«mikroiqtisodiyot»



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə20/58
tarix22.03.2024
ölçüsü2,01 Mb.
#182349
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
«mikroiqtisodiyot»

Xedjirlashtirish - bu operatsiya bo'lib, unga ko'ra fyucherslar bozori va opsionlar bozori yordamida bir tavakkalchilik boshqa bir tavakkalchilik bilan qoplanadi. Ushbu operatsiyaning mohiyati shundan iboratki, narxlar o'zgarishi bilan bog'liq tavakkalchilik (yo’qotishlar) savdogar zimmasiga yuklatiladi.
Tavakkalchilik bilan bog'liq aktivlar – aktivdan olinadigan daromad miqdori tasodifiy bo'lgan hol.
Ikki aktivdan iborat bo'lgan portfeldan kutiladigan daromad:


bunda: X – tavakkalchilik aktivining portfeldagi ulushi;
Rpportfeldan kutiladigan daromad;
Rn - tavakkalchilik aktividan kutiladigan daromad;
Rk - tavakkalchiliksiz aktiv daromadi.
Portfelning standart chetlanishi:


bunda:– tavakkalchilik aktiv daromadining standart chetlanishi:


Kapital aktivlariga narx belgilash modeli


bunda: - tavakkalchiliksiz bo'lgan daromad; - aksiyaning tavakkalchilik darajasini fondlar bozori tavakkalchilik darajasiga nisbati; - kutiladigan bozor daromadi.
Portfel diversifikatsiyasi – bir nechta tavakkalchilik aktivlar o’rtasida investitsiyani taqsimlash orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan usul.
Mavzuga doir masalalar
1.Tadbirkorning jami mablag'i 20 mln somga teng. Agar tadbirkor daromadini tavakkalchilik aktivlarga tiksa 12% daromad olishi, tavakkalchiliksiz aktivlardan foydalansa 6% daromad olishi mumkin. Investorning naflik funksiyasi quyidagicha berilgan:
U=r-2σ2
Tavakkalchilik aktivlarning tavakkalchilik ko'rsatkichi 2% ga teng bo'lsa, portfelning optimal tarkibi va tadbirkorning maksimal daromadi aniqlansin.


Yechimi:
a) Agar tadbirkor daromadining – x qismini tavakkalchilik aktivlarini olishga sarflagan bo'lsa, qolgan (1-x) qismini tavakkalchiliksiz aktivlarni olishga sarflaydi.
Tavakkalchilik va tavakkalchiliksiz aktivlarni kutilayotgan umimy daromad r=12×x+6×(1-x)=12x+6-6x=6x+6 (1)
Tavakkalchilik aktivlaridan olinadigan foydaning dispersiyasi σx2=4 ga teng bo'ladi, o'rtacha o’lchovli kutiladigan foydaning standart chetlanishi x·2 boladiya’ni σ=2x bundan x=σ/2 bo'ladi. (2)
(2) ni (1) ga keltirib qo’ysak r=6+6x=6+3σ. (3)

  1. ni naflik funksiyasiga joylashtirsak U=6+3σ-2σ2 bo'ladi. Ushbu funksiyaning maksimum nuqtasini topish uchun undan hosila olib 0 ga tenglashtirsak

U'=3-4σ=0 bo'ladi. Bu yerdan σ0=0.75 ligini aniqlab formulaga qo’yamiz
r0=6+3×0.75=8.25
Maksimal naflik 8.25-2×0.752=7.12
Portfelning optimal miqdori r=7.12+2σ2
b) x=σ/2=0.75/2=0.375 demak tadbirkor daromadining 0.375 qismini tavakkalchilik aktivlarini olishga qolgan 0.625 qismini tavakkalchiliksiz aktivlarga sarflaydi.
Tavakkalchilik aktivlariga 20 mln×0.375=7.5 mln som sarflab undan 7.5 mln×0.12=0.9 mln som daromad oladi.
Tavakkalchiliksiz aktivlarga 20 mln·0.625=12.5 mln som sarflab, ulardan 12.5×0.06=0.75 mln som daromadga ega bo'ladi.
Umimiy daromad 20mln+0.9mln+0.75mln=21.65 mln somni tashkil etadi.
Javob: Portfelning optimal tarkibi r=7.12+2σ2.
Umimiy daromad miqdori 21.65 mln som bo'ladi.


Mustaqil ishlash uchun masala va topshiriqlar


1. Tadbirkorning jami mablai 40 mln somga teng. U daromadini tavakkalchilik aktivlariga tikib 16% daromad olishi, yoki tavakkalchiliksiz aktivlardan foydalanib 8% daromad olishi mumkin. Investorning naflik funksiyasi berilgan, ya’ni U=2r-3σ2
Tavakkalchilik aktivlarning tavakkalchilik ko'rsatkichi 4% ga teng, deb qarasak portfelning optimal tarkibi aniqlansin.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə