Microsoft Word ohirat ziyouz com doc



Yüklə 388,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/48
tarix23.12.2023
ölçüsü388,97 Kb.
#157059
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
imom-gazzoliy -qiyomat-va-oxirat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
40
Olimlardan har biri uchun bir farishta jar soldilar: Jarchi farishta deydiki: "Falon olimga 
Alloh taolo shafoat qilishni buyurdi. Kimki uning bir xizmatini qilgan bo‘lsa yoki unga bir 
luqma taom bergan bo‘lsa yoki bir qultum suv ichirgan bo‘lsa yoki kitoblarini yoygan 
bo‘lsa, ularni shafoat qiladi". U olimga bitta bo‘lsa ham yaxshilik qilinganlar, kitoblarini 
tarqatganlar o‘rinlaridan turadilar. U olim ularni shafoat qiladi. 
Hadisi sharifda bildirishiga, eng aval shafoat qiluvchilar Rasululloh (a.s.)dirlar. Keyin 
Nabiylardir Ulardan keyin esa olimlardandir (r.a.). Olimlar uchun oq bayroq bog‘lanadi 
va Ibrohimning (a.s.) qo‘llariga beriladi. Ibrohim (a.s.) ma’rifatni yuzaga chiqarish 
jihatidan Rasullarning ilg‘oridir. Shuning uchun bayroq ul zotga beriladi. 
Undan keyin yana bir nido bo‘ldi: "Nafaqasi uchun har kun ishlab terlagan va topganiga 
qanoat qilgan faqirlar qaerda?" Faqirlar ham Allohning huzuriga keltiriladi. Alloh taolo 
lutf qilib: "Marhabo, ey zindon sizlarga sindon bo‘lgan kishilar", deydi. Ularga ham 
ashobi yamin (jannat ahli) bilan birga bo‘lishlari buyuriladi. Ular uchun esa, bir sariq 
bayroq bog‘lanib, Isoning (a.s.) qo‘liga beriladi. Iso (a.s.) ularga imom bo‘ladi. 
Undan keyin yana bir munodiy (jarchi) nido qiladi: "Shukr qilgan, mollarini, pullarini 
dinni quvvatlantirish uchun, musulmonlarni zolimlardan himoya qilish uchun sarflagan 
boylar qaerda?". Ular ham keltiriladi. Alloh taolo ularga ehson qilgan narsalarini besh 
yuz yil sanattiradi. Ya’ni, boyliklari bilan nima qilganlarining hisobini so‘raydi. Ular uchun 
ham turli rangdagi bir bayroq bog‘lanib, Sulaymon (a.s.)ga beriladi. Sulaymon (a.s.) 
ularga imom bo‘ladi. Ularni ham ashobi yaminga qo‘shishlarini buyuriladi. 
Hadisi sharifda keladiki, to‘rt narsa to‘rt narsaga guvohlik berishlarini talab etadi. Mollari 
bilan, mavqe’lari bilan musulmonlarga aziyat yetkazganlardan so‘raladiki: "Sizni Allohga 
ibodat qilishdan nima to‘sdi?" Ular: "Alloh taolo bizga mulk va rutba berdi. Bular bizni 
Allohga ibodat qilishdan to‘sdi", deyishadi. Ulardan: "Mol-mulk jihatidan Sulaymon (a.s.) 
boyroq edimi yoki sizmi?" deb so‘raladi. Ular: "Sulaymon (a.s.) boyroq edi", deyishadi. 
Ularga: "Unday bo‘lsa Sulaymon (a.s.) Menga ibodat qilishdan shuncha mol-mulk man 
etmabdi-yu, sizni man etibdimi?" deyiladi. 
Undan keyin: "Ahli balo qaerda?" deyiladi. Ular ham keltiriladi. Ularga: "Allohga ibodat 
qilishdan sizni nima man etdi?" deyiladi. Ular deydilarki: "Alloh taolo bizni dunyoda 
dardlarga, siqintilarga mubtalo qildi. Shuning uchun zikrdan va chin ibodatdan mahrum 
bo‘ldik". Ularga: "Musibat jihatidan sizga kelgan musibat katta edimi yoki Ayyubga (a.s.) 
kelgan musibatmi?" deyiladi. Ular: "Ayyub (a.s.)ga kelgan musibat katta edi" deyishadi. 
"Unday bo‘lsa, Uni Allohning zikrdan va Alloh dinini insonlarga yoyishdan va ibodat 
qilishdan u musibat man etmabdi-yu, sizni man etdimi?" deyiladi. 
Undan keyin: "Yoshlar va mamluklar, ya’ni qullar va joriyalar qaerda?" deyiladi. Ular 
ham Alloh taoloning huzuriga keltiriladi. Ulardan so‘raladi: "Sizni Allohga ibodat qilishdan 
nima to‘sdi?" Yoshlar: "Alloh bizga jamol va go‘zallik berdi. Unga aldandik, yoshlik 
zavqlariga berildik. Yoshlik bizda abadiy qoladi deb o‘yladik. Allohning dinini 
o‘rganmadik. Haqqini ado qilmadik", deyishadi. Mamluklar esa: "Qullik va joriyalik ichida 
xo‘jayinlarimizga qullik qildik. Dunyo buyuklariga sig‘indik. Dinda johil bo‘ldik. Aldandik. 
Ey Rabbimiz! Sening haqqingni ado etishdan mahrum bo‘ldik", deyishadi. Ularga 
xitoban: "Sizlar go‘zal edingizmi yoki Yusuf (a.s.)mi?" deb so‘raladi. Ular: "Albatta, Yusuf 
(a.s.)", deyishadi. Shunda ularga: "Unday bo‘lsa, Yusufni (a.s.) Allohning haqqini ado 


Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy 

Yüklə 388,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə