Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə142/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

Ilm ahli bilan birga o‘tirish fazilati bobi hadislari

682-hadis. Muttafaqun alayh.


683-hadis. Muttafaqun alayh.
684-hadis. Zaif. Daylamiy rivoyat qilgan.
685-hadis. Muttafaqun alayh.
686-hadis. Hasan. Ahmad, Tabaroniy rivoyat qilgan.
687-hadis. Zaif. Daylamiy rivoyat qildilar. “Kashful xofa”ga qarang. Hadisning oxirgi jumlasi sahih deb hisoblanmagan.


OLTMISHINCHI BOB SHUKR HAQIDA

688. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) sahih sanad orqali Anas ibn Molikdan (r.a.), u kishi Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: “Alloh taolo yeb- ichganidan keyin Unga hamd aytgan bandasidan rozi bo‘ladi”.


689. Asmo binti Yazid aytadilar: “Payg‘ambardan (s.a.v.) eshitdim. U zot aytdilarki: “Qachon Alloh taolo avvalgiyu oxirgilarini yig‘sa, bir nido qiluvchi kelib: “Bugun hamma kim hurmatga loyiq ekanini biladi. Yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lganlar tursinlar”, deb nido qiladi. Uni butun xaloyiq eshitadi. Ular turishadi, lekin ular ozdir. Keyin yana nido qiladi: «Allohning zikridan tijorat ham, oldi-sotdi ham chalg‘itolmaganlar tursinlar». Ular ham turishadi, ular ham ozdirlar. So‘ng yana nido qiladi: “Alloh taologa xursandlikda ham, xafalikda ham hamd aytganlar tursinlar”. Ular ham turishadi, ular ham kamchilik bo‘ladi. Shundan keyin boshqa odamlar hisob-kitob qilinadi”.


Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: “Muso (alayhissalom) Allohdan: “Ey Rabbim, inson qanday qilib Senga shukr qila oladi? Uni qo‘ling bilan yaratding, ruhingdan og‘ziga puflading, jannatingdan joy berding, farishtalaringni unga sajda qilishga buyurding”, deb so‘radi. Alloh taolo: “Ey Muso, odam u narsalar hammasi Mendan ekanini bildi, so‘ngra Menga hamd aytdi. Bu aytgan hamdu sanosi yaratgan narsalarimning shukri bo‘ldi”, deb javob qildi”.


690. Qatoda (rahmatullohi alayh) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilarki: “To‘rt narsa kimga berilgan bo‘lsa, dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi: zikr qiluvchi til, shukr etuvchi qalb, sabrli badan va mo‘mina soliha xotin”.


Aytishlaricha, Dovudning (alayhissalom) duolaridan biri bunday bo‘lgan ekan: “Ey Parvardigor, men Sendan to‘rt narsani so‘rayman va to‘rt narsadan panoh tilayman. So‘raydiganlarim: zikr qiluvchi til, shukr etuvchi qalb, sabrli badan va dunyoyu oxiratimda yordam beradigan soliha xotin. Ammo menga xo‘jayinlik qiladigan farzanddan, sochim oqarishni boshlamasdan oq tushiradigan xotindan, menga azob beradigan moldan va mening yaxshiligimni yashiradigan, yomonligimni oshkorqiladigan


qo‘shnidan panoh tilayman”.

Muoviya ibn Abu Sufyondan (r.a.) rivoyat qilinishicha, u kishi suhbatdoshlaridan: “Sizlar uchun dunyoning yaxshiligi nimada?” deb so‘radilar. Ularning har biri fikrini aytishdi. Shunda Muoviya dedilar: “Ofiyat kishi uchun uch narsadadir: boshpana bo‘larlik uy, qoniqtirarlik yashash sharoiti, rozi qiladigan xotin. Bizlar ularni bilmaymiz”. O‘sha paytda u zot xalifa edilar.


Sufyoni Savriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi deydilar: “Alloh taolo sizni ikki ne’mat bilan rizqlantirgan – sultonning va tabibning eshigiga borishdan saqlagan bo‘lsa, Unga hamd ayting va shukr qiling”.


Bakr ibn Abdulloh Mazaniy aytadilar: “Kim musulmon bo‘lib, badani ham sog‘lom bo‘lsa, unda dunyo va oxirat ne’matlarining kattasi jamlanibdi. Chunki dunyo ne’matlarining sayyidi – salomatlik, oxirat ne’matlarining sayyidi – Islom”.

691. Ibn Abbos (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Ikki ne’mat bor. Ko‘p odam ularning qadriga yetmaydi. Bu ikki ne’mat salomatlik va bo‘sh vaqtdir”.


Ba’zi tobe’inlardan (r.a.) rivoyat qilinadi: “Kimda ne’matlar ko‘rinish berib ko‘paysa, Allohga hamd va zikrni ko‘paytirsin. Kimning g‘amlari ko‘paysa, istig‘forni ko‘paytirsin. Kimga kambag‘allik yopishsa, “la-a havla va la-a quvvata illa-a billahil ‘aliyyil ‘aziym”ni ko‘p aytsin”.


692. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilarki: “Agar taomda to‘rt narsa bo‘lsa, mukammal bo‘ladi: haloldan bo‘lsa, yeyilayotganida Alloh nomi zikr qilinsa, shu taomdan yeydigan qo‘llar ko‘p bo‘lsa, yeyilgandan so‘ng Allohga hamd aytilsa”.


693. Hasan Basriy Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytdilar: “Alloh bandaga xoh kichik, xoh katta bo‘lsin, bir ne’mat bersa va banda Allohga hamd aytsa, batahqiq, unga olganidan ham afzalroq narsa berilibdi”.


694. Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: “Mo‘minning ishi ajoyib. Uning hamma ishi o‘ziga foyda. Agar bir yaxshilik yetsa, unga shukr qiladi va u uchun yaxshi bo‘ladi. Agar yomonlik yetib, sabr qilsa, bu ham yaxshilik bo‘ladi”.


Makhuldan (r.a.) Alloh taoloning:

So‘ngra ana o‘sha kunda, albatta (hayoti dunyoda sizlarga ato etilgan barcha) ne’matlar to‘g‘risida mas’ul bolursizlar” (Takasur surasi, 8-oyat), degan so‘zi haqida so‘rashdi. U kishi aytdilar: “Bu ne’matlar yaxna ichimlik, salqin maskanlar, to‘ygan qorinlar, qomatning to‘g‘ri bo‘lishi va uyqu lazzatlaridir”.


Iso ibn Maryamdan (alayhissalom) zikr qilinadi. U kishi bir kuni sahobalarining oldiga chiqdilar. Egnilarida jundan bo‘lgan qattiq kiyim va yopinchiq bor edi. Sochlari qirilgan, mo‘ylovlari olingan edi. Ochlikdan ranglari o‘zgarib, yig‘lagan, chanqoqlikdan lablari qurigan, ko‘krak va bilaklaridagi mo‘ylari o‘sgan edi. Shunda u zot dedilar: “Men Allohning izni bilan dunyoning manzilatini belgiladim Bunga ajablanmanglar ham, faxrlanmanglar ham, ey Bani Isroil. Dunyoni yengil sananglar, shunda sizlarga u yengil bo‘ladi. Dunyoni past bilinglar, oxirat diyori sizlarni ikrom etadi. Oxiratni qadrlanglar, bu dunyo sizlarni qadrlaydi. Dunyo mukarram zotlar diyori emas. U har kuni fitna va


xasratga chaqiradi”. Keyin yana aytdilar: “Agar sizlar mening hamsuhbatlarim, sahobalarim bo‘lsangizlar, nafslaringizga dushmanlik qilish va dunyodan g‘azablanishda qattiq turinglar. Agar sizlar bu ishlarni bajarmasanglar, mening sahobalarim va birodarlarim emassizlar. Ey Bani Isroil, masjidlarni uyingiz kabi saqlang. Qabrlarga doimo borib turing. Mehmon qancha izzatlanishi lozim bo‘lsa, shuncha izzatlang. Ko‘rmaysizlarmi osmondagi qushlarni, ular ekmaydilar ham, o‘rmaydilar ham. Allohga qasamki, ular osmonda yurib, rizqlarini topadilar. Ey bani Isroil, arpa nondan, mevasabzavotlardan yeb turinglar. Bilinglarki, sizlar hech qachon o‘sha narsalarning shukrini ado qila olmaysizlar. Shunday ekan, bulardan-da, yuqoriroq ne’matlarning shukrini qanday ado etasizlar!”

Sa’d ibn Jubayr aytadilar: “Birinchi bo‘lib jannatga kiradigan kishilar qiyinchilik paytida ham, xursandchilik paytida ham Allohga hamd aytadigan kishilardir”.


Faqih aytadilar (Alloh rahmat qilsin): “Bilingki, hamd va shukr avvalgilaru oxirgilarning ibodatidir. U maloikalarning ibodati, payg‘ambarlarning ibodati, yer ahlining ibodati, jannat ahlining ibodati. Payg‘ambarlarning ibodati ekani shuki, Odam (alayhissalom) aksa urganlarida, “alhamdulillah”, dedilar. Nuhning (alahissalom) qavmi suvga g‘arq bo‘lib, u kishi bilan bo‘lgan mo‘minlar najot topganidan keyin Alloh taolo hamd aytmoqni buyurgan edi:


Endi qachon o‘zing va sen bilan birga bo‘lgan kishilar kema ustida joylashib olsa: “Bizlarni zolim qavmdan qutqazgan Allohga hamdu sano bolsin”, deb ayt” (Mo‘minlar, 28-oyat). Ibrohim xalilur Rahmon (alayhissalotu vassalom) aytganlar:


Menga keksalik paytimda Ismoil va Ishoqni hadya qilgan zot – Allohga hamdu sanolar bo‘lsin, albatta, Parvardigorim barcha duolarni eshituvchidir (Ibrohim,


39-oyat). Dovud (alayhissalom) va Sulaymon (alayhissalom) aytadilar:

Bizlarni ko‘p mo‘min bandalardan afzal qilib qo‘ygan zot – Allohga hamdu sano bo‘lsin” (Naml surasi, 15-oyat).


Jannat ahllarining ibodati ekani shuki, ular olti o‘rinda Alloh taologa hamd aytadilar:


1. Allohning:
Ey jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda (mo‘minlardan) ajralinglar” (Yosin surasi, 59-oyat), degan so‘zi aytilgan paytda, shunday deydilar:

Bizlarni zolim qavmdan qutqazgan Allohga hamdu sano bolsin” (Mo‘minlar surasi, 280-oyat).


2. Sirotdan o‘tgan vaqtlarida:


Va ular (jannatga kirganlarida) dedilar: “Bizlardan g‘am-qayg‘uni ketkazgan zot – Allohga hamdu sano bolsin. Darhaqiqat, Parvardigorimiz mag‘firatli va o‘ta shukr qiluvchidir” (Fotir surasi, 34-oyat).

3. Jannatdagi hayot suvida cho‘milganlarida jannatga qaraydilar va aytadilar:


Bizlarni bu (ne’matga) yo‘llagan zot – Allohga hamdu sano bolgay. Agar bizni

Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə