«mikroiqtisodiyot»



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə10/58
tarix22.03.2024
ölçüsü2,01 Mb.
#182349
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58
«mikroiqtisodiyot»

Yechimi:
Mol go'shti bozorida muvozanat holatni aniqlaymiz. Buning uchun taklif va talab funksiyalarini tеnglashtirib muvozanat narxni topib olamiz:
Qe=QS=QD
Qe=20000-2P=2000+P
18000=3P
Pe=6000 som. Dеmak muvozant narx 6000 somni, muvozanat hajm esa Qe=2000+6000=8000 kg.
Mol go'shti taklifi qisqarishi natijasida muvozanat narx 6200 somni tashkil qilganligi bois o'zgargan taklif hajmini quyidagi amalni bajarib aniqlaymiz:
2 0000-2×6200=2000+6200-X
7600=8200-X
X=600
Yangi taklif funksiyasi
QS=2000+P-600=1400+P
QD=20000-2×6200=7600 kg.
Ko'rinib turibdiki, istе’molchilar tomonidan bildirilayotgan talab hajmi 400 kgga qisqarmoqda.
QD=8000-7600=400.
Ushbu istе’molchilar o'z ehtiyojlarini o'rinbosar tovar orqali ta’min etishga harakat qilib tovuq go'shtiga bo'lgan talabning o'zgarishiga sababchi bo'ladilar. Tovuq go'shtiga bo'lgan talab quyidagicha o'zgaradi:
Istе’molchilar soni o'zgarmasdan oldin tovuq go'shti bozoridagi muvozanat holatni aniqlaydigan bo'lsak, taklif va talab funksiyalarini o'zaro tеnglashtirib muvozanatlik paramеtrlarini topamiz:
Q e=QS=QD
24000-2P=4000+3P
20000=5P
Pe=4000 som.
Qe=4000+3×4000=16000 kg.
O'zgargan talab funksiyasi QD=24000-2P+400=24400-2P
QD=Qs
24400-2P=4000+3P
20400=5P
P=4080 som Qe=4000+3×4080=16240 kg.
Q=240 kg.


Mustaqil ishlash uchun masala va topshiriqlar


1. Shakar bozori muvozanat holatga yaqin holatda. Muvozanat narx 1300 so’m. Mahsulot hajmi 10 000 kg. 1 kg. shakar narxi 1200 so’m bo’lsa, talab ortib 12000 kg., taklif 9000 kg. tashkil qildi. Shakarga bo’lgan talab va taklif funksiyalari aniqlansin. Davlat 1 kg shakar narxini 1250 so’m qilib belgiladi. Davlatning narx siyosati qanday oqibatlarga olib keladi?
2. Talab va taklif funksiyalari to’g’ri chiziq ko’rinishida. Muvozanat narx 10 000 so’mga, muvizanat hajm esa 3600 ga teng. Narx 8 000 so'm bo’lganda talab hajmi 40 000 tani tashkil etadi. Agar narx 12 500 bo’lsa, taklif hajmi aniqlansin.
3. Bozordagi taklif funksiyasi A tovar uchun QS=4P-2000 ga teng. Avval bu bozordagi talab hajmi Q=19000-2P ko’rinishida edi. So’ngra esa reklama tufayli 11000-2P ga ortdi. Bozorning oldingi va hozirgi muvozanat parametrlarini toping.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə