Мижоз: Отa-онaм менинг aҳволимгa тушунмaйди-лaр


Mavzu: Maktabgacha tarbiYа yoshidagi psixokorrektsiYаning o‘ziga xosligi



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə17/38
tarix28.11.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#134666
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
3634 хизмат лаб лотин

Mavzu: Maktabgacha tarbiYа yoshidagi psixokorrektsiYаning o‘ziga xosligi
Reja:

  1. Bilish jarayonlari psixokorrektsiYаsi: bolada diqqat, idrok, tafakkur, nutq, xotira psixokorrektsiYаsi

  2. Emotsional soha psixokorrektsiYаsi: bolalardagi qo‘rquv va xavotir psixokorrektsiYаsi

O‘quv mashg`ulotining maqsadi: Talabalarda maktabgacha tarbiYа yoshidagi psixokorrektsiYаning o‘ziga xos tomonlari haqidagi amaliy bilimlarni shakllantirish.
O‘quv mashg`ulotidan kutilayotgan natijalar: Talabalarda maktabgacha tarbiYа yoshidagi psixokorrektsiYаning o‘ziga xos tomonlari haqidagi amaliy bilimlar shakllanadi.

2-ilova
1-topshiriq. Bilish jarayonlari psixokorrektsiYаsi: bolada diqqat, idrok, tafakkur, nutq, xotira psixokorrektsiYаsi
3-ilova
1-topshiriq. Bilish jarayonlari psixokorrektsiYаsi: bolada diqqat, idrok, tafakkur, nutq, xotira psixokorrektsiYаsi


4-ilova
1-topshiriq. Emotsional soha psixokorrektsiYаsi: bolalardagi qo‘rquv psixokorrektsiYаsi

Maktabgacha tarbiYа yoshidagi bolalardagi qo‘rquv bilan ishlashda ertak terapiYаsining o‘rni.

Ushbu mashg`ulot 3 bosqichda amalga oshiriladi:


Birinchi bosqich: “Qo‘rqinch haqida ertak” bolalarga o‘qib beriladi.
Ikkinchi bosqich: Ertakni sahnalashtirish.
Uchinchi bosqich: Ertak muhokamasi.
Birinchi bosqich: “Qo‘rqinch haqida ertak”.
Ajoyib, xushmanzara joylarning birida, gullar bilan o‘ralgan makonda bir oila istiqomat qilar edi: ota, oan, va ikkita qizaloq – Malika va Madina. Ota-onasi o‘zining qizlarini juda Yаxshi ko‘rishar va ularning yutuqlaridan faxrlanar edilar, biroq bitta vaziYаt ularni hamisha jahlini chiqarar ekan – ikkala qizaloq ham juda qo‘rqoq edi: bo‘ridan, qorong`ulikdan, yorug`likning yo‘qolib qolishidan, uyda yolg`iz qolishdan qo‘rqardi.
Ular uxlashga yotganida albatta yonlarida biror-bir o‘yinchoq, masalan Malika to‘pponcha olib yotar edilar. To‘pponcha o‘yinchoq bo‘lishiga qaramay juda qattiq ovoz chiqarar edi.
Madina esa o‘yinchoqli pichoq olib yotar edi. Har safar uxlashdan avval ular krovat oldida hech narsa yo‘qmi deb uzoq qidirar, onasi joylarini to‘g`rilab bersa ham bundan qoniqmay, Yаna o‘zlari qarar edi.
Kunlarning birida ota-ona bolalarini uxlatgach buvisinikiga mehmonga ketishdi. “Ular balki, eshikni qulflashni unutgandirlar”, - dedi Madina, chunki, bog`da, eshik oldida, dahlizda qandaydir shovqinlar eshitilmoqda. Qizaloqlar eshikni sekin ochib ko‘rib, darhol Yаna yopib qo‘ydilar. U erda katta qora, dumi tushurilgan kuchu aylani yurar edi. Qizchalar eshik oldiga stul, korobkalar qo‘yib, o‘zlari krovat tagiga kirib oldilar. Birdaniga ularga dahshatli fikr keldi: “Otam va onamchi? Ular kuchukni ko‘rib nima qilishadi? Balki u quturgandir va ota-onamni tishlab olsa nima bo‘ladi?” Qizchalar qo‘rquvdan titrab, yig`lab yuborishdi. Keyin Malika o‘zining to‘pponchasini, Madina esa pichoqchasini oldilar. Madina “Men uni qo‘rqitaman” – dedi. Malika esa “Men uni uraman” – dedi. Qizaloqlar kelishib olishgach eshik oldiga kelib, koridorga chiqdilar. Malika to‘pponchasi, Madina esa pichoqchasi bilan devor bo‘ylab harakatlana boshladilar. Ular birgalikda “Yo‘qol bu erdan!” – deyishdi. Kuchuk yugurib chiqib ketdi, qizchalar esa eshikni yopib qo‘ydilar. Tez orada ota-onalari uyga qaytishdi. Ota-onalar juda xavotirda edi. Qo‘shnilar ularning uylaridan katta kuchuk yugurib chiqqan aytdilar. Qizchalar ularga bor gapni aytib berdilar. Ota-onalari xursand bo‘ldilar: ular o‘zlarining qizlaridan faxrlana boshladilar. “Qanday qilib shunday daxshatli kuchukni uydan haydab chiqardingiz?” – deb so‘rashdi. Qizaloqlar: “SHunchaki biz siz uchun qayg`urdik”.
Ikkinchi bosqich. Boshlovchi ertak qaxramonlarini taqsimlab beradi va voqealarni sahnalashtiradilar. Rollarni bolalarning individual xususiYаtilaridan kelib chiqqan holda boshlovchining o‘zi taqsimlab beradilar.
Uchinchi bosqich. Ertakni muhokama qilish. Muhokama jarayonida qo‘rquv va uning shaxs va atrofdagilarga ta`siri, qo‘rquvning ijobiy, salbiy tomonlariga e`tibor qaratiladi. Bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda qo‘rquv bilan bog`liq vaziYаtlarni aytib beradilar.
Vazifa: har bir talaba maktabgacha tarbiYа yoshidagi bolardagi qo‘rquv psixokorrektsiYаsi uchun dastur Yаratishi lozim.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə