Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


Tartiblashtiruvchi subsidiya



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə114/117
tarix18.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#98753
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117
04.масалалар туплами

Tartiblashtiruvchi subsidiya - bu ijobiy tashqi samaraga ega bo’lgan iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchilarga va iste’mol qiluvchilarga beriladigan subsidiya bo’lib, u xususiy chekli yutuqni ijtimoiy chekli yutuqqa yaqinlashtiradi.
CHiqindilarga norma va standartlar o’rnatish. Bu erda sanoat chiqindilari tarkibidagi zararli moddalar kontsetratsiyasiga qo’yiladigan miqdoriy chek qonun tomonidan o’rnatiladi.
Zararli chiqindilar uchun to’lov. Bu usulga ko’ra atrof-muhitga chiqaradigan har birlik zararli chiqindisi uchun firmalarga to’lov belgilanadi.
Tabiiy muhitni zararlash huquqini sotish. Davlat ma’lum soha bo’yicha zararli chiqindilar chiqarishning mumkin bo’lgan hajmini aniqlab, uni ruxsatnoma (litsenziya) shaklida auktsion orqali sotadi.


1. Ishlab chiqarilishi salbiy tashqi samaraga ega bo’lgan A tovarga bo’lgan talab mazkur formula ko’rinishida berilgan:
P=80-S
taklif hajmi esa
P=0.5S-10
A tovarni sotish, harid qilish, ishlab chiqarish va undan foydalanishda ishtirok etmagan uchinchi shaxsning xarajatlari bir dona tovar uchun 30 $ ni tashkil etadi.
a) A tovarga bo’lgan muvozanat narx va muvozanat hajm aniqlansin.
b) aytaylik, ishlab chiqaruvchilar tomonidan uchinchi shaxslarga zarar 30 $ hisobida qoplab berildi. SHundan keyingi A tovarga bo’lgan yangi muvozanat narx va yangi muvozanat hajm topilsin.
Echimi:
a) bozorning muvozanat parametrlarini topamiz 80-S=0.5S-10 bundan S=60 va P=20 bo’ladi.
b) uchinchi shaxslarga zarar 30 $ hisobida qoplab berilsa taklif funktsiyasi 30 birlikka siljiydi PS=0.5S-10+30=0.5S+20. Endi yangi bozor muvozanatini aniqlaymiz, 0.5S+20=80-Sbundan S=40 va P=40 bo’ladi.Javob: a) muvozanat narx 20$ va hajmi 60 dona. b) muvozanat narx 40 $ va muvozanat hajm esa 40 dona.
2. Monopolist mahsulotiga bo’lgan talab funktsiyasi SD=2000-4P ko’rinishida berilgan. Bu yerda S-yillik ishlab chiqarish hajmi, ming tonna, P-bir tonna mahsulotning narxi, dollarda. Atrof muhitni ifloslanishi uchun to’lanadigan to’lovlardan tashqari umumiy xarajat TC=S2-60S+31360 ming dollarga teng bo’lsa:
a) atrof muhit uchun xarajatlar hisobga olinmagan holda monopolistning maksimal foydasi aniqlansin.
b) atrof muhitning ifloslanishi uchun to’lov 0.5S2 ko’rinishida bo’lsa, maksimal foyda hajmi qanday o’zgaradi?
c) atrof muhitni ifloslanishi uchun to’lov KS2 ko’rinishida bo’lsa, K ning qanday qiymatlarida monopolist zarar bilan ishlaydi?
Echimi:
a)TR=PS=S(500-0.25S)=500S-0.25S2. (TR)o=MR=500-0.5S maksimal foyda chekli daromadning chekli xarajatga tengligida namoyon bo’ladi, ya’ni MR=MC. MC=(TC)o=2S-60=500-0.5S bundan S=224 va P=444 ni topamiz. Monopolist foydasi π=TR-TC=PS-(S2-60S+31360)=444×224–2242+60×224– 31360=31360ming $.
b) atrof muhit xarajatlari qo’shilgandan so’ng umumiy xarajatlar TC=1.5S2-60S+31 360 ko’rinishiga keladi. CHekli xarajat esa MC=(TC)o=3S-60
MR=500-0.5S=MC=3S-60 bundan S=160 P=460 ni topamiz. Monopolist foydasi:
π=TR-TC=PS-(1.5S2-60S+31360)=444×224–1.5×2242+60×224–31360=28960ming $ teng.
Demak 31360-28960=2400 ming $ ga monopolist foydasi kamayibdi.
c) atrof muhit xarajatlari qo’shilgandan so’ng umumiy xarajatlar TC=(1+K)S2-60S+31 360 ko’rinishiga keladi. CHekli xarajat MC=(TC)o=(2+2K)S-60.
MR=500-0.5S=MC=(2+2K)S-60 bundan S=560/(2K+2.5) ni topamiz.
Monopolist foydasi π=S(500-0.25S)-(1+K)S2+60S-31 360=560×560/(2K+2.5)–(1.25+K)×(560/(2K+2.5))2-31360=5602/(4K+5)– 31360<0 bo’lishi uchun K>1.25 bo’lishi kerak.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə