Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə113/117
tarix18.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#98753
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117
04.масалалар туплами

XV BOB. TASHQI SAMARALAR
Asosiy tushunchalar
Transaktsion yoki operatsiyalar xarajati - bu tovarlar almashuvi sohasidagi xarajatlardir.
Transaktsion xarajatlar quyidagi besh ko’rinishda bo’ladi:
1. Axborot qidirish xarajati;
2. Muzokara olib borish va shartnoma tuzish xarajati;
3. O’lchash xarajatlari;
4. Mulk egasi huquqini himoya qilish va spetsifikatsiya xarajatlari;
5. Opportunistlik harakat xarajatlari.
Opportunistik xarajat deb, sherik hisobidan foyda olish maqsadida shartnomada ko’rsatilgan shartlarni bajarishdan voz kechadigan shaxslar harakatiga aytiladi.
Tashqi samaralar yoki eksternalilar (externalities)- bozordagi oldi-sottidan olinadigan, lekin narxda o’z ifodasini topmagan xarajat yoki foyda. Ular muayyan operatsiyada qatnashadigan bozor sub’ektlari bilan bir qatorda uchinchi tomon bilan bog’liq bo’lgani uchun ham «tashqi» deb qabul qilinadi. Ushbu xarajatlar yoki yutuqlar (foyda) tovarlar va xizmatlarni ham ishlab chiqarishda, ham iste’mol qilishda vujudga keladi.
Tashqi samara musbat (ijobiy) va manfiy (salbiy) samaralarga bo’linadi. Manfiy samara xarajatlar bilan bog’liq bo’lsa, musbat samara uchinchi tomonning yutug’i bilan bog’liqdir.
Tashqi samara ijtimoiy xarajatlar (yutuqlar) va xususiy xarajatlar (yutuqlar) o’rtasidagi farqni ko’rsatadi.
,
bu erda: - ijtimoiy chekli xarajat; - xususiy chekli xarajat; - tashqi chekli xarajat .
Musbat (ijobiy) tashqi samara biror iqtisodiy sub’ektning faoliyati boshqa sub’ektlarga yutuq keltirganda vujudga keladi.
Bu erda - ijtimoiy chekli yutuq; - xususiy chekli yutuq; - tashqi chekli yutuq.
Salbiy tashqi samaraga ega bo’lgan tovarlar va xizmatlarni ko’p ishlab chiqarilishini kamaytirish va ijobiy tashqi samarali tovarlar va xizmatlarni optimal hajmgacha oshirish uchun tashqi samaralarni ichki samaraga aylantirish (transformatsiya qilish) kerak.
Tartiblashtiradigan soliq - bu salbiy tashqi samaraga ega bo’lgan iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarishga qo’yiladigan va xususiy chekli xarajatni ijtimoiy chekli xarajatgacha ko’taradigan soliq.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə