Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Soliq to‘lovchilar – 
Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyati 
yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida 
bo‘linmalaridir. 
Soliq agentlari
– Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish, soliq 
to‘lovchidan ushlab qolish hamda byudjetga va davlat maqsadli 
jamg‘armalariga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir. 
Soliqqa tortish obyektlari – 
qonunga muvofiq foyda 
(daromad), ma’lum bir tovarlar qiymati, yuridik va jismoniy 
shaxslarning mulki, mol-mulkni berish, (meros, taqdim etish), 
qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar, faoliyatning ayrim 
turlari va boshqalardan iborat. Soliqqa tortishning bir obyekti bir 
turdagi soliq bilan belgilangan muddatda (oy, chorak, yarim yil, yil) 
bir marta soliqqa tortilishi mumkin.
Soliqqa tortish prinsiplari – 
soliq siyosatini amalga oshirishni 
belgilab beradigan va soliqlar bo‘yicha byudjet topshiriqlarini tuzish 
orqali realizatsiya qilinadigan mustahkam o‘rnashib qolgan qoidalar 
yig‘indisi. 
Soliq elementlari
– davlatning qonun hujjatlari asosida 
aniqlangan soliqlarning tuzilishi (qurilishi) prinsiplari va ularni 
undirishni tashkil qilish, soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini 
o‘zida aks ettiradi. 
Savdo faoliyati
- qayta sotish maqsadida olingan tovarlarni 
sotishga doir faoliyat. 
 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi
- soliq solishning 
ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun belgilanadigan hamda 
ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning, 


362
shuningdek ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning maxsus 
qoidalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi. 
Soliq qarzi
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
qarz summasi, shu jumladan ushbu Kodeksda belgilangan 
muddatida to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə