Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə143/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

Alloh hidoyat qilmaganida hargiz yo‘l topa olmas edik” (A’rof surasi, 43-oyat).
4. Jannatga kirganlarida:
Va bizlarga va’dasini rost qilgan va bizlarni bu (jannat) yeriga vorid qilgan hamda jannatdan o‘zimiz xohlagan tarafda joy-o‘rin olishimizga (muvaffaq qilgan) Allohga hamdu sano bolsin” derlar (Zumar surasi, 24-oyat), deb shukrona aytadilar.

5. Jannatda joylashgan vaqtlarida aytadilar:


Va ular (jannatga kirgan chog‘larida) dedilar: “Bizlardan g‘am-qayg‘uni ketkazgan zot – Allohga hamdu-sano bo‘lsin. Darhaqiqat, Parvardigorimiz mag‘firatli va ota shukr qilguvchidir. U o‘z fazlu marhamati bilan bizlarni mangu turadigan bir diyorga tushirdi” (Fotir surasi, 34 –35- oyatlar).

6. Ovqatdan forig‘ bo‘lganlaridan keyin aytadilar:


Hamdu sano butun olamlar xojasigadur” (Fotiha surasi, 1-oyat).

Hakimlardan bittasi aytadi: “To‘rt narsada shukr qildim:


1. Alloh taolo maxluqlardan ming xilini yaratdi, so‘ng ularning ichida odamni ulug‘ etdi va meni ham odam farzandidan yaratdi.
2. Erkaklarni xotinlardan fazilatli etdi va meni erkak qilib yaratdi.
3. Islomni dinlarning afzali etdi va meni musulmonlardan qildi.
4. Muhammadning (s.a.v.) ummatlarini ummatlar ichida eng yaxshi ekanini ko‘rdim va meni ham u zotning (s.a.v.) ummatlaridan qildi”.

Shukr ikki xil bo‘ladi: umumiy va xususiy.


Umumiy shukr til bilan hamd aytish, Allohning ne’matlarini e’tirof etishdir. Xos shukr til bilan hamd aytish, qalb bilan tanish va ruknlar bilan xizmat etish hamda halol bo‘lmagan narsalardan tilini va a’zolarni saqlashdir.

Muhammad ibn Ka’bdan rivoyat etiladi. U kishi aytadilar: “Shukr - Allohning:


(Ey) Dovud xonadoni, (Alloh sizlarga ato etgan bu ne’matlarning) shukronasi uchun amal-ibodat qilinglar” (Saba’ surasi, 13-oyat), degan so‘ziga amal qilishdir”.


695. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilarki: “Ikki xislat kimda bo‘lsa, Alloh uni shukr va sabr etuvchi, deb yozib qo‘yadi. Biri – dindorlikda o‘zidan baland bo‘lgan kishiga qarab, unga ergashish va ikkinchisi – dunyoda o‘zidan past bo‘lgan kishiga qarab, so‘ngra Allohga hamd aytish».


Faqih aytadilar: «Shukrning mukammalligi uch narsa bilandir: Alloh sizga bir narsa bersa, kim orqali berayotganiga qarashingiz va Unga hamd aytmog‘ingiz; bergan narsasiga rozi bo‘lmog‘ingiz; modomiki, o‘sha sizga ato qilingan narsa jasadingizga quvvat berar ekan, u tufayli Allohga osiylik qilmasligingiz lozim bo‘ladi”.


Maymun ibn Mahron Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Alloh taoloning yaratgan bandalari ichida muxtor-tanlanganlari bor, ular yaxshilik qilsalar, xursand bo‘ladilar, gunoh qilsalar, mag‘firat so‘raydilar, ne’mat kelsa, shukr aytadilar, balolarga duchor bo‘lsalar, sabr qiladilar.


Muhammad ibn Ka’b Quraziy aytadilar: “Sulaymon ibn Dovud (alayhissalom) ulovlariga


minganlarida, qavmlaridagi odamlar kelib shunday dedilar: “Ey Allohning rasuli, sizga oldingilarga berilmagan biron narsa ato qilinganmi?” Sulaymon (alayhissalom) aytdilar: “To‘rt xislat kimda bo‘lsa, Dovud oilasiga berilgan dunyo matolaridan ham yaxshiroq narsalar berilibdi: Allohdan oshkora va yashirin holatda qo‘rqish, kambag‘allik va boylikda o‘rtacha bo‘lish, rozilik va g‘azab holatida adolatli bo‘lish, xursandchiligu xafalikda Allohga hamd aytish”.


Abu Zarr G‘iforiydan (r.a.): “Odamlarning qaysisi ne’matga boy?” deb so‘rashdi. Aytdilarki: “Azobdan omonda bo‘lib, savob kutayotgan tuproqdagi jasad”.



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə