Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


XXIII BOB. G‘AZABNI YENGMOQ



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə51/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

XXIII BOB. G‘AZABNI YENGMOQ

256. Faqih Abu Said Xudriydan, Alloh undan rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Albatta, g‘azab o‘tdan uchqundir. Kimga g‘azab kelsa, tik turgan bo‘lsa, o‘tirib olsin, agar o‘tirgan holda g‘azabi to‘xtamasa, yotib olsin, agar yotib olgan taqdirda ham g‘azabi kelsa, tuproqqa yumalasin».


257. Abu Said Xudriy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «G‘azabdan saqlaninglar. Albatta, u inson yuragida o‘t yondiradi. Ko‘rmaysizmi, agar birontalaringizga g‘azab kelgan vaqtda ko‘zlari qanday qizarishini va bo‘yin tomirlarining bo‘rtib chiqishini. Agar sizlardan birontangiz g‘azabdan biron narsani sezsa, yotib yerga yopishib olsin». Va yana aytdilar: «Sizlardan g‘azabi tez kelib, tez ketadiganlaringiz bor. Bittasi ikkinchisi bilan. Sizlardan g‘azabi sekin kelib


sekin qaytadiganlar bor. Biri boshqasi bilan. Sizlardan yaxshilaringiz g‘azabi sekin kelib, sekin ketadiganlaringizdir».

258. Abu Amoma Bohiliy, Alloh undan rozi bo‘lsin, Rasulullohdan (s.a.v.) rivoyat qiladi:


«Kim o‘ch olishga qodir bo‘lib, o‘ch olmasdan, g‘azabini bossa, Alloh uning qalbini qiyomat kunida rizo bilan to‘ldiradi».

Aytilishicha, Injilda bunday yozilgan:


«Ey Odam farzandi! Meni o‘zingga g‘azab kelganda eslagin, Men seni g‘azabim kelganda eslayman. Senga bergan yordamimga rozi bo‘lgin. Albatta, Mening senga yordamim o‘zingga qilgan yordamingdan yaxshidir».

Umar ibn Abdulaziz g‘azabini keltirgan bir kishiga aytdi: «Agar sen mening g‘azabimni keltirmaganingda men seni jazolar edim».


Allohning:
«Va g‘azablarini ichlariga yutadigan» (Oli Imron, 134) so‘zini iroda qilib aytgan edi.

Zikr qilindi: U kishi bir mastni ko‘rgan ekan. Unga ta’zir berishni xohladi. Haligi mast u kishini so‘kibdi. So‘kayotganida Umar qaytib ketdi. So‘ngra so‘rashdiki: «Ey mo‘minlarning amiri, sizni so‘kayotganda nima uchun uni tark qildingiz?» Umar: «Chunki u mening g‘azabimni keltirdi, shu paytda unga ta’zir berganimda, nafsimning g‘azabi uchun bo‘lar edi. O‘zimning hamiyatim uchun musulmon kishini urmoqni


xohlamayman», dedi.

Maymun ibn Mahrondan rivoyat qilindi: U kishining cho‘risi sho‘rvani keltirayotib, bir narsaga qoqilib, sho‘rvani u kishining ustiga to‘kib yubordi. Maymun uni urmoqchi bo‘ldi. Joriya: «Ey xo‘jayin, Allohning «va g‘azablarini ichlariga yutadigan...» degan so‘ziga


amal qilgin», dedi. Aytdi: «Shunday qildim». Cho‘ri: «Va odamlardan kechiruvchilar», degan oyatga amal qilgin», dedi. Mahron o‘g‘li aytdi: «Kechirdim». Cho‘ri: «Alloh muhsinlarni sevguvchidir», oyatiga amal qilgin», dedi. Mahron o‘g‘li aytdi: «Sen o‘zingga yaxshilik qilding, sen Alloh yo‘lida ozodsan».

259. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilindi: «Kimda uch xislat bo‘lmasa, imon mazasini topmaydi. Halimlik – u bilan johilning johilligini qaytaradi. Taqvodorlik – u harom narsalardan saqlaydi. Xulqlilik – u bilan odamlar bilan muomala qilinadi».


Oldin o‘tgan kishilarning biridan zikr qilindi: «U kishida bir ot bor edi. U kishi otini ko‘p yaxshi ko‘rardi. Bir kuni kelib, oti uch oyoqli bo‘lib qolganini ko‘rdi. G‘ulomidan so‘radi:


«Bu ishni kim qildi?» G‘ulom: «Men», dedi. Xo‘jayini: «Nima uchun?» dedi. G‘ulom:
«Seni g‘amga solmoqchi edim», dedi. Xo‘jayin: «Albatta, seni bu ishga buyurgandan
(ya’ni, shaytondan) ranjidim. Endi ketavergin, sen ozodsan, ot ham senga», dedi.

Faqih aytadi. «Mo‘min kishi halim, sabr qilguvchi bo‘lmog‘i lozim. Albatta, bu taqvodorlarning xislatlaridandir. Alloh taolo halim kishini o‘z kitobida maqtadi.


«Albatta, kim sabr qilsa va kechirib yuborsa», ya’ni kimki o‘ziga yetgan zulmga sabr qilsa va intiqom olmay Alloh uchun kechirib yuborsa, «Shak-shubhasiz bu ishlarning maqsadiga muvofig‘idir» (Sho‘ro, 43). Ya’ni, ishlarning haqlaridanki, uning qilguvchisi qilgan ishida ulug‘ savobga erishadi.


Boshqa oyatda aytiladi: «Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas», ya’ni yaxshi so‘z bilan yomon so‘z barobar bo‘lmaydi. Musulmon uchun yaxshi so‘zni yomon so‘z bilan mukofotlash lozim bo‘lmaydi. «Siz eng go‘zal so‘zlar bilan daf qiling», ya’ni yomon so‘zlarni yaxshi so‘zlar bilan ketkazing. «Banogoh, siz bilan o‘rtalaringizda adovat bo‘lgan kimsa qaynoq-sodiq do‘st kabi bo‘lib qolur» (Fussilat, 34).


Agar sen shunday qilsang, dushmaning do‘stga aylanadi, xuddi qarindosh-urug‘dek. Alloh taolo do‘sti Ibrohim alayhissalomning halimligini maqtadi: «Zotan, Ibrohim halim – ko‘ngilchan va ibodatli kishidir» (Hud, 75). Bas, halim kishi gunohlarni kechirguvchidir. Ko‘ngilchan odam o‘z gunohlarini eslab ko‘ngilchanlik qiladi. Ibodatli kishi esa Allohning ibodatiga yuzlangan.


Albatta, Alloh taolo Payg‘ambarga (s.a.v.) sabrli va halim bo‘lishni buyuryapti. U kishiga ul zotdan oldingi payg‘ambarlarga shunday zotlar ekanini xabar berdi: «Bas, (Ey Muhammad) siz ham (otgan) payg‘ambarlar orasidagi sabot-matonat egalari sabr qilganidek sabr qiling» (Ahqof, 35). Ya’ni, kofirlarning yolg‘onga chiqarganlariga va aziyatlariga kofirlar bilan urushga buyurilgan payg‘ambarlarning sabr qilishidek sabr qiling. Sabot-matonat kishilari ishlarida sobit bo‘ldilar va keladigan aziyatlarga sabr qildilar.


Hasan aytdi: Allohning kalomida keladi:



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə