Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm. Misr iyerogliflari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

14-rasm. Misr iyerogliflari 


94
rivojini va unga bog‘liq bo‘lgan butun fikriy taraqqiyotni Yaqin 
Sharqdagi qadimgi madaniyatlarning merosisiz to‘la tushunib 
bo‘lmaydi. Biroq Yaqin Sharqdagi madaniyatlar ta’sirini izchil tadqiq 
etish ishiga nisbatan kech kirishilganligi uchun keyingi yuz yil ichida 
qo‘lga kiritilgan natijalar bilangina chegaralanishga to‘g‘ri keladi.
Asotir tafakkur (afsonaviy fikrlash) – insonning dunyoga va 
bilvosita ijtimoiy munosabatlarga bo‘lgan munosabatini muayyan 
butunlikda ifodalash shakllaridan biridir. U garchi hayoliy bo‘lsa ham, 
bu dunyoning paydo bo‘lishi, tabiiy tartibning ma’nosi haqidagi 
savolga berilgan birinchi javobdir.
Dunyoni asotir tafakkur orqali tasvirlash diniy tasavvurlar bilan 
yaqindan bog‘liq bo‘lib, tabiat kuchlarini shaxslar faoliyati bilan 
ifodalashdir. Ammo u tabiat va inson jamiyati haqidagi asrlar 
davomida to‘plangan bilimlar majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Mantiqiy fikrlash (falsafa)gina inson tafakkurini afsonaviy an’analar 
va uni bevosita hissiy taassurotlarga bog‘lab qo‘ygan zanjirlardan 
ham xalos qila olish imkoniyatini beradi.
O‘tmishdagi Sharq falsafasini o‘rganish o‘sha davrdagi nuqtai 
nazarlarni bugungi erishilgan nazariy natijalar bilan qiyoslash 
imkoniyatini beradi. Sharq falsafasi dunyoni va jamiyatni tushunishda 
asosiy falsafiy muammolarni bayon qilish usullarining muayyan 
majmuini o‘z ichiga olgan. U o‘ziga xos sharqona tafakkur tarzini 
shakllantirganki, hozirgi yosh avlod ham undan benasib qolmasligi 
kerak. 
Eramizdan oldingi IV-III mingyilliklar orasida yagona Misr 
davlati paydo bo‘lmasdan oldin misrliklar tasavvurida inson tabiati, 
o‘limi va narigi dunyodagi hayoti haqida muayyan qarashlar 
shakllangan edi. Misrliklar fikricha: “Ismga ega bo‘lmagan narsa, 
mavjud bo‘lmaydi”. Shuning uchun tabIIyki, qabr toshida 
abadiylashtirilgan ism o‘lgan kishi hayotini abadiylashtiradi; va 
aksincha, ismni yo‘q qilish, uni egasini yakson qilish bilan barobardir. 
Misrliklar tasavvurida jasadni butun holda saqlash narigi dunyodagi 
abadiy hayotga zamin bo‘lar edi. Shuning uchun jasadni mumiyolash 
rasm bo‘lgan.
Qadimgi Misrdagi kishilarning dunyo va jamiyat haqidagi 
qarashlari ma'lum darajada afsonalar va ertaklar, rivoyatlar va 
qo'shiqlar kabi xalq og'zaki ijodi namunalarida saqlanib qolgan. Ular 
orasida «Isida va Osiris haqida»gi afsona, «To*g*ri va egri haqida»gi 


95
ertakni ko'rsatish mumkin. Qadimgi grek mutafakkirlari Plutarx («Isida 
va Osiris haqida») va Gerodotning («Tarix») asarlari ham misr 
afsonalari haqidagi ma'lumotlar manbai hisoblanadi
30

Qadimgi misrliklarning qarashlarida turmush va dunyoning 
mavjudligi (ontologiya) muammolari hamda insonning bilish 
imkoniyatlari (gnoseologiya) haqidagi masalalar hali o'zining 
tugalligi va aniqligiga erishmagan edi. Ko'pchilik hollarda bu qarashlar 
dunyoning paydo bo'lishi, tabiiy tartibotlarning ma'nosi, unson 
mavjudligining mazmuni nimada ekanligi to'g'risidagi dastlabki 
savollarga ko'proq afsona tarzidagi javoblar edi. 
Dunyoni afsonaviy tasvirlash ko'pincha diniy tasavvurlar bilan 
chambarchas bog'lanib ketadi. 
Plutarxning fikricha, misrliklar Ra xudosini dunyoning 
yaratuvchisi deb hisoblashadi. Bu Osiris, Isida, Seta va boshqa xudolarni 
hamda dastlabki insonlarni yaratgan. 
Vaqt o'tishi bilan qarib va kuchsizlanib qolgan Ra xudosiga 
boshqa xudolar va kishilar bo'ysunmay qo'yishadi. Ana shunda 
Raning tashabbusi bilan xudolar kengashi chaqiriladi va unda 
kishilarni jazolashga qaror qilinadi. Uni amalga oshirish Xator 
xudosiga topshiriladi, u yerga tushib kishilarni halok qilishga kirishadi. 
Nihoyat Ra kishilarga rahm qiladi va qirg'inbarotga chek qo'yiladi. 
Qartayib qolganligi bois Ra podshohlik qilishdan voz kechadi.
Radan so'ng ketma-ket uning uch juft farzandlari — juft xudolar 
podshohlik qilishadi. Podshohlik qilgan so'nggi juft xudolar — Osiris 
va Isida hisoblanadi. Ular kishilarni yaxshi xulqli qilib tarbiyalashga 
intiladilar va ular orasida madaniyatni keng yoyishga harakat qiladilar. 
Osirisning vafotidan so'ng podshohlik qilish yarim xudolarga o'tadi. 
Ulardan so'ng esa podshohlik qilish kishilarga nasib etadi. 
Bunday tasavvurlar Misrda o'sha paytda ko'pxudolik — politeizm 
mavjudligidan dalolat beradi. Firavn Amenxeton IV (Exnaton) 
davriga kelib (mil.aw. 1419— 1400-yillar) Quyosh xudosi 
hisoblanmish Atonga yagona xudo sifatida sig'inish joriy qilingan. 
O'zlarining hukmronligini yanada mustahkamlash maqsadida 
shohlar o'zlarini u yoki bu xudoning o'g'li deb e'lon qiladilar. Qadimiy 
podshohliklar davrida firavn shaxsini ulug'lash, uni xudoning o'g'li deb 
30
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 14. 


96
e'lon qilish, to'g'rirog'i uni yerdagi xudo deb bilish o'sha davr uchun 
tabiiy holat edi.
Yuz berayotgan barcha siyosiy hodisalar yer va osmondagi xudolar 
istagining ko'rinishi deb tushunilardi. Bu haqda Misrdagi 
piramidalarning ichki devoriarida hozirgacha saqlanib qolgan yozuvlar, 
firavnlar sha'niga to'qilgan madhiyalar dalolat beradi. Shunday 
yozuvlardan bizgacha saqlanib qolganlaridan biri «Ptaxotepning 
nasihatlari»dir. U mil. avv. I ming yillikda yaratilgan bo'lib, shu 
nomdagi vazirning nomidan olingan. Unda kishilarning tengsizligiga 
tabiiy hodisa sifatida qaraladi.
Past tabaqadagi kishi yomon, yuqori tabaqa kishisi esa yaxshi, 
ahamiyatli, muruwatli kishi deb hisoblanadi. Past kishi yuqori tabaqadagi 
kishiga bo'ysunishi lozim. Ayni holda yuqori tabaqa kishisi past tabaqa 
kishilariga rahm-shafqat qilishi lozim, ularni xo'rlamaslik va ularga 
yomonlik qilmaslik kerak. 
Narigi dunyodagi abadiy hayotga qarshi bo‘lgan aqidani 
ifodalovchi asar bo‘lgan “Arfa chaluvchining qo‘shig‘i” O‘rta saltanat 
davrida, ya’ni eramizdan oldingi III mingyillik oxirida XI sulola 
fir’avni Intef hukmronligi davrida paydo bo‘lgan edi.
Bu asarda qayd etilishicha, yerdagi barcha narsa foniy bo‘lib, 
hammasi yo‘q bo‘lishi muqarrardir; asrlar davomida kishilik 
jamiyatidagi avlodlar birlari ketidan boshqalari qabrga manzil tutadilar, 
qabr yodgorliklari yemiriladi va yo‘qoladi, va ko‘milganlardan hatto 
hech qanday esdalik qolmaydi; faqat qadimgi dunyoning 
donishmandlari bo‘lgan Imxotep va Djedefxorni shuning uchun 
eslaydilarki, ularning aytganlarini hamma biladi va takrorlab turadi; 
o‘lganlardan hech biri narigi dunyodan qaytib kelmaganki, tiriklarga 
ularni nima kutayotganligini gapirib bersa; shuning uchun hayotning 
barcha ne’matlaridan foydalanish kerak, shodu-xurramlik va 
lazzatlanish zarur, negaki, o‘limning barhaqligini hech qanday narsa 
bartaraf qila olmaydi
31
.
“Arfa chaluvchining qo‘shig‘i” yerdagi hayotga yuqori baho 
beribgina qolmay, narigi dunyoga nisbatan bo‘lgan e’tiqodga, 
yashirmasdan, umidsizlarcha qarashni boshlab berdi.
Berlinda saqlanayotgan papiruslarda bitilgan qadimgi Misr 
31
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 15. 


97
adabiyotining eng qiziq va mashhur asari “Hayotdan hafsalasi pir 
bo‘lgan kishining o‘z ruhi bilan suhbati”, deb nomlangan. Papirus 
O‘rta saltanat davriga taalluqlidir. “Suhbat” savol-javob shaklida 
bo‘lib, hayotdan to‘ygan va o‘zini o‘zi o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxsning 
o‘z ruhi bilan ichki muloqotidirki, unda ruh hayotni zarurligini 
ta’kidlab, uni sohibini o‘z ra’yidan qaytarmoqchi bo‘lgan.
“Bugun men yuragimni kimga ochay?” “Hafsalasi pir bo‘lgan 
kishi”ning javobi ham o‘ziga xos: “Yuraklar ochko‘zlik bilan to‘lib 
toshgan, har kim birovning haqiga qo‘l cho‘zadi”; “Olijanob kishilar 
yo‘qligidan, mushtumzo‘rlarga keng maydon ochiq”; “Behayo o‘z 
qurbonini toptaydi, kishilarga esa, tomosha bo‘lsa-bas!”; “Ilgarigi 
yaxshi zamonlarni hech kim eslamaydi. Yaxshilikka yaxshilik 
qaytishini kutmaysan”; “Do‘stlar po‘panak bosib qoldilar, 
birovlardangina rahm-shavqat kut”; “Adolatli kishilar yo‘q, yer 
makkorlarga berilgan”; “Qabohat yer yuzini bosib ketgan, uning boshi 
ham, oxiri ham yo‘q”.
“Hafsalasi pir bo‘lgan”ga e’tiroz bildirib, uning “ruhi” yer 
yuzidagi tartiblarga to‘xtalmaydi, ammo o‘lim va narigi dunyo 
to‘g‘risida butunlay boshqa nuqtai nazarni bayon qiladi. Uning 
fikricha, o‘lim va narigi dunyo to‘g‘risida o‘ylashning hech keragi 
yo‘q; ehromlar va maqbaralar qurishning ham zaruriyati yo‘q. Ular 
baribir buziladilar va hech kimga yaroqsiz holatga tushadilar. Shuning 
uchun hayotning lazzatlaridan foydalanish kerak.
Qarshimizda qadimgi Misr jamiyati ijtimoiy fikrining ikki bir-
biriga qarshi oqimi vakillarining savol-javoblari turganligi ayondir. 
“Hafsalasi pir bo‘lgan kishi” muhofizakor (konservativ) yo‘nalish 
vakili bo‘lib, an’anaviy ta’limot bo‘lgan o‘lim va narigi dunyodagi 
hayotga qat’iy ishonadi va jamiyatdagi yangi munosabatlarni 
shafqatsiz va chidab bo‘lmas, deb qoralaydi. Uning “ruhi” esa, bar aks, 
hamma tomonidan qabul qilingan abadiy barhayotlik diniy aqidasini 
tanqid qilib, qanday ko‘rinishda bo‘lmasin insonni o‘z hayoti bilan 
murosaga kelishga undaydi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə