Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


Mahalliy bozordagi ishchi kuchiga talab funktsiyasi L



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə109/117
tarix18.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#98753
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   117
04.масалалар туплами

11. Mahalliy bozordagi ishchi kuchiga talab funktsiyasi LD=1200 -25×W, taklif funktsiyasi esa LS= -600+35×W ko’rinishida berilgan. Bu yerda, W - kunlik ish haqi dollar hisobida, L – ishchilar soni.
a) agar minimal ish haqi miqdori kunlik 40 $ qilib belgilab qo’yilsa, qancha ishchi kuchi ishsiz bo’lib qoladi?
b) minimal ish haqi stavkasi belgilangandan keyin ishchilarning umumiy daromadi qanchaga o’zgaradi?
12. Musulmon mamlakatlarining birida ish boshqaruvchilarga bo’lgan talab funktsiyasi LD=1000-3×W, taklif esa LS=-200+9×W ko’rinishida berilgan. Bu yerda W – yillik ish haqi ming dollar hisobida, LD va LS lar yillik ishchilarga talab va taklif hajmi, ming kishi hisobida. Nimadir sabab bo’ldi-yu ayollar boshqaruvchi lavozimida ishlashdan mahrum qilindilar. Agar mamlakatdagi erkak ish boshqaruvchilar taklifini ko’paytirish imkoni bo’lmasa, ish haqi va ishchilar soni qanday o’zgaradi?
13. Toshkent shahridagi ishchi ayollarning taklif funktsiyasi LS(A)=-200+W, ishchi erkaklar taklifi funktsiyasi esa LS(E)=-300+2×W va ishchilarga talab funktsiyasi LD=1500-2×W ko’rinishida berilgan. Bu yerda W-oylik ish haqi ming so’m hisobida, LD va LSishchilarning oylik talabi va taklifi hajmi, ming kishi hisobida. Ayollarni rag’batlantirish maqsadida har bir ayol ishchi uchun oylik 50 ming so’m qo’shimcha haq to’lanadigan bo’ldi. Ushbu qaror natijasida:
a) ishchi ayollar soni qanchaga oshadi?
b) erkak ishchilar soni qanday o’zgaradi?
c) erkak ishchilarning oylik maoshi qanchaga kamayadi?
d) ishchi ayollarning oylik maoshi necha foizga ortadi?
14. Malakali mehnat bozorida mehnatga bo’lgan talab va taklif funktsiyalari berilgan.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə