Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə107/117
tarix18.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#98753
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   117
04.масалалар туплами

Javob: 24%
4. Malakali mehnat bozorida mehnatga bo’lgan talab va taklif funktsiyalari berilgan:
LD=24000-500W LS= - 6000+800W
LD, LSish vaqti soatlari;
W - soatbay ish haqi, dollarda.
Firma mehnat bozorida monopolist hisoblanadi va mahsulotini raqobatlashgan bozorda sotadi.
Aniqlansin:
a) firmaga yollangan ishchilar soni (soatbay) va ish haqi stavkasi;
b) ishchilar tomonidan olinadigan renta;
c) ishchilar kasaba uyushmasiga birlashib harakat qilsa, va kasaba uyushmasi mehnat bozorida monopolist sifatida harakat qilsa, firma tomonidan qancha ishchi yollanadi, ish haqi stavkasi va ishchilar tomonidan olinadigan renta miqdori.
Echimi:
Monopolistik firma quyidagi qoidaga amal qilib ishchilarni yollaydi.
MRCL – firmaning har bir qo’shimcha olingan ishchiga chekli xarajati;
MRPL – har bir olingan qo’shimcha ishchining chekli daromadliligi. Demak, W=48-0.002LD yoki  MRPL=W bo’lgani uchun MRPL=48-0.002LD. Taklif funktsiyasidan teskari funktsiyani topamiz W=7.5+0.00125LS. Firmaning yollanma ishchilarga xarajati C=W×LS=(7.5+0.00125LS)LS.. U holda, chekli xarajat MRCL=7.5+0.0025LS. Optimallik shartidan foydalanib yozamiz:
48-0.002L=7.5+0.0025L 0.0045L=40.5 va L=9000. Firma 9000 ishchi yollaydi. Ish haqi W=7.5+0.00125×9000=18.75
b) Rentani aniqlaymiz:
Buning uchun yuqoridagi vaziyatni grafikda tasvirlaymiz
Renta=0.5×(18.75-7.5)×9000=50625 $
MRPL=48-0.002LD
W=7.5+0.00125LS
c) Monopolistning chekli daromad chizig’ini topamiz. Mehnatga talab funktsiyasidan R=W×L bo’lgani uchun MR=48-0.004L. Mehnat taklifi chizig’i mehnatning chekli xarajat chizig’ini beradi. MC=W=7.5+0.00125L bo’lsa, 0.004L=7.5+0.00125L bundan L=7714.28. Firma 7714 ishchini yollaydi.
W=48-0.002×7714.28=32.6 $. Rentani hisoblashda quyidagi grafikdan foydalanamiz.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə