Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji - s



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/220
tarix09.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#126388
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   220
2 Вахабов А , Жураев А Соликлар ва соликка тортиш Дарслик

Naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji - s
oliq 
to‘lovchining naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji 
xronometraj o‘tkazilgan davrda haqiqatda kelib tushgan naqd pul 
tushumini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
 
 
Ortiqcha to‘lovlar – 
to‘lovning byudjetga tushgan ortiqcha 
summasi. Odatda soliq to‘lovchining boshqa to‘lovlar bo‘yicha 
mavjud bo‘lgan boqimondalarini uzish uchun hisobga olinadi va bu 
to‘g‘rida unga ma’lum qilinadi yoki moliya organining qarori 
nusxasi va bankning tegishli ko‘chirmasi asosida soliq to‘lovchiga 
qaytariladi. 
Progressiv soliq - 
soliqqa tortish bazasining oshishi bilan soliq 
stavkasining ko‘tarilishi xarakterlidir. Progressiv soliqlarning 


358
orasida eng ko‘p uchraydigani jismoniy shaxslarning daromadidan 
olinadigan soliqdir.
Proporsional soliq – 
soliq shaklida olinishi mumkin bo‘lgan 
summa soliqqa tortish bazasining o‘lchamiga (miqdoriga, hajmiga) 
proporsionaldir. Bu soliq yagona stavkali soliqlar jumlasiga kiradi. 
Penya – 
fuqarolik huquqida jazo choralarining (jarimalarning) 
ko‘rinishlaridan biri, qonun yoki shartnomaga muvofiq to‘lovlar 
muddatini buzganlik uchun undiriladigan moliyaviy jazoning shakli. 
Uning miqdori qonunga ko‘ra to‘lovning har bir kechiktirligan kuni 
uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan summaga nisbatan foizda 
belgilanadi. Korxona tomonidan to‘langan penya summasi noishlab 
chiqarish xarajatlarining tarkibiga kiritiladi. 
Preferensiya – 
investitsion va innovatsion xarajatlarni 
moliyalashtirish uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq 
imtiyozi ko‘rinishida belgilangan (o‘rnatilgan) imtiyoz, afzallik. 
 
Regressiv soliq –
soliqqa tortiladigan daromadning oshishi 
bilan soliq stavkasining pasayishi xarakterlidir. Bunday soliqlar 
toifasiga, xususan, egri (bilvosita) soliqlarni kiritish mumkin. 
Regressiv soliqlarning yuki (og‘irligi) boylarga nisbatan kambag‘al 
qatlamlar uchun og‘irroq deb sanaladi. Masalan, qo‘shilgan qiymat 
solig‘ini to‘lash uchun kambag‘allar boylarga nisbatan o‘z 
daromadlarining ko‘proq qismini (hissasini) sarflaydilar. 
Proporsional soliq ham regressiv bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə