Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə141/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

Ilmga amal qilish bobi hadislari

678-hadis. Mavzu’. “Al-mavzu’ot”ga qarang.


679-hadis. Ibn Javziy bu hadisni ham “Al-mavzu’ot”ga kiritgan va uni “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zi emas”, degan.
680-hadis. Zaif.
679-hadis. Hasan. Dorimiy rivoyat qilgan.
680-hadis. Zaif. Dorimiy rivoyat qilgan.
681-hadis. Hasan. Dorimiy rivoyat qilgan.


ELLIK TO‘QQIZINCHI BOB
ILM AHLI BILAN O‘TIRISHNING FAZILATI

682. Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Abu Voqid Laysiy aytadilarki: “Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni sahobalari bilan o‘tirganlarida, uch kishi keldi. Ulardan biri davrada bo‘sh joyni ko‘rib, o‘sha yerga o‘tirdi. Ikkinchisi esa, odamlarning orqasida o‘tirdi. Uchinchisi (o‘tirmasdan) qaytib ketdi. Payg‘ambar (s.a.v.) so‘zlarini tugatganlaridan keyin aytdilar: “Sizlarga bu uch kishi haqida xabar beraymi? Birinchisi Allohdan boshpana so‘radi, Alloh unga boshpana berdi. Ikkinchisi odamlarga ziyon berishda Allohdan uyaldi, Alloh taolo ham undan uyaldi. Uchinchisi yuz o‘girdi, Alloh ham undan yuz o‘girdi”.


Luqmoni Hakim o‘g‘liga shunday nasihat qilganlar: “Ey o‘g‘lim, agar Allohni zikr qilayotgan qavmni ko‘rsang, ular bilan birga o‘tir. Chunki olim bo‘lsang, ilmingga foyda beradi, ilmsiz bo‘lsang, senga ilm o‘rgatadilar. Shoyad, Alloh taolo ularga rahmatini in’om etganida, senga ham bu rahmatdan yetsa. Allohni zikr qilmaydigan qavmni ko‘rsang, ular bilan birga o‘tirma. Chunki olim bo‘lsang, ilmingni ko‘paytirmaydi, ilmsiz bo‘lsang yo‘l ko‘rsatmaydi. Tag‘in Alloh ularga g‘azab qilganida, senga ham g‘azabidan yetib qolmasin”.

683. Abu Said Xudriy (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: “Alloh taoloning yer yuzini kezib yuradigan farishtalari bordir. Agar ular Allohni zikr qilayotgan qavmni ko‘rishsa: “Sizlar izlayotganlar bu yerda, bu yoqqa kelinglar”, deyishadi. Ular kelishadi va zikr ahlini o‘rab olishadi. Keyin osmonga ko‘tarilishganda, Alloh taolo ularga: “Bandalarimni qanday holatda tark qildinglar?” deydi. Holbuki, Uning o‘zi yaxshiroq biladi. Farishtalar: “Ularni Senga hamd aytayotgan, Seni nuqsonlardan poklayotgan, Seni zikr qilayotgan hollarida tark etdik”, deyishadi. Alloh aytadi: “Ular nimani istaydilar?” Maloikalar: “Jannatni”, deb javob berishadi. Alloh azza va jalla: “Ular jannatni ko‘rishganmi?” deb so‘raydi. “Yo‘q”, deyishadi. Alloh: “Agar ko‘rganlarida qanday talab qilishar edi?” deydi. Farishtalar: “Agar uni ko‘rgan bo‘lganlarida, yanada qattiqroq talab qilar edilar”, deb javob qilishadi. So‘ngra Alloh taolo: “Qaysi narsadan panoh istaydilar?” deb so‘raydi. Farishtalar: “Do‘zaxdan panoh so‘rashmoqda”, deb javob qilishadi. Alloh taolo: “Ular uni ko‘rishganmi?” deydi. Farishtalar: “Yo‘q”, deb


aytishadi. Alloh: “Agar do‘zaxni ko‘rganlarida, qanday bo‘lardi?” deb so‘raydi. Farishtalar aytishadi: “Agar uni ko‘rganlarida, undan qochishlari va qo‘rqishlari qattiqroq bo‘lar edi”. So‘ngra Alloh taolo shunday deydi: “Ey farishtalarim, sizlarni guvoh qilib aytamanki, Men ularning gunohlarini kechdim”. Farishtalar aytishadi: “Ularning ichida bir xatokor kishi bor, u zikr qilish uchun kelmagan, balki ularga ishi tushib kelgan”. Alloh: “Bu qavm shunday qavmki, ular bilan birga o‘tirgan kishi baxtsiz bo‘lmaydi”, deydi”.

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Solih kishi bilan o‘tirmoq mushkni ko‘tarib yuruvchi bilan o‘tirmoq kabidir. Senga mushkdan bermagan taqdirda ham, hidi kelib turadi. Yomon kishi bilan o‘tirmoq temirchi bilan o‘tirmoq kabi. Kiyimingga o‘t tushmaganda ham, tutuni dimog‘ingga urib turadi”.


Ka’bul Ahbor (rahmatullohi alayh): “Alloh taolo butun mavjudodni yaratmasidan oldin ikki kalimani yozib, arshning tagiga yozib qo‘ygan. Ularda nima yozilganini maloikalar bilishmaydi, ammo men bilaman”, dedilar. U kishidan: “Ey Abu Ishoq, ularda nima yozilgan?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Bittasida, bir kishi solihlarning amalini qilib, keyin fojirlar bilan suhbatda bo‘lsa, uning amallarini gunohga aylantiraman va qiyomat kuni fojirlar bilan birga tiriltiraman, deb yozilgan. Ikkinchisida, bir kishi barcha yomonlarning ishini qilib, keyin yaxshilar va solihlar bilan suhbatdosh bo‘lsa, ularni yaxshi ko‘rsa, uning gunohlarini yaxshilikka aylantiraman va qiyomat kuni yaxshilar qatorida tiriltiraman, deb bitilgan”.


Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadilar: “Kim olimning oldiga kelib, u bilan birga o‘tirsa, uning ilmini egallashga qodir bo‘lmasa ham, unga yettita yaxshilik bordir:


Birinchidan, ta’lim oluvchilarning fazilatiga erishadi.


Ikkinchidan, olim bilan birga o‘tirishda davom etsa, gunoh va xatolardan xoli bo‘ladi.


Uchinchidan, uyidan chiqsa, unga Allohning rahmati tushadi.


To‘rtinchidan, olimning oldiga o‘tirganlarga rahmat tushadi, demak, unga ham shu rahmatdan nasiba yetadi.


Beshinchidan, modomiki, eshitib turar ekan, unga ham yaxshilik yoziladi. Oltinchidan, maloikalar olimlardan rozi bo‘lib, ularni qanotlari bilan o‘rab turadilar.
Tabiiy, ushbu majlisda o‘tirgan ilmsiz kishi ham bundan nasiba oladi.

Yettinchidan, har bir qo‘ygan va ko‘targan qadami gunohlari uchun kafforat bo‘ladi, darajasini yuksaltiradi va yaxshiliklarini ziyoda etadi. So‘ngra uni Alloh taolo boshqa olti narsa bilan ikrom qiladi:


– olimlar majlisida qatnashishni yaxshi ko‘rish ne’mati bilan mukarram etadi;
– olimga ergashgan har bir kishining savobidan kamaytirilmasdan unga ham beriladi;
– agar ulardan birortasining gunohi kechirilsa, u boshqalarga shafoatchi bo‘ladi;
– qalbi fosiqlar majlisidan soviydi;
– solihlar va ta’lim oluvchilar yo‘liga kiradi;
– Alloh taoloning amrini bajaradi. Chunki Alloh taolo:

Allohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o‘zingiz o‘qib o‘rganib, yolg‘iz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo‘linglar” (Oli Imron, 79-oyat), deb aytgan. Ya’ni, bandalarini olim va faqih bo‘lishga chaqirgan.


Bu oyat hech narsa o‘qimagan va yodlamagan kishilar uchun, yodlab o‘rgangan zotlar esa, ilmlariga yana ilm qo‘shishlari lozim».


Hakimlardan bittasi aytadi: “Alloh taoloning dunyoda ham jannati bordir. Kim shu jannatga kirsa, yashash tarzi go‘zal bo‘ladi. U jannat zikr majlislaridir.


684. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar “Salohiyatli majlis mo‘minning mingta yomon majlisiga kafforat bo‘ladi”


Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: “Agar bir kishi uyidan chiqayotganida gunohi Tuhoma tog‘idek bo‘lsa, so‘ng ilm eshitib, qo‘rqib gunoh qilishdan to‘xtasa, uyiga qaytganida, unda gunoh qolmaydi. Ulamolarning majlisidan ajramanglar. Chunki Alloh taolo olimlarning majlisidan ko‘ra hurmatliroq joyni yer yuzida yaratmagandir”.


685. Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: “Bir kishi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kelib: “Qiyomat qachon bo‘ladi?”deb so‘radi. Nabiy (s.a.v.) u kishiga: “Unga nima tayyorlading?” dedilar. “Namoz va ro‘zalarim ko‘p emas. Ammo men Allohni va Payg‘ambarini yaxshi ko‘raman”, dedi haligi kishi. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Kishi yaxshi ko‘rgani bilan birga bo‘ladi, sen xam yaxshi ko‘rganing bilan bo‘lasan”. O‘shanda musulmonlar qattiq xursand bo‘lishdi, ularning boshqa biron narsadan bunchalik xursand bo‘lganlarini ko‘rmagan edim”.


Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Uch narsani haqiqat bilaman: Alloh taolo bandasiga bu dunyoda bir narsasini bermagan bo‘lsa, qiyomat kuni boshqasi bilan nasibador etadi;


Islomda ulushi bo‘lgan kishi ulushi bo‘lmagan kishi kabi emas; kishi yaxshi ko‘rgani bilan birgadir. Shuningdek, to‘rtinchi narsa ham borki, agar unga qasam ichsam, adashmagan bo‘laman: Alloh taolo biron bandaning gunohini bu dunyoda yashirsa, oxirat kuni ham yashiradi”.

Abu Hurayra (r.a.) bir kuni bozorga kirib: “Ey odamlar, sizlar bu yerda yuribsizlar, masjidda esa Muhammadning (s.a.v.) meroslarini tarqatishyapti”, dedilar. Odamlar bozorni tashlab, masjidga yugurishdi. Bir pasdan so‘ng qaytib kelishib: “Ey Abu Hurayra, biz meros tarqatilayotganini ko‘rmadik”, deyishdi. U kishi : “Nimani ko‘rdinglar?” deb so‘radilar. “Bir qavm Allohni zikr qilayotganini, Qur’on o‘qiyotganini ko‘rdik”, deyishdi. Abu Hurayra aytdilar: “O‘sha narsalar Muhammadning (s.a.v.) meroslaridir”.


Alqama ibn Qays aytadilar: “Bir qavm oldiga Alloh taolo haqida so‘ramoqqa yoki ular mendan so‘ramoqlari uchun borishim Alloh yo‘lida jihod qilishimdan mahbubroqdir”.


686. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinadi: “Bir qavm Allohni zikr qilish uchun o‘tirsa, osmondan ularga: “Qoim bo‘linglar, sizlarning gunohlaringiz yaxshilikka almashtirildi va hamma gunohlaringiz kechirildi”, deb nido qilinadi. Yer ahli Allohni zikr qilish uchun o‘tirsa, ular bilan farishtalar guruhi ham birga o‘tiradi”.


Shaqiq Zohid (rahmatullohi alayh) aytadilar: “Insonlar majlisdan uch sinf bo‘lib turadilar: haqiqiy kofir, haqiqiy munofiq, haqiqiy mo‘min.Chunki men Qur’onni tafsir qilaman, Allohdan va Payg‘ambardan gapiraman. Kim mening so‘zlarimni tasdiqlamasa, u haqiqiy kofirdir. Kimning qalbi bu gaplardan siqilsa, u haqiqiy munofiqdir. Kimki qilib qo‘ygan gunohlaridan pushaymon bo‘lsa va bundan keyin gunoh qilmaslikka niyat bog‘lasa, u haqiqiy mo‘mindir”.


Faqih aytadilar: «Kim sakkiz kishi bilan o‘tirsa, sakkiz narsa ziyoda qilinadi:


1. Boylar bilan o‘tirsa, Alloh unda dunyoga muhabbat va rag‘batni ziyoda qiladi.
2. Faqirlar bilan o‘tirsa, shukr va Allohning taqsimotiga rozilikni ziyoda qiladi.
3. Podshohlar bilan o‘tirsa, kibr va qalbi qattiqlikni ziyoda qiladi.
4. Xotinlar bilan o‘tirsa, ilmsizlik va shahvatni ziyoda qiladi.
5. Bolalar bilan o‘tirsa, o‘yin va masxara bo‘lishni ziyoda qiladi
6. Fosiqlar bilan o‘tirsa, gunoh va osiylikka jur’ati oshadi. So‘ng gunohlarga bemalol boradi va tavba qilishni kechiktiradi.
7. Solih kishilar bilan o‘tirsa, ibodatlarga rag‘batini kuchaytiradi.
8. Olimlar bilan o‘tirsa Alloh unda ilm va taqvoni ziyoda qilad».

Aytishlaricha, Alloh taolo uch paytdagi uyqu va uch joydagi kulguni yomon ko‘radi: zikr majlisi paytidagi uyqu, bomdoddan keyingi va xuftondan oldingi uyqu, farz namozi vaqtidagi uyqu; tobutning ortidan kulish, ilm majlisida kulish, qabristonda kulish.


Abu Yahyo Varroq aytadilar: “Musibat to‘rtta:--jamoat namozida birinchi takbirdan kechikish; ilm majlisini o‘tkazib yuborish; dushmanga qulay hujum fursatini boy berish; Arofat tog‘idagi vuquf vaqtining o‘tib ketishi”.


Aytishadiki, olimlar majlisi – dinning islohi, fosiqlar majlisi esa, din uchun jarohatdir.


687. Payg‘ambar (s.a.v.) aytgan ekanlar: «Otaning yuziga qarash – ibodat, Ka’baga qarash – ibodat, Mushafga qarash – ibodat, olimning yuziga qarash – ibodat».


Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Olimlar yulduzlarga o‘xshaydi. Agar ko‘rinib tursa, odamlar ular bilan yo‘l topishadi. Agar ko‘zdan yo‘qolib, zulmatda qolsa, qayoqqa yurishni bilmay, hayron qolishadi. Olimning o‘limi bilan Islomda bo‘shliq paydo bo‘ladi. Vaqt o‘tsa-da, bu bo‘shliqni biror narsa to‘ldira olmaydi”.



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə