«mikroiqtisodiyot»



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə45/58
tarix22.03.2024
ölçüsü2,01 Mb.
#182349
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58
«mikroiqtisodiyot»

TC1=Q12 , TC2=300Q2.
Firmalar raqobat strategiyasini tanlasalar, har bir firma qancha birlik mahsulot ishlab chiqaradi, qancha foyda oladi va muvozanat narx qanday bo'ladi?



  1. Bozorda faqat 3 ta firma harakat qiladi. Bozor talabi funksiyasi hamda birinchi, ikkinchi va uchinchi firmalarning harajat funksiyalari berilgan bo'lsin:

QD=8000-2.5P
TC1=2Q12 , TC2=400Q2 , TC3=500Q3
Firmalar raqobat yechimi strategiyasini tanlashsalar, har bir firma qancha birlik mahsulot ishlab chiqaradi, qancha foyda oladi va muvozanat narx qanday bo'ladi?



  1. Oligapolist bir oyda 4 ming dona tovar ishlab chiqarar edi. Lekin u kelasi oydan 5 ming dona mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Agar uning mahsulotiga oylik talab funksiyasi QD=9000-P ko'rinishida bo'lsa, kelasi oyda uning foydasi qanday o'zgaradi?




  1. Monopolist mahsulot ishlab chiqarish hajmini kelasi oydan kamaytirmoqchi. Hozir u oyiga 4 ming dona mahsulot ishlab chiqaradi, keyingi oydan esa ishlab chiqarish hajmini 75% ga qisqartirmoqchi. Uning foydasi qanday o'zgaradi, agar monopolist mahsulotiga bozor talabi funksiyasi 5000-P ko'rinishida bo'lsa?


  1. Monopolist mahsulotiga talab funksiyasi P=80-4×Q ko'rinishida berilgan, chekli harajat esa MC=16 birlikka teng. Monopolistning maksimal foyda oladigan narxidagi narxga bog'liq talab elastiklik koeffisenti aniqlansin.




  1. Tarmoqda bitta lider firma va bir qancha mayda firmalar harakat qilmoqdalar. Barcha mayda firmalar mahsulotlarining taklifi hajmi 1.5×P ga teng. Tarmoq mahsulotlariga talab funksiyasi QD=100-0.5×P ko'rinishida. Agar lider firmaning chekli harajati 30 birlik bo'lsa, lider firma qancha mahsulotni qanday narxda bozorga yetkazib beradi?




  1. Monopolist mahsulotiga bo'lgan talab funksiyasi Q=8000-5×P ko'rinishida berilgan, chekli harajat esa MC=2000 birlikka teng. Monopolistning maksimal foyda oladigan narxdagi narxga bog'liq talab elastiklik koeffisenti aniqlansin.




  1. Firma faqat musbat foyda olib ishlaydi. Firma ishlab chiqarish hajmini yiliga 150 birlikdan 250 birlikka qadar orttirsa, o'rtacha harajat miqdori oldingisiga nisbatan 80 $ ga, mahsulot narxi esa 30 $ ga kamayadi. Foyda miqdori qanday o'zgaradi?




  1. Firma faqat musbat foyda olib ishlaydi. Firma ishlab chiqarish hajmini yiliga 200 birlikdan 300 birlikka qadar orttirsa, o'rtacha harajat miqdori oldingisiga nisbatan 40 $ ga, mahsulot narxi esa 20 $ ga kamayadi. Foyda miqdori qanday o'zgaradi?



15 - MAVZU. Bozor hokimiyati sharoititda narxlarning shakllanishi.
Reja:
1. Narx turlari
2. Iste'mol ortiqchaligini egallash
3. Narxlarning diversifikaciyasi
Monopolist narxni chekli harajatdan yuqori qilib belgilaydi, ya’ni natijada resurslarning taqsimlanishi samarali bo'lmaydi. Monopol narxning o'rnatilishi jamiyatda yo’qotishlarga olib keladi. Narx qanchalik yuqori bo'lsa, jamiyatning yo'qotishi ham shunchalik ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda monopoliyaga qarshi qonunlar ishlab chiqilgan.
Monopol hokimiyatga ega bo'lgan firmalarning narxni belgilash strategiyasining asosini iste’molchi ortiqchaligini egallash orqali qo'shimcha foyda olish usullari tashkil qiladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə