Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm.Kushanlar imperiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

26-rasm.Kushanlar imperiyasi 


194
Eramizdan oldingi III asrda shoh 
Ashoka buddaviylikni qabul qilib, uni 
Hindistondan chetga chiqib yoyilishiga 
hissa qo‘shgan edi. Budda dini o‘z 
navbatida urf-odatlar, sig‘inish 
marosimlari va aqidalar tizimini ishlab 
chiqqan. Qadimgi Hindistonda mavjud 
bo‘lgan ruhlarning ko‘chib yurishi 
haqidagi tasavvurlardan kelib chiqib, 
buddaviylik tirik mavjudotlarning 
qayta tug‘ilish aqidasini olg‘a surgan. 
Uning ta’kidlashicha, tirik 
mavjudotning o‘limi uning 
zarrachalardan tashkil topgan tanasining sochilib ketishi bo‘lib, 
shundan keyin uning yangi unsurlari bo‘lgan – dxarmalarning 
yangidan tashkil topishi yuz beradi.
Dxarmalarning yangi kombinatsiyasi ilgarigi ko‘chib yurish 
doirasida vujudga kelgan barcha xayrli ishlar va gunohlar majmuasiga 
bog‘liq bo‘lgan karma orqali tayin etiladi. Buddaviylikning ezgu orzusi 
– ruhning ko‘chib yurish jarayonini to‘la barham topishi va shu yo‘l 
bilan go‘yo hayot mohiyatini tashkil etuvchi azob-uqubatdan qutulish 
holati – nirvanaga erishish edi. 
Buddaviylikning falsafiy 
mazmuni ikki jihatni o‘z ichiga oladi: narsalar tabiati haqidagi ta’limot 
va bilish yo‘llari to‘g‘risidagi ta’limot. Buddaviylikning narsalar tabiati 
haqidagi ta’limoti asosida draxmalar – “o‘zining belgilariga ega 
bo‘lgan zarrachalar” yoki “bo‘lakchalar”, “unsurlar” to‘g‘risidagi 
tushunchalar yotadi. Bu ta’limotga ko‘ra, draxma-zarrachalar dunyoviy 
ashyolarning hujayralari kabi butun moddiy va ruhiy olamning 
jarayonlarida ular tarkibida harakatda bo‘lib, har lahza shu’lalanib va 
o‘chib turadi. Uning har bir o‘chishi yangidan shu’lalanish va 
boshqatdan o‘chishni anglatadi. Buddaviylik falsafasida dunyoni 
azaldan doimo o‘zgarishda, qaytadan tug‘ilishda ko‘rish va oqib turgan 
daryo bilan taqqoslash g‘oyasi yotadi.
Buddaviylikda dxarma – unsurlari uchun bir necha tasniflash 
ishlab chiqilgan. Ilk buddaviylik namoyon bo‘lgan borliq – sansara va 
namoyon bo‘lmagan borliq – nirvanaga bo‘linishni qayd etgan edi. 
“Namoyon bo‘lgan borliq” charxida bo‘lish azob-uqubatlar tortish 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə