«mikroiqtisodiyot»



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə16/58
tarix22.03.2024
ölçüsü2,01 Mb.
#182349
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58
«mikroiqtisodiyot»

Funksional talab – tovar sifatiga bog'liq bo'lgan talab.
Nofunksional talab – tovar sifatiga bog'liq bo'lmagan omillarga asoslangan talab.
Ko'pchilikka qo'shilish samaradorligi – bu iste’molchi talabining o'sish samarasi bo'lib, ko'pchilik sotib oladigan tovarni umumiy qabul qilingan me’yorlarga ko'ra sotib olish.
Snoba samarasi – talabning o'zgarish samarasi bo'lib boshqalar iste'mol qilgani uchun iste'mol qilinadi.
Veblen samarasi – tovarning narxi juda yuqori bo'lganligi bilan bog'liq bo'lgan iste'mol talabining o'sish samarasi.
Chayqovchilik muhiti talabi (spekulyativ) – narxni kelajakda ortishining kutilishi tovarga bo'lgan talabning bugungi kunda ortishiga olib keladi (tovarni bugungi kunda iste'mol qilishdan naflik ortadi).
Noratsional talab – bu rejalashtirilmagan talab bo'lib, shaxsning hozirgi hoxishi, kayfiyati, injiqligi o'zgarishi bilan vujudga keladigan vaqtinchalik talab.
Befarqlik chizig'i – bir xil darajadagi naflik beruvchi ne’matlar miqdorlari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziq.
O rindosh ne’matlarning chekli almashtirish normasi (marginal rate of substitution) – umumiy naflik darajasi o'zgarmaganda iste’molchi bir birlik birinchi ne’matni qancha birlik ikkinchi ne’mat bilan almashtirishini ko'rsatadi:
Bu erda: MRS – birinchi ne’mat bilan ikkinchi ne’matni chekli almashtirish normasi;
MU1 va MU2 – mos holda birinchi va ikkinchi ne’matning chekli nafliklari.
Byudjet – iste’molchining ma’lum vaqt oraliida oladigan barcha daromadlari yiindisi.
Byudjet chizig'i – byudjetni to'liq sarflash sharti bilan iste’molchi sotib oladigan tovarlar kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq. Byudjet chegarasi tenglamasi quyidagicha yoziladi:

Bu erda: R – daromad;


P1, P2 – 1-2-tovarlar narxi;
X1, X2 – sotib olinadigan 1-2-tovarlar miqdori.
Byudjet chizig'ini befarqlik chizig'i bilan urinish nuqtasi iste’molchining muvozanat holatini bildiradi.
G rafikdagi ko'rinishi quyidagicha:

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə