Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

 
Rezidentlar – 
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb 
quyidagilar e’tirof etiladi:
O‘zb
ekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs;
O‘zb
ekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq 
davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik 
davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat 
O‘zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs. 


359
Royalti
- quyidagilar uchun har qanday turdagi to‘lovlar:
fan, 
adabiyot va san’at asarlaridan, shu jumladan elektron-hisoblash 
mashinalari uchun dasturlar, audiovizual asarlardan hamda turdosh 
huquqlar obyektlaridan, jumladan ijrolar va fonogrammalardan 
foydalanganlik yoxud ulardan foydalanish huquqini berganlik 
uchun;
sano
at mulki obyektiga, tovar belgisiga (xizmat ko‘rsatish belgisiga), 
savdo markasiga, dizayn yoki modelga, rejaga, maxfiy formula yoki 
jarayonga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi patentdan (guvohnomadan) 
yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborotdan (nou-
xaudan) foydalanganlik uchun; 
Soliqlar – 
Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda 
undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz 
xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul 
to‘lovlari. 
Soliq inspeksiyalari – 
Davlat soliq qo‘mitasiing yagona tizimi 
tarkibiga kiruvchi tuzilmaviy birlik. Ularning tarkibiy tuzilishi 
funksional belgiga ko‘ra aniqlanadi. Buning asosi sifatida turli 
belgilar: mulkchilik shakli, xo‘jalik faoliyatining turi, to‘lovlar 
hajmi, soliqlarning turlari va h.k.lar olinishi mumkin. Fuqarolarning 
faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun soliq inspeksiyasi 
nazorati ostida bo‘lgan hudud uchastkalarga bo‘linadi. 
Soliq davri - 
u tugaganidan keyin soliq solinadigan baza 
aniqlanadigan hamda soliq yoki boshqa majburiy to‘lov summasi 
hisoblab chiqariladigan davrdir. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə