashr 
qilinadilar". Oisha onamiz (r.a.) buni eshitganlarida: "Ular bir-birlariga qaramaydilarmi?" 
deb so‘radi. Shunda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abasa surasining 37-oyatini o‘qidilar: 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə