Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm.Ashshurbanipol va a'yonlar



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

3-rasm.Ashshurbanipol va a'yonlar
 


44
Balandligi 2 m bazalt ustunida Xammurapining tik turgan holida kursida 
o‘tirgan quyosh va adolat xudosi Xamash qo‘lidan hokimiyat bel-gisi – 
tayoqni olayotgan holati tasvirlangan. Bu jihatdan u tasviriy monu-mental 
asar hamdir. 
Yangi Bobilning gullab-yashnashi podshoh Navuxodonosor (605-562) 
davriga to‘g‘ri keladi. Uning davrida dunyoning yetti mo‘jizasidan biri 
«Semi-ramidaning osma bog‘lari» qurilgan bo‘lib, uni sevgi ramzi deb ham 
atashadi. 
Shu davrga mansub «Bobil minorasi» (balandligi 90 m) – zikkurati 
o‘z davrining eng ulkan arxitektura inshooti bo‘lgan. Bu minorani Gerodot 
ko‘rib hayron qolgan. Minora to‘g‘risida Bibliyada ham eslatib o‘tiladi.
Qadimgi Bobilda matematika, geometriya, astronomiya, tibbiyot, 
tarix va boshqa fanlarga qiziqish erta boshlangan. Yerlarni o‘lchash, 
masofani aniqlash, hosilni hisoblash va savdo-sotiq ishlarini yuritish 
uchun mate-matika va geometriya kerak bo‘lgan. Bobilliklar son va 
sanashni bilganlar. 100 va 1000 liklar alohida belgi bilan ifoda etganlar
hatto doiraning 360
0
ekanligini aniqlaganlar. 
Mesopotamiyada qadimdan boshlab maktablar vujudga kelgan 
bo‘-lib, ularda o‘ziga to‘q kishilarning farzandlari ta’lim olgan. 
Maktablar-ning quyi sinflarida adabiyot, til, grammatika fanlari 
o‘qitilgan. Yuqori sinflarida esa astronomiya, matematika, 
geometriya, tibbiyot va veteri-nariya hamda diniy darslar o‘tilgan. 
Maktablar davlatni boshqarish uchun xodimlar tayyorlagan. 
Mesopotamiyadagi uchinchi kuchli davlat – Ossuriya edi. 
Ossuriya mil. avv. III mingyillikda tashkil topib, mil. avv. II 
mingyillikning ik-kinchi yarmida gullab yashnadi. Ossuriya yaqin 
Sharqda savdo yo‘llari-ning kesishgan joyida joylashganligi sababli 
tez orada kuchli davlatga aylandi. Ossuriya madaniyatida yetakchi 
o‘rinni arxitektura egallardi. Arxitektura obidalari ichida eng kattalari 
Dur-Sharrukinda qurilgan pod-sho Sargon II ning saroy majmuyi va Nineviyadagi 
Ashshurbanipalning saroyidir. Mazkur saroy devorlarida haykallar tasviri 
(hayvonlar) aks et-tirilgan. Ossuriyada saroy devorlarida podsho hayotidan lavhalar 
va ta-biat ko‘rinishlarini aks ettirish avj olgan. Masalan, podsho Ashshurbanipalning 
Nineviyadagi saroyining devorlarida «Katta sherlar ovi» tasvirida yaralangan, 
o‘layotgan va o‘lgan sherlarning holatlari ustalik bi-lan aks ettirilgan
15

15
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 22. 


45
Yuqorida qayd qilinganidek, Mesopotamiyada ko‘p xudolik 
mavjud bo‘lib, oy xudosini shumerliklar – 
Nishar, akkadliklar esa Sin deb ata-ganlar. 
Quyosh xudosini shumerliklar – Utu, 
akkadliklar esa Shamash deb nomlaganlar. 
Venera sayyorasi xudosini shumerlar – 
Ianni, akkadliklar o‘z ma’budasi Ishtar bilan 
taqqoslaganlar. Dastlab qurbonlikka 
odamlar so‘yil-gan, keyinchalik qo‘y va 
qo‘zilar qurbon qilingan. 
Xulosa qilib aytganda, bu o‘lkada 
tabiiy iqlimning qulayligi, yeros-ti 
boyliklarining mavjudligi, geostrategik joylashuvning mosligi – bular 
boshqa o‘lkalarga nisbatan ertaroq sun’iy sug‘orishga asoslangan deh-
qonchilik, hunarmandchilik va savdoning vujudga kelishiga hamda ri-
vojlanishiga sabab bo‘lgan. Moddiy madaniyatning rivojlanishi esa 
ma’-naviy madaniyat rivojlanishiga olib keldi. Ilk davlatlarning 
vujudga ke-lishi bilan esa madaniy taraqqiyot darajasi yanada 
tezlashdi. Natijada Mesopotamiya ilk sivilizatsiya beshiklaridan biriga 
aylandi. 
Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli 
mam-lakatlaridan biridir. Hindiston yarim oroli qadimdan tabIIy rang-
baranglik, boy o‘simlik, hayvonot va qimmatbaho yerosti boyliklariga 
ega bo‘lgan. Yarimorolda sersuv Hind va Gang kabi daryolar mavjud. 
Mil. avv. V mingyillikning oxiri IV mingyillikdan boshlab Hind daryosi 
vodiysida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan. IV mingyillik 
o‘rtalariga kelib bu joyda o‘ziga xos eng qadimgi hind madaniyati vujudga kelgan. 
Dehqonchilik, hunarmandchilik, chor-vachilik, savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida 
qishloq va shaharlar paydo bo‘lgan. Nihoyat, Hind daryosi va uning 
Panjob viloyatida qadimgi dav-latlar yuzaga keladi. Bu davlatlarning 
Mohinjo-Daro, Xarappa kabi katta shaharlari bo‘lgan. Mohinjo-Daro 
hozirda Pokiston hududida joylashgan bo‘lib, shaharning maydoni 
270 gektardan iborat. Bu yerdan arxeologlar ko‘chalar, pishiq va xom g‘ishtdan 
qurilgan turarjoylar, saroylar, om-borxonalar, ibodatxonalar va podsho qarorgohining 
qoldiqlarini topish-gan. Shaharda pishiq g‘ishtdan qurilgan suv tarmog‘i va 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə