Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliq majburiyati - s
oliq to‘lovchining soliq to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan majburiyati soliq 
majburiyati deb e’tirof etiladi. 
Soliq stavkasi – 
soliqqa tortish birligiga to‘g‘ri keluvchi 
soliqning hajmi (miqdori, darajasi). Qat’iy soliq stavkalari 


360
daromadlarga bog‘liq bo‘lmagan holda soliqqa tortish birligiga 
nisbatan qat’iy summalarida o‘rnatiladi. 
Soliq tizimi - 
mamlakat doirasida (hududida) to‘lovlardan 
(yuridik va jisoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan 
soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar hamda ular tarkibiy 
tuzilishining shakli va uslublari yig‘indisi.
Soliq qonunchiligi – 
davlatda soliqlarning turi, ularni undirish 
mexanizmi va soliq majburiyatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi 
va to‘xtatishini tartibga solib turuvchi yuridik me’yorlar yig‘indisi; 
moliyaviy huquq instituti. Soliq huquq davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzilishi (qurilishi), uning vazifa va funksiyalari bilan belgilanadi. 
Soliq to‘lovlari – 
soliq qonunchiligi bo‘yicha belgilangan 
tartibda va muddatda soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan, 
hisoblangan yoki qat’iylashtirilgan summalardir. Ularni hisoblash 
tartibi har bir soliq turi bo‘yicha qonunga binoan aniqlanadi. 
Soliq tushumlari - 
Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 
byudjet daromadlari va xarajatlari klassifikatsiyasining daromadlari 
qismidagi har bir soliq va boshqa majburiy to‘lovlarga 
mo‘ljallangan qism, band, kod va moddaga muvofiq vakolotli 
banklarning hisob-kitob raqamiga yoziladigan, hisoblangan va 
haqiqatda kelib tushgan soliq to‘lovlari va moliyaviy sanksiyalar. 
Soliq hisoboti
- soliq to‘lovchining soliq va boshqa majburiy 
to‘lovning har bir turi bo‘yicha yoki to‘langan daromadlar bo‘yicha 
hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-
kitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‘z ichiga 
oladigan hujjati bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlanadigan shaklda tuziladi. 
Soliq nazorati
- soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va 
soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek 


361
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat 
qilishning yagona tizimi. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə