Мижоз: Отa-онaм менинг aҳволимгa тушунмaйди-лaр



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə1/38
tarix28.11.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#134666
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
3634 хизмат лаб лотин


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI

PSIXOLOGIK XIZMAT FANIDAN AMALIY
MASHG`ULOTLAR ISHLANMASI



TOSHKENT 2014


Mazkur amaliy mashg`ulot topshiriqlari to‘plami 5110900-pedagogika va psixologiYа ta`lim yunalishiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishga xizmat qiladigan topshiriqlar mujassamlashtirilgan.


Tuzuvchilar:
L.A.Nigmatulina – Nizomiy nomidagi TDPU “PsixologiYа”
kafedrasi o‘qituvchisi
N.B.Atabaeva – Nizomiy nomidagi TDPU “PsixologiYа”
kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar:

Mazkur qo‘llanma “PsixologiYа” kafedrasining - sonli yig`ilishida muhokama etilgan.


Kirish
"Psixologik xizmat" fanidan amaliy mashg`ulotlari to‘plamida keltirilgan topshiriqlar talabalarda ta`lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari haqidagi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga va nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan mustahkamlashga xizmat qiladi.
1.1. “Psixologik xizmat” fanidan amaliy mashg`ulotning
maqsadi va vazifalari:
Amaliy mashg`ulotlardan ko‘zlangan maqsad talabalarning fan doirasidagi nazariy bilimlarini mustahkamlash va ta`lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Amaliy mashg`ulotning vazifasi talabalarning amaliy bilimlarini kengaytirish, ilmiy duyoqarashini shakllantirishdan iborat.
1.2. Talabalar bilimiga qo‘yiladigan talablar:
Amaliy mashg`ulotlarni bajarish orqali baklavr:

  • psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari; ta`lim sohasida faoliYаt olib boruvchi psxologning majburiYаtlari; ta`lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etishning shart-sharoitlari; amaliy psixolog shaxsi va unga qo‘yiladigan talablar; amaliy psixolog faoliYаti ko‘rinishlari; yosh davrlari psixologiYаsi va yosh inqirozlari haqida tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak;

  • amaliy psixologning kasbif pozitsiYаsi; amaliy psixolog faoliYаtini rejalashtirish; amaliy psixologning psixodiagnostik, psixokorrektsion, psixologik maslahat, psixoprofilaktik ishlarini tashkillashtirishning nazariy asoslari; psixologik xizmatni tashkil etishning yoshga oid jihatlari; guruhiy, individual va oilaviy psixokorrektsiYа, psixologik maslahatning o‘ziga xos tomonlari; bilish jarayonlari, emotsional soha va shaxslararo munosabatlar psixokorrektsiYаsi usullari; amaliy psixologning ota-onalar va pedagoglar bilan olib boriladigan ishlarni bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;

  • ta`lim muassasasida psixologik maslahatni tashkil etish; psixologik maslahatdan, individual va guruhiy maslahat usullari; psixologik maslahatning asosiy yo‘nalishlari, Yа`ni psixoanaliz, gumanistik, ekzistentsial yo‘nalishdagi usullarni qo‘llash; psixokorrektsiYа yo‘nalishlari, Yа`ni psixodinamika, mijozga yo‘naltirilgan korrektsiYа, individual, guruhiy psixokorrektsiYа usullarini qo‘llash; psixokorrektsion dastur tuzish; bilish jarayonlari, shaxslararo munosabatlar, emotsional soha psixokorrektsiYаsi usullarini qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.


Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə