Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


Javob: har bir firma 250 birlikdan mahsulot ishlab chiqaradi, bozor narxi 2000 va 1-firma 250000, 2-firma 400000 foyda olishadi. 4



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə96/117
tarix18.01.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#98753
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   117
04.масалалар туплами

Javob: har bir firma 250 birlikdan mahsulot ishlab chiqaradi, bozor narxi 2000 va 1-firma 250000, 2-firma 400000 foyda olishadi.
4. Duopol bozorda ikkita firma harakat qilyapti, deylik. Birinchi firma- lider, ikkinchisi – ergashuvchi firma. Umumiy bozor talabi funktsiyasi SD=5000-2.5P, firmalarning chekli xarajat funktsiyalari:
TC1=S12; TC2=1000S2
Ergashuvchi firmaning reaktsiya funktsiyasi S2=2000-0.5S1 , ya’ni ikkinchi firmaning birinchi firma ishlab chiqarishi hajmiga bog’liq ishlab chiqarish funktsiyasi. Ushbu ma’lumotlarga ko’ra lider firma va ergashuvchi firma qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqaradilar, bozordagi muvozanat narx va har bir firmaning foydasi qancha bo’ladi?
Echimi:
Umumiy bozor talabi funktsiyasini quyidagicha yozamiz:
SD=5000-2.5P bundan P=2000-0.4SD=2000-0.4(S1+S2) ni topamiz
Lider firmaning foydasi quyidagicha bo’ladi:
π1=P×S1-TC1 =(2000-0.4(S1+S2))×S1-S12
Ergashuvchi firmanig reaktsiya funktsiyasiga ko’ra liderning umumiy foydasini yozamiz:
π1=(2000-0.4(S1+(2000-0.5S1)))×S1-S12
Ixchamlash natijasida quyidagi foyda funktsiya sini olamiz:
π1=1200S1-1.2S12.
Lider firmaning foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmini aniqlaymiz:
πo(S1)=1200-2.4S1=0,
bu hajm S1=500 ga teng bo’ladi.
Ergashuvchi firmaning reaktsiya funktsiya sidan uning mahsulot ishlab chiqarish hajmini aniqlaymiz:
S2=2000-0.5S1=2000-0.5×500=1750.
Umumiy bozor talabi QD ni hisoblaymiz
SD=S1+S2=500+1750=2250.
Bozor narxi quyidagiga teng
P=2000-0.4SD=2000-0.4×2250=1100.
Lider va ergashuvchi firmalarning foydasini hisoblaymiz:
π1=1200S1-1.2S12=1200×500-1.2×5002=300 000
π2=P×S2-1000S2=1100×1750-1000×1750=175 000
Javob: Lider firma 500 birlik, ikkinchi firma 1750 birlik mahsulot ishlab chiqaradilar. Bozorning muvozanat narxi 1100 birlik va birinchi firma foydasi 300 000, ikkinchi firma foydasi 175 000 birlikka teng bo’ladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə