Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

28-rasm. Budda haykali 


198
qiluvchi besh shakl (skandx) o‘z navbatida qayta tug‘iladi. Yangi 
tananing xususiyatlari asos bo‘luvchi besh natijani beradi: faoliyat, 
gumrohlik, xohish, istak va me’yor. Bu jarayon «hayot g‘ildiragi»ni 
tashkil qiladi. «Hayot g‘ildiragi»da doimiy ravishda aylanib, inson 
abadiy qiynoqqa duchor bo‘ladi. 
Ikkinchi haqiqat — «qiynoklarning sabablari mavjuddir». Inson 
moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni 
haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi hamda doimo ularga ega bo‘lishga 
intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki 
yomon niyatlardan tuzilgan hayot daryosi orzular va intilishlar sababli 
kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug‘ilish, 
qaytadan qiynoklarga duchor bo‘lish davom etadi. Aksariyat 
buddistlar fikricha, Buddadan keyin hech kim nirvana holatiga erisha 
olmagan. 
Uchinchi xaqikat — «qiynoklarni tugatish mumkin». Yaxshi 
yoki yomon niyatlardan, intilishlardan butunlay uzilish nirvana 
holatiga olib boradi. Bu holatda inson qayta tug‘ilishdan to‘xtaydi. 
Buddistlar fikricha, nirvana holati «hayot g‘ildiragidan» tashqariga 
chiqish, «men» degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg‘ularini 
to‘la tugatishdir. 
To‘rtinchi hakiqat — «qiynokdardan qutulish yo‘li mavjuddir». 
Bu yo‘l sakkizta narsaga amal qilish, to‘g‘ri tushunish, to‘g‘ri harakat 
qilish, to‘g‘ri muomalada bo‘lish, fikrni to‘g‘ri jamlashdir. Bu yo‘ldan 
borgan inson Budda yo‘lini tutadi. 
Buddizm ta’limoti, asosan, uch qismdan iborat: 
1)
axloq; 2) meditatsiya; 3) donolik. 
1. Axloq normalari — «Pancha chila» (Buddaning besh 
nasihati): 
1). qotillikdan saqlanish; 
2). o‘g‘rilikdan saqlanish; 
3). gumroxlikdan saqlanish; 
4). yolg‘on, qalbaki narsalardan sakdanish; 
5). mast qiluvchi narsalardan saqdanish. 
2. Meditatsiya. 
1) to‘g‘ri tushunish (to‘g‘ri e’tiqod kilish) – Buddaning birinchi 
da’vatida so‘z yuritilgan to‘rt haqiqatni bilish va unga ishonish; 


199
2) to‘g‘ri niyat qilish – dunyoviy 
lazzat-halovatlardan xalos bo‘lishga, 
keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar 
yetkazib qo‘yishdan saqlanishga 
intilish; 
3) o‘zini to‘g‘ri tutish – o‘ziniki 
bo‘lmagan narsaga ko‘z olaytirmaslik, 
ortiqcha hissiyotga berilmaslik; 
4) to‘g‘ri anglash – o‘z tanasi va 
ruhiga o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigai darajada nazoratda bo‘lish 
hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qo‘yish; 
5) to‘g‘ri harakat qilish – o‘zidagi yomon tuyg‘ularni jilovlash 
hamda ezgu tuyg‘ular va harakatlarni rivojlantirish; 
6) to‘g‘ri hayot kechirish – noma’qul hayot tarzidan saqlanish; 
7) to‘g‘ri fikr yuritish – kamolotning to‘rt bosqichini ketma-ket 
bosib o‘tish;
8) to‘g‘ri gapirish – yolg‘ondan, tuhmatdan, haqoratdan va 
befoyda gaplardan saklanish. 
3. Donishmandlik — bu buddizmning asosiy maqsadi bo‘lib, 
narsalar tabiatini to‘g‘ri tushunishdan 
iborat.
Yuqorida ko‘rsatilgan uch amaliyot bosqichini o‘tagan inson 
oxir-oqibat oliy saodatga, ya’ni nirvana holatiga erishadi. Nirvana 
so‘zining lug‘aviy ma’nosi — «o‘chish, so‘nish». Unda hayotning xar 
qanday ko‘rinishiga intilish yo‘qoladi. 
Ushbu ta’limotning yoyilishida buddist jamoalarning (sangxa) 
roli katta bo‘lgan. Ular yilning ob-havosi yaxshi bo‘lgan to‘qqiz oyida 
shaharma-shahar, qishloqma-qishloq yurib, aholini bu dinga da’vat 
qilib yurganlar. Faqatgina musson yomg‘irlari tinmay quygan uch 
oydagina o‘z ibo-datxonalarida muqim bo‘lib meditatsiya bilan 
shug‘ullanganlar. 
Mil. av. 273 – 232 yillarda hukmronlik qilgan imperator Ashoka 
davrida buddizm keng hududlarga jadal tarqaldi. U buddist 
monaxlarga (rohiblar), ularning Hindiston bilan chegaradosh 
davlatlarga qilgan missionerlik harakatlariga xayrixohlik bildirardi. 
Buddist missionerlari o‘z prinsiplarida mahkam turib, yumshoqlik va 
kelishuvchanlik bilan harakat qildilar. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə