Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə105/117
tarix18.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#98753
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   117
04.масалалар туплами

Lorents chizig’ibiror bir ko’rsatkichni taqsimlanish darajasini ifodalovchi egri chiziq. Bu amerikalik olim Maks Otto Lorents (1876-1944) tomonidan aholi daromadlarining taqsimlanishini narxlash uchun ishlab chiqilgan. Aholidan daromad solig`i olinib, ularga transfert berilgandan keyin Lorents chizig’ining botiqligi kamayadi.
Inson kapitali nazariyasi – inson kapitaliga investitsiya qo`yish natijasida ish haqining har xil darajada bo’lishi sabablarini tushuntirib beruvchi nazariya.
Inson kapitaliga investitsiyainsonning qobiliyatgni, malakasini, ishchining mehnat unumdorligini oshirishga olib keladigan har qanday harakat (shu bilan birga bilim olishiga, sog’likni tiklashga sarflar).


1. Mahalliy bozordagi ish kuchiga talab funktsiyasi LD=1000 -20×W taklif funktsiyasi esa LS= -600+60×W ko’rinishida berilgan. Bu yerda, W - kunlik ish haqi dollar hisobida, L – ishchilar soni.
a) agar minimal ish haqi miqdori kunlik 25 $ qilib belgilab qo’yilsa qancha ishchi kuchi ishsiz bo’lib qoladi?
b) minimal ish haqi stavkasi belgilangandan keyin ishchilarning umumiy daromadi qanchaga o’zgaradi?
Echimi:
a) Dastlab bozorning muvozanat parametrlarini topib olamiz:
LD=1000 -20×W= LS= -600+60×W
80×W=1600
W=20 $
LD=LS=-600+60×W=600 kishi minimal ish haqi 25 $ qilib belgilangandan so’ng ishchilar taklifi LS=-600+60×W=-600+1500=900 kishini ularga talab esa
LD=1000 -20×W=1000-500=500 kishini tashkil qiladi. Ushbu qaror natijasida
900-500=400 kishi ishsiz qoladi.
b) minimal ish haqi normasi o’rnatilishidan oldin umumiy kunlik ishchilarning daromadi L×W=20×600=12 000 $ ga teng edi keyin bo’lsa 25×500=12 500 $ ni tashkil qilib 12 500-12 000=500 $ ga ortdi.
Javob: a) 400 kishi ishsiz qoladi. b) 500 $ ga ortadi.
2. Musulmon mamlakatlarining birida ish boshqaruvchi kadrlarga talab funktsiyasi LD=900-4×W taklif esa LS=-300+8×W ko’rinishida berilgan. Bu yerda,

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə