Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə104/117
tarix18.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#98753
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   117
04.масалалар туплами

Nominal foiz stavkasi - bu joriy pul birliklarida ifodalangan jamg’armaga yoki ssudaga bo’lgan daromad normasi.
Real foiz stavkasi - bu o’zgarmas (ya’ni, inflyatsiya darajasiga ko’ra o’zgartirilgan) pul birliklarida ifodalangan jamg’arma yoki ssudaga bo’lgan daromad normasi.
Faraz qilaylik, nominal, - real foiz stavkasi bo’lsin. - inflyatsiya darajasi sur’ati, ya’ni
bu yerda - joriy narx darajasi;
- ma’lum vaqt o’tgandan keyingi (bir yildan keyingi) narx darajasi.
Iqtisodiy renta (absolyut renta) - bu cheklangan resurs uchun to’lanadigan to’lov.
Er rentasi - cheklangan yer resurslaridan (boshqa tabiiy resurslardan) foydalanganlik uchun to’lov.
Iqtisodiy renta yer rentasiga ko’ra kengroq ma’noga ega, buni yuqorida ko’rgan edik.
Absolyut renta - bu barcha yer egalari tomonidan yerning sifatiga bog’liq bo’lmagan holda oladigan rentadir.
Ish haqi - ishchi kuchidan foydalanganligi uchun to’lanadigan qiymat. Ish haqi stavkasi ham ish haqining bir turi bo’lib, ishchi kuchi mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun to’lanadigan ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir oylik).
Kapitalga daromad - bu foiz deyiladi. Amalda kapitalga daromad ikki xil bo’ladi. Agar kapital pul shaklida bo’lsa, pul beruvchilar ssuda foizi bo’yicha daromad oladi. Agar kapital buyumlashgan shaklda bo’lsa, u kapitalga ko’ra umumiy daromaddan ulush oladi.
Iqtisodiy renta - cheklangan resursdan foydalangani uchun to’lanadigan narx.
Tadbirkorlik daromadi - bu ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanganligi uchun tadbirkor oladigan daromad.
Mehnat bozorida monopsoniya – bu mukammallashgan raqobatdagi mehnat bozorining alohida bir chetki ko’rinishi bo’lib, bunda biror kichik shahardagi yagona firma mahalliy aholining ko’p qismini ish bilan ta’minlaydi.
Kasaba uyushmasi - bu ishchilar uyushmasi bo’lib, u o’zining a’zolari nomidan va ko’rsatmasiga ko’ra tadbirkorlar bilan muzokara olib borish huquqiga ega tashkilot.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə