Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə28/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

XI bob. Ota-onaning haqqi bobi hadislari

1. Ibn Abbos. “Qaysi bir mo‘minning ota-onasi bo‘lsa-yu...” Zaif*. Buxoriyning “Al-adabul mufrad” (4) va Bayhaqiyning “Ash-shu’ab” (7916-


7915) va “Zaiful-jome’” (5427) ga qarang.
2. Abdulloh ibn Amr. “Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga bir kishi keldi...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (3004/6) va Muslim (2549/4).
3. Buhz ibn Hakim. “Aytdiki: “Yo Rasululloh! Kimga yaxshilik qilay...” Hasan*. Ahmad (315) va Abu Dovud (5139), Termiziy (1897) va Hakim
(150/4).
4. Zayd ibn Ali otasidan-bobosidan. “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar Allohning ilmida ota-onaga uf deyishdan...” Mavzu’*. Daylamiy, “Al- firdavs” (5101) va “Tanzihush-shariy’a” (233/2).
5. Hadis. “Albatta, ota-onaning la’nati...” Sahih*. “As-sahihat” (516-515).
6. Hadis. “Qaysi amallar yaxshiroqdir...” Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5970/10) va Muslim (85) Ibn Mas’uddan.
7. Hadis. «Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib...» Sahih*. Buxoriy «Al-adabul mufrad» (11).
8. Hishom ibn Urva. «Kim ota-onasini la’natlasa...» Sahih*. «Sahihul-jome’» (5112).
9. Hadis. «Albatta kishi ota-onasini so‘kishi katta gunohlardandir...» Muttafaqun alayhi*. Buxoriy (5972/10) va Muslim (90).
10. Anas ibn Molik. «Rasululloh (s.a.v.) davrlarida Alqama ismli yigit bor edi...» Zaif*. Munziriyning «At-targ‘ib» (222/3) va «Al kaboir» (116)
kitobida keltirilgan.
11. Abu Hurayra. “Agar odam farzandi vafot etsa...” Sahih*. Muslim (1631) va boshqalar.
12. Hadis. “Otangiz kim bilan bog‘langan bo‘lsa...” Hasan*. Buxoriy, “Al-adabul-mufrad” (9-bet) va Bayhaqiy, “Ash-shu’ab” (7898).
13. Hadis. “Salama qabilasidan bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga kelib...” Zaif*. Ahmad (498/3), Abu Dovud (5142) va Ibn Moja
(4664), “Al-mishkot” (4936)ga qarang.


XII BOB. FARZANDNING OTA USTIDAGI HAQLARI

152. Abu Lays Samarqandiy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qildi: “Otaning o‘g‘liga qiladigan haqqi uchtadir. Tug‘ilsa, yaxshi ism qo‘yish; aqli kirsa Qur’oni Karimni o‘rgatish; balog‘atga yetsa, uylantirish”.


Bir kishi Umarning huzurlariga kelib: “Bu o‘g‘lim menga oq bo‘ldi”, dedi. Hazrati Umar o‘g‘liga: “Otangga oq bo‘lishlikdan Allohdan qo‘rqmaysanmi?” Bu-bu ishlar ota haqqi-ku” deb gapirdi. O‘g‘li aytdiki: “Ey mo‘minlarning amiri! O‘g‘ilning otada haqqi yo‘qmi?”


Aytdi-ki: “Ha bor! O‘g‘ilning otadagi haqqi – ota yomon xotinga uylanmasligi, shu bilan farzand ayblanmasligi uchun, ismini yaxshi qo‘ymoqligi va Qur’onni o‘rgatmoqligidir”. O‘g‘il: “Allohga qasamki, otam onamni tanlab olmagan, u majusiy edi, uni to‘rt yuz dirhamga sotib olgan. Ismimni chiroyli qo‘ymadi. Meni Jual deb nomladi (ko‘rshapalak erkagining ismi). Allohning oyatlaridan birontasini ham o‘rgatmadi”.

Umar, Alloh undan rozi bo‘lsin, uning otasiga qarab: “O‘g‘limni oq qildim, deysan, u seni oq qilibdi, yo‘qolgin mening oldimdan!” dedi.


Faqih, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Otamning Hifs Iskandaroniydan hikoya qilganlarini eshitdim. U kishi, Alloh rahmat qilsin, Samarqand ulamolaridan edi. U kishining oldiga bir kishi kelib: «O‘g‘lim meni urib qiynaydi”, dedi. “Subhonalloh, o‘g‘il ham otani uradimi?” “Ha, meni urib og‘ritdi”. “Sen unga ta’lim-tarbiya, odob-axloq berdingmi?” “Yo‘q”. “Sen unga Qur’onni o‘rgatdingmi?” “Yo‘q”. “O‘g‘ling nima ish qiladi?” “Dehqonchilik”. “Seni urishiga sabab bo‘ladigan biron narsa o‘rgatganmiding?” “Yo‘q”. Olim aytdiki: “Balki o‘g‘ling tongda eshakka minib, ho‘kizlari oldida, itini ergashtirib dalasiga ketayotib, Qur’on o‘qishni bilmagani uchun qo‘shiq aytib ketayotgan bo‘lsa, shu payt sen o‘g‘lingga ro‘baro‘ kelib qolgan bo‘lsang, seni ham bir mol deb o‘ylagandir. Boshingni yormagani uchun Xudoga hamd aytgin!”


Sobit Banoniy, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Bir joyda bir kishi otasini urayotgan ekan. Aytishdiki: “Bu nima qiliq?” Otasi aytdi: “Unga indamanglar, men ham otamni mana shu joyda urgan edim, men ham bu yerda o‘g‘limdan kaltak yeyish bilan o‘shani boshimdan kechiryapman! Bu o‘shaning uchun uryapti, unga hech bir ta’na yo‘q!”


Ba’zi hakimlar aytdilar: “Kim otasiga osiy bo‘lsa, o‘g‘lidan xursandchilik ko‘rmaydi. Kim o‘z ishlarida maslahat qilmasa, maqsadiga yetmaydi, kim ahli bilan muomala qilmasa, hayot lazzatini totmaydi”.


153. Sha’biy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Aytganlarki: “Yaxshilik qilishda o‘g‘liga yordam bergan otani Alloh rahmat qildi”.


Solihlardan biridan rivoyat qilindi. U kishi o‘z o‘g‘lini biror ishga buyurmas ekan, agar biron narsaga muhtojbo‘lib qolsa, boshqaga buyurarkan. Bu sirni so‘rashibdi. “Agar men o‘g‘limga ish buyursam, o‘g‘lim bunga bo‘ysunmasdan, do‘zaxga tushishidan qo‘rqaman, men o‘g‘limning do‘zaxda kuyishiga rozi bo‘lmayman”, debdi.


Xalaf ibn Ayyubdan ham shu tarzda rivoyat qilindi. Fuzayl ibn Iyoz, Alloh rahmat qilsin, aytdi: “Erkaklarning kamoloti shuki, kim ota-onaga yaxshilik qilsa, silai rahmni bog‘lasa, birodarlarini hurmatlasa, ahli bilan, farzandlari bilan ham xulqini yaxshi qilsa, dinini saqlasa, molini haromdan isloh qilsa, uning ortig‘idan infoq (sadaqa) bersa, tilini


saqlasa, o‘z uyini lozim tutsa (ya’ni o‘z ishidan o‘z vaqtida kelib, ko‘p gapiradiganlar bilan o‘tirmasa), o‘shalar erkaklarning kamolidir”.

154. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: Aytdilar: “To‘rt narsa kishining baxtidir: soliha, yaxshi xotin; yaxshilik qiluvchi ajoyib farzandlar; solih do‘stlar va rizqining o‘z shahrida bo‘lishligi”


155. Yazid Raqqoshiy Anas ibn Molikdan rivoyat qiladi: “Vafot etgandan so‘ng yetti narsa bandaga ajr berib turadi. Masjid qurdirgan bo‘lsa, uning ajri shu masjidda bir kishi


namoz o‘qisa ham, borib turadi; ariq qazib suv oqizib qo‘ygan bo‘lsa, modomiki, u oqib odamlar undan ichib turgan bo‘lsa ham, ajri borib turadi; kimiki Qur’on yozib, odamlar undan foydalansa, savob borib turadi; kimiki bir ko‘chat ekib ko‘kartirsa, uning ajri odamlar va qushlar yeb turishi bilan boraveradi. Kim ilm o‘rgatgan bo‘lsa va farzand qoldirgan bo‘lsa, gunohlarini kechishini so‘rab, o‘tganidan keyin duo qilib tursa, u farzand solih bo‘lsa, ota farzandiga Qur’on, odob va ilmni o‘rgatgan bo‘lsa, uning ajr- savobi farzandning savobidan kamay-masdan boradi. Agar ota farzandiga Qur’on
o‘rgatmasa, yomon yo‘llarni o‘rgatgan bo‘lsa, uning gunohi o‘z gunohidan kamaymasdan otasiga borib turadi.


156. Abu Hurayradan rivoyat qilindi: Alloh undan rozi bo‘lsin: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Agar odam farzandi vafot qilsa, undan amallari uziladi: Magar uchtasi uzilmaydi: sadaqai joriya yoki ilm o‘qitib, undan foydalanib turilgan bo‘lsa yoki solih farzand uni mag‘firat so‘rab duo qilsa!”



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə